Microsoft Word tajyor mahsulotlarni hisobga olish


 Mahsulot sotish bilan bog`liq bo`lgan davr   harajatlarini



Download 191,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana11.08.2021
Hajmi191,09 Kb.
#145395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
tajyor mahsulotlarni hisobga olish

4. Mahsulot sotish bilan bog`liq bo`lgan davr   harajatlarini                      

hisobga olish.   

Bizga  malumki  har  bir  korxona  o`zi  ishlab  chiqargan  mahsulotni  realizatsiya  qiladi  va 

shu  bilan  xo`jalik  jarayonlarining  yakunlovchi  bosqichi  sodir  bo`ladi.  Mahsulotni  realizatsiya 

qilish  uchun  esa  qator  harajatlar  qilinadiki,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ular  korxonada  sodir 

bo`ladigan  harajatlarning  asosiy  salmoqini  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  ushbu  mahsulot 

sotish  bilan  bog`liq  bo`lgan  harajatlarni  to`g`ri,  aniq  va  o`z  vaqtida  hisobga  olish  har  bir 

korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Mahsulot  sotish  bilan  bog`liq  bo`lgan  harajatlarni  hisobga  olish  «Harajatlar  tarkibi 

to`g`risidagi  Nizom»ga  asosan  amalga  oshiriladi.  Ushbu  Nizomga  ko`ra  quyidagi  harajatlar 

mahsulot  sotish  bilan  bog`liq  bo`lgan  harajatlar  tarkibiga  kiritiladi:  mahsulotni  o`rash,  saqlash, 

ortish,  joyigacha  tashish  (agar  bu  harajatlar  haridorlar  tomonidan  mahsulot  narxidan  tashqari 



 

10

aloxida to`lanmasa), meoyor chegarasida reklama harajatlari, jumladan, ko`rgazma, yarmarkada 



qatnashish,  bevosita  haridorga  yeki  vositachi  tashkilotlarga  shartnomalar,  bitimlar  va  shunga 

o`xshash  boshqa  hujjatlarga  muvofiq,  tekinga  beriladigan  qaytirilmaydigan  mahsulot 

namunalarining qiymati va shunga o`xshash boshqa harajatlar hamda bozordagi talab va taklifni, 

bozorga tovarlar chiqarishni kuzatish (marketing) harajatlari meoyor chegarasida va undan ortiq; 

yuqorida sanab o`tilmagan sotishlarning boshqa harajatlari. 

Shuni  qayd  etish  lozimki,  «Harajatlar  tarkibi  to`g`risidagi  Nizom»ga  muvofiq 

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995 yil 04.04. dagi 17-02/28 sonli «Korxona va 

tashkilotlarning  buxgalteriya  hisobotidagi  o`zgarishlar  to`g`risida»gi  qaroriga  asosan  korxona, 

birlashma va tashkilotlarning buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hisobotiga, schetlar rejasiga baozi 

o`zgartirishlar  kiritilgan.  Jumladan,  mahsulot  sotish  bilan  bog`liq  bo`lgan  harajatlarni  hisobga 

olish  tartibida  ham  o`zgarishlar  mavjud.  Ushbu  harajatlar  endilikda  avvalgidek  mahsulot  to`la 

tannarxiga  kiritiladi-gan  ishlab  chiqarishdan  tashqari  harajatlar  sifatida  yuritilmaydi,  balki  26-

«Davr  harajatlari»  schetining  2b/1-Mahsulot  sotish  harajatlari  subschetida  yuritiladi.  26/1  schet 

tranzit  schet  hisoblanadi  va  unda  oy  oxirida  qoldiq  qolmaydi.  Hisobot  oyi  davomida  mahsulot 

sotish bilan bog`liq bo`lgan harajatlar 26/1 schetining debetida yig`ib boriladi va buxgalteriyada 

Debet-26, Kredit-02, 13, 31, 50, 51, 52, 60, 70, 76 va xokazo yozuvlari qilinadi. Oy oxirida esa 

2b-schetda  yig`ilgan  barcha  harajat  summalari  schetning  krediti  orkali  80-«Foyda  va  zararlar» 

schetining  debetiga  o`tkazish  bilan  hisobdan  chiqariladi.  Mahsulot  sotish  bilan  bog`liq  bo`lgan 

harajatlarni  hisobga  olish  va  hisobdan  chiqarishni  sintetik  schetlarda  quyidagicha  aks  ettirish 

mumkin: 


Texnik  nazorat  bo`limi  tomonidan  qabul  qilingan,  Tayyor  xolga  keltirilgan  mahsulotlar 

omborga  topshiriladi.  Bu  jarayon  ko`pchilik  korxonalarda  topshirish  nakladnoyi  yeki  mahsulot 

topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi sex, topshirilish muddati, 

mahsulotning nomenklatura raqami, uning nomi, soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar 

shaxslarning  imzosi  ko`rsatiladi.  Qabul  hujjatlari  asosida  buxgalteriya  mahsulot  topshirish 

vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yeki xizmatlar qabul-topshirish akti bilan rasmiylashtiriladi. 

Omborlarda  mahsulot  harakatining  miqdor  ko`rsatkichlaridagi  uchyoti  varaqalarda  yuritiladi. 

Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulot-harakati bilan bog`liq operatsiyalar 

yozib boriladi. 

Tayyor  mahsulotning  ombordagi  uchyoti  operativ  buxgalteriya  usuli  bo`yicha  tashkil 

qilinadi,  yaoni  har  bir  buyum  nomenklatura  raqamiga  ombor  materiallari  uchyoti  kartochkasi 

ochiladi  (№M-17  shakli).  Tayyor  mahsulotning  kelib  tushishi  va  chetga  berilishi  bilanoq 

omborchi hujjatlar asosida ularning sonini kargochkalarga yozib qo`yadi (kirim, chikim) va har 

bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo`yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan 




 

11

hujjatlarni  qabul  qilib  olishi  kerak  (qabul  qilish  -  topshirish  nakladnoylari,  buyruq-nakladnoy, 



tovar-transport  nakladnoylari).  Ombor  uchyotining  to`g`ri  yuritilganligi  ombor  uchyoti 

kartochkasiga  buxgalterning  imzo  qo`yishi  bilan  tasdiklanadi.  Moddiy  javobgar  shaxs  ombor 

uchyoti  kartochkalari  asosida  har  oyda  Tayyor  mahsulot  nomenklaturasi,  o`lchov  birligi  soniga 

tayangan  xolda  Tayyor  mahsulotning  qoldiq  uchyoti  vedomostini  to`ldiradi,  Bu  yerda  hisob 

baholari  bo`yicha  qoldiqlar  tak-sirovka  qilinadi  va  buxgalteriya  uchyoti  maolumotlari  (16-

vedomostning 1-bo`limi) bilan solishtiriladi. 

Mahsulot  kirimi  va  chiqimi  bilan  bog`liq  operatsiyalar  rasmiylashtirilgan  dastlabki 

hujjatlar  ombor  varaqalariga  yezilgandan  so`ng  buxgalteriyaga  topshiriladi.  Bu  yerda  hujjatlar 

tekshiriladi,  guruhlanadi  va  ular  asosida  tegishli  hisob  registrlari  tuziladi.  Tayyor  mahsulot 

harakatining pul shaklida ifodalangan uchyoti buxgalteriada  yuritiladi. Bu hisob ombor uchyoti 

maolumotlari asosida yuritiladi. 

Hisob-kitobning  jurnal-order  shaklida  Tayyor  mahsulotning  analitik  uchyoti  1b-

vedomostda  yuritiladi.  Bu  vedomost  to`rtta  bo`limdan  iborat  bo`lib,  1-bulim  «Tayyor 

mahsulotning  pul  shaklidagi  harakati»  deb  nomlanadi,  unda  mahsulotning  hisobot  oyi 

boshlanishiga qoldig`i, omborga qabul qilingani, haridorlarga jo`natilgani va hisobot oyi oxiriga 

qoldig`i,  hisobda  qabul  qilingan  baxo  hamda  xaqiqiy  tannarxda  ko`rsatiladi.  2-bo`lim 

«Jo`natilgan  va  sotilgan  mahsulotlar»  deb  nomlanib,  unda  jo`natilgan  mahsulotlarning  analitik 

hisobi haridor korxonalar nomiga yezilgan har bir to`lov talabnomasi bo`yicha aloxida yuritiladi. 

3-bo`lim «To`langan va to`lanmagan schetlar xaqida umumiy maolumotlar» deb nomlanib, unda 

jo`natilgan  va  sotilgan  mahsulotlar  to`g`risida  umumiy  maolumotlar  ko`rsatiladi.  4-bo`limda 

soliq bo`yicha soliq idoralari bilan hisob-kitob maolumotlari keltiriladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

12


Download 191,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish