5. MAHSULOTNI CHIQARISHGA SARFLANGAN MATERIALLARNI
NAZORAT QILISH.
Ishlab chiqarishda materiallarning sarflanishi ustidan nazorat olib borish - bu bir xil
mahsulot ishlab chiqarishda sarflangan materiallarning xaqiqiy sonini ularning meoyorda
ko`rsatilgan soni bilan taqqoslashdir. Bu o`rinda ular o`rtasidaga farq ortiqcha harajat yeki tejam
bo`lishi mumkin. Materiallarning sarflanishi ustidan turli usullar yerdamida nazorat olib boriladi:
hujjatlashtirish. inventar, partiya bo`yicha bichish va boshqalar.
Birinchi usul yerdamida materialning bir turini ikkinchi tur bilan almashtirilganda vujudga
keladigan farq hisobga olinib, talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatda materialning
meoyor bo`yicha sarflash soni va almashtirilgan materialning sarflanishi xususida har bir
partiyasi bo`yicha aniqlanadi. Buning uchun bichish varaqasi yuritiladi. Unda ishlab chiqarish
topshirigini bajarish uchun berilgan materialning xaqiqatan sarflanganligi ko`rsatiladi. Har bir
bichish varaqasi bo`yicha material sarflash natijasi aniqlanadi.
Inventar usuli bo`yicha material sarflash natijasi hisobot oyi oxirida chiqarilmay, balki
qolgan materialni inventarizatsiya qilish yo`li bilan aniqlanadi.
Sarflangan materialning xaqiqiy soni sexlarda ishlatilmay qolgan materiallarning hisobot oyi
boshidagi qoldig`iga sarflash uchun olingan materialning sonini qo`shib, inventarizatsiya
natijasida aniqlangan ishlatilmay qolgan materiallar sonini ayirish yo`li bilan aniqlanadi. So`ngra
sarflangan materialning xaqiqiy soni meoyordagi son bilan solishtiriladi va o`rtadagi farq
14
aniqlanadi. Materialning meoyordagi sarfi ishlab chiqarilgan mahsulot sonini bitta mahsulotni
ishlab chiqarish uchun belgilangan material meoyoriga ko`paytirish yo`li bilan aniqlanadi.
Material boyliklaridan to`g`ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo`lmagan
materiallarning bor yeki yo`qligini tekshirib ko`rishi lozim. So`ngra bu xaqda yuqori
tashkilotlarga (vazirlik yeki boshqarmalarga) maolum qilinadi. O`z navbatida yuqori tashkilot
zarur bo`lmagan materiallarni kirim orderidan mavjud korxonalar o`rtasida qayta taqsimlaydi.
Yuqori tashkilotlar tomonidan qayta taqsimlanmagan materiallarni korxona boshqa
tashkilotlarga sotishi mumkin. Bunday operatsiyalarga quyidagicha buxgalteriya provodkalari
tuziladi:
1. Materialni haridorga jo`natish:
D-t-45-«Jo`natilgan tovarlar».
K-t-10-«Materiallar» scheti.
2. Sotish:
D-t-51-«Hisob-kitob scheti».
K-t-4b-«Mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasi» scheti.
3. Sotishdan so`nggi buxgalteriya yozuvi:
D-t-4b-«Mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasi» scheti.
K-t-45-«Jo`natilgan tovarlar».
Bu operatsiyalar schetlarda quyidagi ko`rinishda aks ettiriladi:
D- 46 «Mahsulot realizatsiyasi»
K-45-«Jo`natilgan tovarlar»
Do'stlaringiz bilan baham: |