Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
165. Aytildi: Albatta Alloh taolo rahmni yaratib: “Men Rahmonman, sen rahmsan, kim
seni uzsa, uzilaman; kimiki senga bog‘lansa, bog‘lanaman”, dedi.
166. “Albatta, rahm arshda osilgandir. Kecha va kunduz “Ey Parvardigor, Sening
yo‘lingda kimiki menga bog‘lansa, bog‘langin, kimiki Sening yo‘lingda
meni uzsa,
uzilgin”.
Hasan Basriy (roziyallohu anhu) aytdi: “Vaqtiki odamlarda ilm ko‘rinib, unga amal
qilmasa, til bilan aytishni yaxshi ko‘rishib, qalblari bilan g‘azablanishsa, qarindoshlari
bilan uzilishgan bo‘lsa, Alloh ularni la’natlaydi, kar qiladi va ko‘zlarini ko‘rmaydigan qilib
qo‘yadi”.
Faqih aytdi, Yahyo ibn Salim bizlarga gapirib berdi: “Makkada biz bilan birga Xuroson
ahlidan bo‘lgan bir kishi bor edi. U solih kishi edi. Odamlar unga o‘z omonatlarini qo‘yar
edilar. Bir kishi kelib, o‘n
ming dirham qoldirdi, keyin u kishi o‘z ishi bilan ketdi. Omonat
qo‘ygan kishi xurosonlik kishi o‘lgandan so‘ng keldi va uning o‘g‘lidan, xotinidan molini
so‘radi. Ular bu haqda bilishmas edi. U kishi o‘sha kunda Makkada yig‘ilishib turgan ko‘p
olimlardan bu masalada savol qildi: “Falonchiga o‘n ming dirham tashlab ketgan edim. U
kishi o‘libdi. Xotinidan so‘rasam, bu haqda bilmas ekan. Menga nimani buyurasizlar?”
Aytdilar: “Bizlar xurosonlikni jannat ahlidan deb umid qilamiz. Kechaning uchdan biri
yoki ikkinchisi o‘tsa, zamzam qudug‘i oldiga kelgin va mana bu so‘z bilan xabar bergin:
“Ey fa-lonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” Haligi odam kelib uch marta
aytdi, hech kim javob bermadi. So‘ngra
olimlarning oldilariga kelib, ularga bu xabarni
yetkazdi, aytdilar: “Albatta, biz Allohnikimiz va Allohga qaytajakmiz! Bizlar sening
do‘sting do‘zax ahlidan bo‘lmog‘idan qarqyapmiz. Endi Yamanga borgin, u yerda bir
vodiy bor, uni Barxut deyishadi. U yerda bir quduq bor. Unga chiqqin,
kechaning uchdan
biri yoki uchdan ikkisi o‘tganda: “Ey falonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!”
deb baqirgin... U borib, aytganlarini qilibdi. Birinchi ovozdayoq javob beribdi. “Sho‘ring
qursin, seni bu yerga nima tushirdi, sen yaxshilik egasi eding-ku?” deyildi. Aytdiki:
“Mening Xurosonda ahli baytlarim, qarindoshlarim bor edi. Ular bilan o‘lgunimcha uzilib
ketdim. Alloh taolo bu (azob) bilan ushlab, bu manzilga tashladi. Ammo moling o‘ziday
turibdi, men o‘g‘limga omonat qila olmagandim, uyimning falon joyiga ko‘mganman.
O‘g‘limga aytgin,
seni hovlimga kirgizadi, hovlidagi joyni kavlagin, u joyda molingni
topasan”. Haligi odam qaytib kelib, molini qanday topshirgan bo‘lsa, shunday holatda
topibdi”.
Faqih aytadi: Agar kishi qarindoshlari orasida bo‘lsa, ular bilan hadya va ziyorat
bilan
bog‘lanib turishi vojib bo‘ladi. Agar mol bilan rahm qilishga qodir bo‘lmasa,
ziyorat
qilishlik bilan, ularning ishlaridan yordam berishlik bilan bog‘lansin. Agar buning ham
iloji yo‘q bo‘lsa, ular bilan xat orqali bog‘lanib tursin. Agar borishga imkoni bo‘lsa,
borishligi afzaldir.
167. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik amallarning afzalidir”.
Bilginki, silai rahmda o‘nta maqtalgan xislat bor:
1) silai rahmda Allohning rizosi bor, chunki Alloh taolo shunga buyuradi;
2) ularga (mo‘minlarga) xursandchilik yetkazmoqlik bor, bu haqda xabar kelgan;
3) silai rahm maloikalarning
xursandchiligi bor, chunki ular silai rahm bilan xursand
bo‘ladilar;
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
82
4) silai rahmda musulmonlarga yaxshi maqtov bordir;
5) silai rahmda iblisga g‘am yetkazishlik bordir;
6) umrning ziyoda bo‘lishi;
7) rizqda baraka bo‘lishi;
8) o‘lganlar xursandligi bor, chunki ota-ona, bobolar silai rahmning bog‘lanishi bilan
xursand bo‘ladilar;
9) do‘stlikning ziyoda bo‘lishi bor, chunki bir sabab o‘rtaga tushib, xursandchilik yoki
g‘amdan to‘planishib, unga yordam beradilar va ularda do‘stlikning ziyoda bo‘lishiga omil
bo‘ladi;
10) o‘lgandan keyin ham ajrining ziyoda bo‘lishi bor, chunki qarindoshlar uni o‘lgandan
keyin ham duo qiladilar, hamma vaqt yaxshiliklarini eslab yuradilar.
Anas ibn Molik aytdi: “Uch toifa kishi qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladi: silai rahm
qiluvchi, uning umri va rizqi silai rahm bilan ziyoda bo‘lgan edi. Bir xotin eri o‘lib,
yetimlari bilan qolib, ularni Alloh behojat qilgunicha tarbiyalasa. Va bir kishiki, taom
tayyorlab, yetim-miskinlarga yedirsa”.
168. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bandaning farz namozni ado qilishi
ular uchun va qarindoshlari bilan silai rahm qilishi uchun yurgan qadamidan ko‘ra
Allohga mahbubroq ish yo‘qdir”.
Aytildiki: “Besh narsada davomiylik bo‘lsa, baland tog‘larning cho‘qqisidek
yaxshiliklar
ziyoda bo‘laveradi. Va Alloh taolo rizqini keng qilib qo‘yadi: kimiki sadaqani davomli
qilsa, ko‘p bo‘lsa ham, kam bo‘lsa ham, kimiki qarindoshlikni bog‘lagan bo‘lsa, kam
bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham, kimiki Alloh yo‘lida harakat qilishda davomli bo‘lsa, kimiki
tahoratda davomli bo‘lsa, suvni isrof qilmasa va kimiki ota-onasiga itoat qilib, itoatda
davomli bo‘lsa”.
Alloh subhonahu va taolo bilguvchiroqdir.
___________
Do'stlaringiz bilan baham: