“IMAK TEXNALOGIYASI”
(Ishontirish maktabi)
Texnologiyaning maqsadi: o’quvchilarni ishontirish va boshqara olish
malakasini hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini shakillantirish, shuningdek, jamoada
va turli xil vaziyatlarda o’zini tuta olishga o’rgatishdan iborat.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
O’quv jarayoni boshlanishida o’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotni o’tkazish
tartib qoidalari bilan tanishtiradi. O’quvchidan biri mashg’ulot shartlariga binoan
xonadan chiqadi. Qolgan ishtirokchilar esa o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi
ziddiyatni nazarda tutuvchi muammoli holatni o’ylab chiqadilar, muhokoma qiladilar
va tayyorlaydilar. Boshqacha aytganda, muammoli holatni rollarga bo’lingan holda
ijro etishga tayyorgarlik ko’radilar. Masalan, o’quvchilar muhim o’quv mashg’ulotiga
tayyorgarlik ko’rib kelganlar, ularning hammasi mashg’ulotda ishtirok etishga tayyor
va qiziqish katta, lekin ta’lim muasasi rahbariyati mashg’ulot o’rniga barcha
o’quvchilarni hovli, ko’chalarni gulzor va bo’g’larni tozalash, tartibga keltirish yoki
ta’lim muasasi yoki stadion teatr majlislar zalida o’tkazilayotgan tadbirda zalni
to’ldirish uchun borishga ko’rsatma berishi mumkin yoki o’quvchilar o’zlarining
shaxsiy tajribalaridan, o’quvchilik faoliyatlaridan kelib chiqib, sahnalashtirish uchun
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida ziddiyatga olib keluvchi turli holatlar, vaziyatlarni
o’ylab topishlari mumkin. O’quvchilar tanlangan muammoni tayyorlayotgan vaqtda
tashqariga chiqqan ko’ngilli qatnashchiga o’qituvchi, dekan o’inbosari rolini o’ynashi
kerakligi tushuntiriladi, uni alohida bo’ladigan muammo yoki vaziyat bilan
tanishtiriladi, tayyorgarlik uchun aniq vaqt ajratiladi. Bir ozdan so’ng tashqariga
chiqib ketgan o’quvchi audiotoriyaga taklif etiladi. So’ngra o’quvchilar o’ylab topgan
57
va ular tomonidan sahnalashtirilgan ziddiyatni keltirib chiqaruvchi vaziyat ijro etiladi.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan vaziyatni ijro etish vaqtida, ular har xil
xarakterdagi o’quvchilar rolida bolib ziddiyatni keltirib chiqarish uchun ularning
qiliqlari, odatlari, so’zlari, harakatlarini ishlatadilar.
Dekan o’rinbosari roliagi tinglovchi ushbu ijro etilayotgan sahna ko’rinishida
o’zining tashkilotchilik qobiliyati, ishontira olish malakasi, holatni nazorat qilib
turishi, turli vaziyatlar va sharoitlarda o’zini tuta bilishi, boshqara olishi, mazkur
holatdan tarbiyaviy usullarda foydalangan holda vaziyatning ,ziddiyatning ijobiy
yechimiga erisha olishini namoyish eta olishi kerak. Ya’ni o’quvchilarni o’z fikriga
ishontira olishi zarur, aks holda ular o’qituvchiga o’z ta’sirlarini k’orsatishlari
mumkin.
Mashg’ulotning keyingi bosqichia o’qituvchi guruh bilan birgalikda dekan
o’rinbosarining o’zini tutishi, o’z fikriga qay darajada ishontira olishi, uning
ma’daniyati va harakatlaridagi ijobiy va salbiy tomonlarini muhokoma qiladi,
berilgan muammoli holatdan chiqishning qulay usullarni aniqlaydi, shuningdek
uchrab turishi mumkin bo’lgan muammoli holatlar va ularni yechish usullarini
bashorat qiladi.
Mashg’ulotning oxirida o’quvchilar “Murabbiyning tashkilotchilik qobiliyati”
mavzusida mustaqil o’qish uchun tarqatma materiallar oladilar.
Izoh: ushbu mashg’ulotning 1-yarmida video kamera yordamida mashg’ulotni
to’liq, y’ni o’quvchilarning sahnalashtirilgan muammolarini ko’rsatishlari va uni
jamoa bilan yechishda dekanning hatti harakatlari , qo’llagan usullarining hammasi
videokassetaga tushiriladi. Mashg’ulotning 2-yarmida videokassetani televizor yoki
kompyuter orqali namoyishetiladi. Vidiolavhani namoyish qilish mobaynida uning
mazmuni jamoaviy muhokama etilishi mumkin. Bunday tahlil har bir qatnashchining
o’zini ko’ra bilishi, kerakli xulosa chiqara olishga katta yordam beradi [9:57].
58
IMAK texnalogiyasiga asoslangan holda dars jarayonida talabalarning
tashkilotchilik mahoratlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan dars
ishlanmalaridan birini misol keltiraman: Bunda amaliy dars jarayonida o’tkazish
uchun mo’ljallangan “Kollej direktori” usulini olsak unda guruh talabalarini
o’qituvchining rejasiga binoan pedagogik kengash a’zolariga tayinlanadi masalan;
Asilbek direktor, Nodir o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, Fazliddin ma’naviyat
ishlari bo’yicga dekan muovini, Gulhayo pedagogik kengash kotibi, kafedra mudirlari
etib yana 5ta talaba tayinlanadi, qolgan talabalarni guruh rahbarlari va kollejning
boshqa rahbarlari etib tayinlab, ularning har birining vazifalarini tushuntiriladi;
Direktor tomonidan masalanni qo’yilishi masalan; “Navro’z” bayrami tadbirini bilim
yurtida o’tkazishni tashkillashtirish rejasini qanday o’tkazishni kengash a’zolari bilan
muhokoma qilish va bir xulosaga kelib tadbir o’tkazish uchin javobgar shaxsni
belgilash va kengash yakunida pedagogik kengash bayonnomasini tuzishni kotibaga
topshirish kabilardan iborat. Muhokoma davomida bildirilgan fikirlardan maqbuli
tanlab olinadi va “Navro’z” bayramini o’tkazish tartib rejasi tuzib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |