Microsoft Word tajyor mahsulotlarni hisobga olish


TAYYOR MAHSULOTLAR  SOTISHNI  HISOBGA OLISH



Download 191,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana11.08.2021
Hajmi191,09 Kb.
#145395
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
tajyor mahsulotlarni hisobga olish

6.TAYYOR MAHSULOTLAR  SOTISHNI  HISOBGA OLISH. 

Omborlarda  mahsulotning  miqdor  ko`rsatkichlaridagi  uchyoti  yuritiladi.  Buning  uchun 

mahsulotlarning har bir turiga yoki nomenklatura raqamiga M-17 sonli tipik shakldagi varaqalar 

ochiladi.  Ular  material  harakati  bilan  bog`liq  kirim  va  chikim  operatsiyalari  bo`yicha 

rasmiylashtirilgan  boshlang`ich  hujjatlar  asosida  to`ldiriladi  va  har  bir  kirim  hamda  chiqim 

operatsiyalari  yozilganidan  keyin  material  qoldig`i  aniqlanadi.  Materiallarning  ombordagi 

xaqikiy  qoldig`i  meoyordagi  qoldiq  bilan  solishtiriladi  va  o`rtadaga  farqdan  taominot  bo`limi 

xodimlari xabardor qilinadi. 

Kirim  va  chiqim  operatsiyalari  bo`yicha  kundalik  rasmiylashtirilgan  boshlang`ich  hujjatlar 

belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. 

Materiallarning  ombordagi  uchyoti  operativ  buxgalteriya  yoki  boshqa  usullar  yordamida 

hisobga olinadi. Ushbu usullarning moxiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordaga 

uchyoti  son  shaklida,  buxgalteriyada  esa  pul  shaklida  yuritiladi.  Buxgalteriyada  yuritiladigan 




 

15

hisob  materiallarning  harakati  bo`yicha  omborda  rasmiylashtirilgan  boshlang`ich  hujjatlardagi 



maolumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang`ich hujjatlarning to`g`ri 

yoki noto`g`riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar 

to`g`riligi  ombor  varaqalarining  «nazorat»  bo`limida  imzo  bilan  tasdiklanadi.  Hisobot  oyining 

oxirida  ombordagi  hisob  buxgalteriyada  yuritiladigan  sintetik  hisob  maolumotlari  bilan 

taqqoslanadi. Buning uchun esa har bir ombor bo`yicha qoldiq vedomosti yuritiladi. Vedomostda 

ombor varaqalari asosida material qoldig`i yoziladi va u pul ko`rsatkichiga aylantiriladi. Qoldiq 

vedomostidagi  material  qoldig`ining  umumiy  summasi  buxgalteriyada  materiallar  harakati 

bo`yicha  yuritiladigan  10-vedomost  maolumotlari  bilan  solishtiriladi.  Sonlarning  to`g`ri  kelishi 

hisobot  oyi  davomida  omborda  va  buxgalteriyada  yuritilgan  hisobning  to`g`riligidan  dalolat 

beradi. 


Operativ-buxgalteriya usulining afzalliklari quyidagilardan iborat: 

1.  Buxgalteriyada materiallarning nomi va navlari bo`yicha uchyoti olib borilmaydi, bu narsa 

hisob ishlarini birmuncha kamaytiradi. 

2.  Kirim va chiqim uchyoti bo`yicha ishlar hisobot oyi oxiriga to`planib qolmaydi. 

3.  Omborlarda yuritiladigan hisobning muntazam tekshirib turilishi u yerda to`gri hisob olib 

borilishini taominlaydi. 

4.  Buxgalteriyada materiallarning analitik uchyotini yuritish ixchamlashadi. 

Materiallar 

harakati 

bo`yicha 

joylarda 

rasmiylashtirilgan 

boshlang`ich 

hujjatlar 

buxgalteriyaga belgilangan muddatda reestr asosida topshiriladi. Ular buxgalteriyada tekshiriladi 

va  qayti  ishlash  uchun  mashina-hisoblash  stansiyalari  yoki  mashina-hisoblash  byurolariga 

beriladi.  Boshlang`ich  hujjatlarni  keyingi  qayti  ishlash  jarayoni  bir  tomondan  material  uchyoti 

guruhi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish uchyoti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Shuning  uchun  boshlang`ich  hujjatlar,  limit-zabor  kartalari,  talabnomalar,  nakladnoylarning 

ikkinchi  nusxasi  tekshirilib,  taksirovka  qilingandan  so`ng  buxgalteriyaning  material  bo`limidan 

ishlab chiqarish bo`limiga beriladi. 

Boshlang`ich  hujjatlardagi  maolumotlar  to`plov  vedomostlariga  ko`chiriladi.  Ushbu 

vedomost  maolumotlari  hisobot  oyi  oxirida  har  bir  ombor  bo`yicha  oborot  vedomosti  tuzishda 

asos bo`lib hisoblanadi. 

Mol  yetkazib  beruvchilar  schyotlari  va  ombor  kirim  orderlari  asosida  omborga  qabul 

qilingan  ishlab  chiqarish  zaxiralari  qiymatiga  quyidagicha  buxgalteriya  provodkasi 

rasmiylashtiriladi: 

D-t-10-«Materiallar» schyoti, 

K-t-60-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti. 

Qabul  qilish  vaqtida  materiallar  yetishmasa,  u  xolda  kam  chiqqan  materialning  sotib  olinish 




 

16

baxosiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 



D-t-bZ-«Daovolar  yuzasidan  hisob-kitoblar»  scheti.  K-t-«Mol  yetkazib  beruvchilar  va 

pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti. 

Yuborilgan  materialning  xaqikiy  soni  qabul  qilinish  vaqtida  schet  va  boshqa  mol  yetkazib 

beruvchi  korxonalar  hujjatlarida  ko`rsatilganidan  ortiq  bo`lsa,  u  xolda  ko`p  chiqqan  material 

qiymatiga tegishli material schetlari debetlanib, «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan 

hisob-kitoblar» scheti kreditlanadi. 

Balansda korxona sotib olgan materiallar zaxirasini va mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-

kitob ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida hisobot oyining oxirida qiymati to`langan, lekin 

omborga kelib tushmagan materiallar qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 

D-t- «Materiallar». 

K-t- «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schyoti. 

Keyingi  hisobot  oyining  birinchi  kunidan  ushbu  buxgalteriya  provodkasi  qizil  provodka 

tuzish  yo`li  bilan  yo`qotiladi.  Materiallar  korxona  omboriga  qabul  qilinganda  ularning  qiymati 

schyotlarda tegishli provodka tuzish bilan aks ettiriladi. 

Sotib  olingan  materiallar  bo`yicha  mol  yetkazib  beruvchilar  schetining  to`lanishiga 

quyidagicha buxgalteriya provodkasi rasmiylashtiriladi: 

D-t- 60-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar». 

K-t- 51-«Hisob-kitob schyoti». 

Hisob-kitobning jurnal-order shaklida qabul qilingan materiallar va mol yetkazib beruvchilar 

bilan  hisob-kitob  6-jurnal-orderda  yuritiladi.  Unda  sintetik  va  analitik  hisob  bir-biri  bilan 

bog`langan  xolda  olib  boriladi.  Jurnal-orderga  hisobot  oyi  davomida  tegishli  material 

schyotlarining  debeti,  «Mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  hisob-kitoblar»  schyotining  krediti 

bo`yicha  yozuvlar  ombor  kirim  orderlari  va  mol  yetkazib  beruvchilar  schetlari  asosida  yozib 

boriladi.  Bankdan  olingan  korxona  hisob-kitob  schyotidan  ko`chirma  asosida  u  yoki  bu  mol 

yetkazib beruvchi korxona schyotining to`langanligi xaqida jurnal-orderga belgi qo`yib boriladi. 

Sotib  olingan  ishlab  chiqarish  zaxiralari  bo`yicha  mol  yetkazib  beruvchilardan  bo`lgan 

qarzning  umumiy  summasi  hisobot  oyining  birinchi  kunidagi  qarz  summasiga  hisobot  oyida 

sotib olingan materiallar uchun qarz summasini qo`shish va to`langan schyotlarning summasini 

olib  tashlash  yo`li  bilan  topiladi.  Ushbu  qarz  balans  tuzishda  quyidagi  uch  ko`rsatkichga 

bo`linadi: 

1. To`lash muddati yetmagan qarz. 

2. To`lash muddati o`tib ketgan qarz. 

3. Xujjatlari olinmagan materiallar bo`yicha qarz. 

Korxonaning  o`zida  tayerlangan  va  omborga  qabul  qilingan  materiallarning  xaqikiy 




 

17

tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 



D-t- 10-«Materiallar». 

K-t- 23-«Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyoti. 

Ombordan ishlab chiqarishga sarflash uchun berilgan materiallar qiymatiga esa quyidagicha 

buxgalteriya provodkasi tuziladi: 

D-t- Ishlab chiqarish harajatlari schyotlari (20,23,25 va boshq.).  

K-t- «Materiallar» schyoti. 

Materiallarning  ishlab  chiqarish  harajatlari  schetlarga  ulgurji  baxosi,  shartnoma  yeki  reja 

tannarxi bo`yicha yezilgandan keyin ushbu schetlarga yana tegishli transport-tayerlov harajatlari 

yeki materiallarning xaqikiy tannarxi bilan reja tannarxi o`rtasidagi farq summasini ham yezish 

lozim.  Transport-tayerlov  harajatlari  summasi  ishlab  chiqarishda  sarflangan  materiallar  bilan 

ombordagi sarflanmay qolgan materiallar o`rtasida ularning ulgurji baxosiga mutanosib ravishda 

taqsimlanadi.  Buning  uchun  transport-tayerlov  harajatlarining  hamma  materiallar  ulgurji 

qiymatiga nisbatan  o`rtacha foizi aniqlanadi. Sarflangan materiallar qiymatini topilgan o`rtacha 

foizga  ko`paytirish  yo`li  bilan  sarflangan  materiallarga  to`g`ri  keladigan  transport-tayerlov 

harajatlari summasi topiladi. 

Korxona  bo`limlari  va  sexlarida  xo`jalik  maqsadlari  uchun  sarflangan  materiallarga  to`g`ri 

keladigan  transport-tayerlov  harajatlarining  summasi  to`g`ridan-to`g`ri  asosiy  ishlab  chiqarish 

schetiga yoziladi. 

Hisob-kitobning  jurnal-order  shaklida  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan 

materiallarning  ulgurji  baxosi,  shartnoma  yeki  reja  tannarxi  bo`yicha  10-jurnal-order,  boshqa 

maqsadlar  uchun  sarflangan  materiallar  esa  10/1  jurnal-orderga  yoziladi.  Shuvday  qilib, 

materiallar kirimi bo`yicha sintetik hisob 6-, sarflangan materiallarning sintetik uchyoti esa 10 va 

10/1  jurnal-orderlarda  olib  boriladi.  Buxgalteriyada  sintetik  hisobdan  tashqari  sexlar,  omborlar, 

materiallar guruhlari bo`yicha analitik hisob yuritiladi. 

Operativ-buxgalteriya  (salg`dovoy)  usuli  qo`llanilmaydigan  korxonalar  buxgalteriyalarida 

materiallar  pul  va  son  ko`rsatkichlarida  hisobga  olinadi.  Materiallar  uchyoti  operativ 

buxgalteriya  usuli  bo`yicha  yuritiladigan  korxonalar  buxgalteriyasida  esa  pul  o`lchovidagi 

sintetik schetlar material guruhlari va omborlar bo`yicha yuritiladi, Bunda omborda yuritiladigan 

materiallarning analitik uchyoti buxgalteriyada takrorlanmaydi. 

Buxgalteriyada  materiallarning  sintetik  uchyoti  10-vedomostda  yuritiladi.  Unda  qabul 

qilingan,  sarflangan  materiallar  summasi  hamda  hisobot  oyining  1-kuniga  va  oxirgi  qoldiq 

summasi omborlardagi material guruhlari bo`yicha ko`rsatiladi. Ushbu hisob registridagi hisobot 

oyining  oxiriga  materiallarning  qoldiq  summasi  omborlardaga  material  qoldig`i  maolumotlari 

bilan solishtiriladi. Maolumotlarning bir-biriga to`g`ri kelishi ombor va buxgalteriyada yuritilgan 




 

18

hisobning to`g`riligini tasdiqlaydi. 



ortib-tushirish ishlarining qiymati, temiryo`l tag`rifi va yetkazib berish harajatlari). 

 

 

Narxning franko-ombor haridor turida mol yetkazib beruvchi ko`rsatilgan harajatlardan tashqari 



haridorning  stansiyadagi  ortib  tushirish  ishlari,  uning  ombordagi  va  omboriga  yetkazib  berish 

ishlari bo`yicha harajatlani to`laydi (koplaydi). 

Bizning  respublikamizda  eng  keng  tarqalgan  to`lov  turi  frankostansiya  jo`natish 

hisoblanadi. 

Xo`jalik  shartnomasi  -  bu  korxonalarning  xo`jalik  munosabatlari  o`rnatish  xaqidagi  o`zaro 

kelishuvidir.  Shartnoma  tomonlar  majburiyati  va  huquqdarini  belgilovchi  asosiy  hujjat 

hisoblanadi.  Yuz  bergan  sharoitni  hisobga  olib,  vaqti-vaqti  bilan  shartnoma  shartla-ri  ko`rib 

chiqilishi  va  ularga  o`zgartirishlar  kiritilishi  mumkin.  Agar  korxona  belgilangan 

nomenklaturadagi  mahsulot  jo`natish  yuzasidan  shartnoma  shartlarini  buzsa,  u  xolda  ushbu 

korxona  raxbarla-riga  nisbatan  jazo  choralari  qo`llaniladi.  Demak,  shartnoma  bilan 

rasmiylashtirilgan  har  bir  rejali  buyurtma  korxona  xodimlari  uchun  bajarilishi  shart  bo`lgan 

qonundir.  Bunday  tartib  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish,  yuqori  ish  unumdorligiga 

erishishni taominlaydi. 

Belgilangan  muddatda  mahsulot  jo`natish  rejasining  bajarilmaganligi  uchun  jarima  to`lash 

chorasi qo`llaniladi. Jarima miqdori mahsulot jo`natish shartlariga qarab aniqlanadi. 

Mahsulot ombordan haridor-korxona vakili ishonchnomasi asosida jo`natiladi va bunday 

tovar transport nakladnoy hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Baho preyskurantida taralar qiymatini 

to`lash  tartibi,  molni  tashish  bilan  bog`liq  bo`lgan  transport  harajatlarining  kancha  summasi 

molning  ulgurji  bahosiga  qo`shilganligi  ko`rsatiladi.  Transport  uchun  harajatlarning  mol 

sotuvchi  korxona  uchyotidan  qancha  qismi  to`lanishi  kerakligini  bilish  uchun  «franko» 

atamasidan  foydalaniladi.  Amalda  «molni  qabul  qilib  olish  stansiya  franko»,  «molni  jo`natish 

stansiya franko» baxolari qullaniladi, «Molni qabul qilib olish stansiya franko» bahosi tovarlarni 

tashish bilan bog`liq transport harajatlari mol sotuvchi korxona tomonidan to`lanishini bildiradi, 

chunki  bu  harajatlar  tovarning  ulgurji  bahosida  hisobga  olingan.  «Molni  jo`natish  stansiya 

franko»  bahosi  belgilangan  stansiyagacha  to`langan  temiryo`l  harajatlari  to`lov-talabnomasida 

ko`rsatilgan bo`ladi va u haridor korxonalardan undirib olinadi. Haridor korxonalarga jo`natilgan 

tovarlar  buxgalteriya  uchyoti  schetlar  rejasidagi  45-«Jo`natilgan  tovarlar»  schetida  hisobga 

olinadi. 

Ombordan  haridorlarga  jo`natilgan  tovar  qiymatiga  quyidagicha  buxgalteriya  provodkasi 

tuziladi: 

D-t- 45-«Jo`natilgan tovarlar» scheti. 



 

19

K-t- 40-«Tayyor mahsulot» scheti. 



Jo`natilgan  tovarlarning  analitik  uchyoti  o`z  vaqtida  bank  inkassasiga  berilgan  hisob-kitob 

hujjatlari  bo`yicha,  to`lash  muddati  yetgan  va  to`lash  muddati  yetmagan  hisob-kitob  hujjatlari 

bo`yicha  aloxida  hamda  to`lashga  qabul  qilinmagan,  masg`ul  saqlashda  bo`lgan  jo`natilgan 

tovarlar aloxida hisobga olinadi.  

Jo`natilgan  tovarlar  schetining  debet  tomonida  jo`natilgan  Tayyor  mahsulotlar  qiymatidan 

tashqari, chetga bajarilgan ish va xizmatlar qiymati, kapital qurilish bo`limi, ishlab chiqarishga 

taalluqli bo`lmagan ishlab chiqarish va xo`jaliklar uchun bajarilgan ish hamda xizmatlar qiymati, 

sotishga  mo`ljallangan  ortiqcha  materiallar  qiymati  va  boshqalar  ham  aks  ettiriladi.  Jo`natilgan 

tovarlar  analitik  uchyotida  sanoat  harakteridagi  Tayyor  mahsulot,  bajarilgan  ish  va  xizmatlar, 

yerdamchi  qishloq,  xo`jaligi  mahsulotlari,  sanoatga  taalluqli  bo`lmagan  bajarilgan  ish  va 

xizmatlar,  masg`ul  saqlashga  qabul  qilingan  mahsulotlar  aloxida-aloxida  hisob  qilinadi. 

Mahsulot  sotilgandan  so`ng  sotilgan  mahsulot  qiymati  45-schet  kreditidan  46-  schet  debetiga 

yoziladi. Joriy hisobda jo`natilgan tovarlar reja tannarxi yeki ulgurji narxda baxolanishi mumkin. 

Korxona mablag`arining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan tugallanadi. Yuqorida 

ko`rsatib  o`tilgandek,  korxona  faoliyatini  tavsiflovchi  asosiy  ko`rsatkichlardan  biri  bu  tovar 

mahsulotining  sotilish  ko`rsatkichidir.  Hisobot  oyda  mahsulot  sotilishi  bilan  bog`liq, 

operatsiyalar bo`yicha sotilgan mahsulot turlarining soni, mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi va 

sotilgan  olingan  moliyaviy  natijani  aniqlash  buxgalteriya  uchyotining  muhim  vazifasi 

xisoblanadi. 

Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqdlangan va 1998 yil 

1  yanvardan  boshlab  amalda  qo`llash  uchun  tavsiya  etilgan  O`zbekiston  Respublikasi  Soliq, 

kodeksining  10-  moddasiga  va  O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Davlat  Soliq 

kumitasining 1998 yil 4 yanvardagi 1998 yilda korxona va tashkilotlarni soliqka tortish tartibida 

o`zgartirishlar  kiritish  to`g`risidagi  xatiga  binoan  ham  yuridik  shaxslar  daromadlaridan 

oliyadigan soliq hisoblash usuliga ko`ra amalga oshiriladi. Bunga ko`ra korxona va muassasalar 

jo`natilgan  mahsulot,  bajarilganish  va  xizmatlar  yuzasidan,  ushbu  mahsulot,  ish  va  xizmatlar 

qiymatini  to`langan  vaqti  hamda  xaqiqatan  pul  kelib  tushishidan  kathiy  nazar,  jo`natilgan 

mahsulot, ish va xizmatlar qiymatidan davlat byudjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya 

uchyotida  o`sha  hisobot  davrida  aks  ettirishlari  lozim.  Demak,  yuqorida  aytilganlar  asosida 

shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki,  xozirgi  xo`jalik  yuritish  sharoitida,  1998  yil  1  yanvardan 

boshlab  korxona  va  muassasalarda  ishlab  chiqarilgan  mahsulot,  bajarilgan  ish  va  xizmatlar 

pulning  qachon  kelib  tushishidan  katoiy  nazar  ular  haridor  korxonalarga  jo`natilgan  vaqtdan 

boshlab  realizatsiya  qilingan  deb  hisoblanadi.  Mahsulot  (ish,  xizma)  sotish  shu  nom  bilan 

ataluvchi 46-schetda hisobga olinadi. 




 

20

«Mahsulot  (ish,  xizmat)  sotish»  schetining  xususiyati  shundan  iboratki,  uning  debetida 



xaqiqiy  harajatlar  summasi,  kreditida  esa  tushum  summasi  ko`rsatiladi  va  schet  hisobot  oyi 

oxirida  «Foyda  va  zararlar»  scheti  bilan  yepiladi,  Bu  xususiyat  46-schet  oborotlari  o`rtasidagi 

farq orqali korxona xo`jalik faoliyatining moliyaviy natijasini hisoblash imkonini beradi. Debet 

bo`yicha oborot summasining ko`pligi korxona faoliyati natijasidan zarar ko`rilganligini, kredit 

bo`yicha oborot summasining ko`pliga foyda olinganligini bildiradi. 

Agar  mahsulot  (ish,  xizmat)ni  topshirish  (jo`natish)  realizatsiya  qilindi  deb  hisoblangan  vaqt 

bo`lib  hisoblansa,  unda  62-«Haridor  va  buyurtmachilar  bilan  hisob-kitoblar»  schetidan 

foydalaniladi.  U  aktiv  schet  bo`lib,  uning  qoldig`i  buyurtmachiga  topshirilgan,  lekin  puli 

to`lanmagan mahsulot, ish va xizmatning sotish bahosini hamda debet bo`yicha oborot - hisobot 

oyidagi topshirilgan mahsulot, ish va xizmatlarning jo`natish qiymatini, kredit bo`yicha oborot - 

hisobot oyida haridorlar tomonidan to`langan summani bildiradi. 

Aloxida  schetlarda  asosiy  vositalar  (47-«Asosiy  vositalarning  sotish  va  boshqa  ko`rinishdagi 

hisobdan  chiqarishlar»  scheti)  hamda  boshqa  aktivlar  (48-«Boshqa  aktivlar  sotish»)  sotish 

natijalari hisobga olinadi va aniqlanadi. 

40,  45,  46,  47,  48,  62-  schetlarning  krediti  bo`yicha  oborotlarni  va  45,  46-schetlarning 

analitik  maolumotlarini  aks  ettirish  uchun  mo`ljallangan  11-jurnal-orderning  sintetik 

ko`rsatkichlari asosida ortib jo`natish va realizatsiya uchyoti tashkil qilinadi. 11-jurnal-order 15 

va  16-vedomostlarning  analitik  maolumotlari  asosida  to`ldiriladi.  Shuni  bilish  muhimki,  45  va 

4b-schetlarning  analitik  maolumotlari  11-jurnal-orderda  haqjiy  tannarx,  hisob  narxlari,  takdim 

etilgan  schet  summalari  bo`yicha  va  qo`shilgan  qiymat  solig`ini  aks  ettirish  bilan  oborotda 

nafaqat hisobot oyi uchun, balki yil boshidan bo`lgan xolda keltiriladi. 

11-jurnal-orderning  analitik  maolumotlari  bo`yicha  foyda  summasiga  quyidagicha 

buxgalteriya provodkasi tuziladi: 

D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish. 

K-80-«Foyda va zararlar» 

 

D-40 «Tayyor mahsulot» 



K-20 «Asosiy ishlab chiqarish» 

D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish» 

 K-40 «Tayyor mahsulot» 

D-62 «Haridor va byurtmachiliar bilan hisob kitoblar» 

K-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish. 

D-51-«Hisob kitob scheti»  

K-62 «Haridor va byurtmachiliar bilan hisob kitoblar» 

D-80-«Foyda va zararlar»  




 

21

K-26 «Davr harajatlari» 



D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish. 

        K-80-«Foyda va zararlar»  

Dastgox ishlab chiqaradigan zavod bo`yicha 199 yilning dekabr oyi uchun 11-jurnal-order 

 

Schet krediti 



 

Schet debeti 

 

40 


45 

46 


68 

Jami 


45-«Jo`natilgan tovarlar» 

 

4b-«Mahsulot (ish, xizmat) sotish» 



 

51-«Hisob-kitob scheti» 

 

432800 


 

442940 


 

9600 


 

 

 



565300 

 

 



 

160972 


432800 

442940 


 

735872 


Jami 

 

432800 



452540 

565300 


160972 

1611612 



Download 191,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish