XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI
169. Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Abdulloh ibn Amr ibn Os, Alloh undan rozi
bo‘lsin, aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti
kimsaga (rahmat) nazari bilan qaramaydi va ularni gunohlardan poklamaydi hamda
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
83
ularga: “Do‘zaxga kiruvchi bilan birga do‘zaxga kiringlar!” deydi. Ular:
1) livota qiluvchi va livota qilingan;
2) qo‘li bilan nikoh qiluvchi (o‘z shahvatini qo‘li bilan qondiruvchi);
3) hayvon bilan jinsiy aloqa qiluvchi;
4) xotinining orqasiga yaqinlik qiluvchi;
5) onasini va qizini jimo’ qiluvchi;
6) qo‘shnining xotini bilan zino qiluvchi;
7) qo‘shnisiga aziyat beruvchi”.
Agar tavba shartlari bilan tavba qilsalar, Alloh kechiruvchi zotdir.
170. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qalbidan,
tilidan, qo‘lidan odamlar salomat bo‘lmaguncha, banda musulmon bo‘lmaydi; banda
mo‘min bo‘lmadi qo‘shnisi uning yomonligidan omon bo‘lmagunicha”. “Uning yomonligi
nima?” deyishdi. Aytdilar: “Qo‘polligi va zulmi”.
171. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qo‘shnining qo‘shniga hurmati o‘z onasiga hurmati
kabidir”.
172. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytdi: Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdilar:
“Qo‘chqorni so‘yib, yahudiy qo‘shniga nasiba bergin”. Keyin bir soat vaqt o‘tdi. Aytdi:
“Ey g‘ulom!” Agar qo‘chqorni so‘ysang, yahudiy qo‘shnimizga nasiba bergin”. G‘ulom
aytdi: “Bu yahudiy qo‘shni bizlarga aziyat beradi-ku”. Abdulloh ibn Amr: “Senga dard
tegsin, albatta, Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga hamisha qo‘shni haqida vasiyat
qilganlaridan, bizlar uni meros olsa kerak, deb gumon qilardik”.
173. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshilikni
gapirsin yoki jim tursin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisini hurmat qilsin.
Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonni ulug‘lasin. Uni hurmatlash bir kecha-
kunduz. Mehmondorchilik uch kun. Keyingilari sadaqa bo‘ladi”.
174. Hasan Basriy aytadi: So‘radilarki: “Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi
bor?” Aytdilar: “Agar qarz so‘rasa, unga qarz bergin, agar chaqirsa, javob qilgin; agar
kasal bo‘lsa, borib ko‘rgin; agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergin; agar bir
musibat tushsa, ta’ziya bildirgin; agar bir yaxshilik yetsa, tabriklagin; agar o‘lsa,
shahodat qilgin; agar biron joyga ketsa, uyini va manzilini saqlagin. Unga qozonda
go‘sht qovurish bilan aziyat yetkazmagin, agar shu ishni qilsang, pishirgan taomingdan
bergin”.
Boshqa xabarda bu to‘qqiz narsaga qo‘shimcha qilib, o‘ninchisini keltirishadi: “Uyingni
uning uyidan uzun (yoki katta) qilmagin, magar roziligi bilan bo‘lsa, mayli”.
175. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
“Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki, men qo‘shniga yaqinda meros
beriladi”, deb o‘ylardim”.
Abu Hurayra Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilarki:
“Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan; qanoatli bo‘lgin,
odamlarning shukr qiluvchirog‘i bo‘lasan! Odamlar uchun yaxshi ko‘rgan narsangni
ularga ham ravo ko‘r, mo‘min bo‘lasan. Senga qo‘shni bo‘lganga yaxshi qo‘shnichilik
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |