(o‘zi xohlagan hukmni) ustivor qilur” (Ra’d, 39) oyatining tafsirida aytadi.
“Shubhasiz, bir kishi silai rahm qilsa umridan uch kun qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uning
umrini o‘ttiz yil ziyoda qiladi, agar silai rahmni uzgan bo‘lsa va umridan o‘ttiz yil qolgan
bo‘lsa, Alloh taolo uch kunga tushirib qo‘yadi”.
161. Savbon rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qadar duo bilangina
o‘zgaradi. Umrni yaxshilik ziyoda qiladi. Shubhasiz, mo‘min gunoh qilish bilan rizqidan
mahrum bo‘ladi”.
Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilsa, umri
ziyoda bo‘ladi, moli ko‘payadi, ahlini yaxshi ko‘radi”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Umrning ziyoda bo‘lishida ulamolar ixtilof qildilar.
Ba’zilar aytdilar: “Kim silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, degan xabar zohiriydir”.
Ba’zilar aytdilar: “Taqdir o‘zgarmaydi, chunki Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: |