Microsoft Word Сопорбоева Севара бми


Sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid qarashlari



Download 56,44 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2022
Hajmi56,44 Kb.
#598299
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

.
1.Sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid qarashlari.
Shu muqaddas zaminimizda yashagan ulug' ajdodlarimiz bundan ko'p asrlar ilgari hozirgi zamonaviy ilm-fanga poydevor qo'yib, uni rivojlantirishga beqiyos hissa qo'shgan. Xususan, ular matematika, astranomiya, geodeziya, geografiya, tarix, arifmetika, tibbiyot, falsafa va tilshunoslik sohalaridagi qomusiy ishlari, ixtirolari bilan jahon sivilizatsiyasi ravnaqida o'chmas iz qoldirganlar. g'arbda “Nur Sharqdan taraladi” degan iboraning paydo bo'lgani ham bejiz emas. Insonni qurshab turgan tabiat, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini fahmlash ilmiy bilish amaliyotida katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat doimiy harakatda, to'xtovsiz o'zgarish va rivojlanishdadir. Kishilik jamiyati moddiy olam tadrijiy taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. Inson oldin tabiatga shogird bo'ladi, so'ngra u tabiat ustidan hukumronlik qila boshlaydi.
Inson jismonan va aqlan rivojlanishi natijasida tabiatga ozor berib, ekologik muammolarini yuzaga keltiradi. Jamiyat - tabiatning tarkibiy qismi. Tabiat, inson va jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqadorliklar tavsiflari ilgaridan mavjud bo'lgan. Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muhit o'rtasidagi munosabatlar turlicha kechgan. Muhammad ibn Muso al-XorazmiyAbu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino Ahmad Farg'oniy, al-Hakim at-Termiziy, Zahiriddin Muhammad Bobur,Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, kabi bobokalonlarimizdan qolgan ilmiy ma'naviy meros sharq uyg'onish davrining durdonalari maqomida dunyo ahli tomonidan haqli ravishda tan olingan ayniqsa, Markaziy Osiyo o'rta asr ilmiy madaniy markazlaridan biri sifatida boshqa mintaqalardagi ilmiy rivojlanis jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatgani jahon ilm-fanidao'ztasdig'initopgan.
2014 yilning may oyida Samarqandda dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan kelgan olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va ilmiy markazlar vakillari, ekspertlar ishtirokida “O'rta asrlar sharq allomallari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi ro'li va ahamiyati” mavzuida o'tkazilgan


6




xalqaro konferensiya va O'zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning uning ochilish marosimidagi ma'ruzasi ulug' ajdodlarimizning ana shunday boy ma'naviy merosi ahamiyatini yana bir karra chuqur anglash imkonini berdi.
O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab, ijod qilgan olimlar hali ekologiya atamasi dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonlar dunyosi, tabiatini e'zozlash haqida o'zlarining qimmatli ilmiy me'rosini qoldirgan. Tabiat hodisalariga oid takomillashib, tadrijiy rivojlanib borgan tushuncha va ta'limotlar, insonning tabiyat bilan bog'liqligi to'risidagi ma'lumotlar ilk marotaba “Avesto” hamda Sharq Renessanisi davrida ijod qilgan mutafakkirlar asarlarida o'z ifodasini topgan.
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik masalalari jahon hamjamiyatining umumiy global muammosiga aylandi. Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish barobarida, fuqarolarga ekologik barqaror hayot sharoitini yaratish davlat siyo satining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lida ekologik tarbiyaning jamiyat ma'naviy hayoti bilan aloqadorligi masalalari, xususan, yoshlarda ekologik bilim va tushunchani tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik tarbiya inson va tabiat munosabatlarini hayotiy timsollarda aks ettirish orqali yoshlarning ekoma'naviy-madaniy saviyasi darajasi hamda dunyoqarashini ifodalash bilan birga, inson shaxsini tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.[9] Zero, har bir yosh nafaqat yetuk va barkamol bo‘lishi, shu bilan birga atrof muhitga odilona muno sabatda bo‘lib, tabiat qonun-qoidalarini o‘z ichki kechinmalaridek qabul qilsa, ya'ni tabiat bilan hamohang, uyg'unlashgan holda faoliyat olib borsagina u tom ma'noda yuksak ma'naviyat va madaniyatga erisha oladi.
Tabiatni e'zozlash, zaminni ulug'lash o‘tmish davrlardan, moziydan boshlanib, ajdodlardan-avlodlarga, asrlardan asrlarga o‘tib, boyib, sayqal topib hozirgacha davom etib kelayotgan sharqona, o‘zbekona hikmatlar, tuzuklar, ta'limotlar, falsafiy qarashlar, milliy qadriyatlar, milliy udum va an'analarda o‘z aksini topgan. Bularni o‘rganish orqali yoshlar tabiat va inson o‘rtasidagi


7




munosabat, ularning o‘zaro aloqadorlik va birlik mohiyatini, atrof muhitga munosabatni, tabiat muhofazasi yo‘lida amalga oshirilayotgan xatti- harakatlarini tahlil etib, ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlashga harakat qiladi. Mazkur holat esa yoshlarda ekologik bilim va tushunchalarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Jahon miqyosida yoshlar tarbiyasiga e'tibor qadim-qadimdan boshlanadi. Uning namoyondalari qadimgi grek olimlari Arximed, Aristotel, Suqrot, Platonlar yoshlar tomonidan bilimlarini ixtiyoriy, faol o‘zlashtirilishi ahamiyatini chuqur va har tomonlama asoslab berganlar. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda yoshlar tarbiyasi, atrof muhit, tabiiy sharoitlar, ularning o‘zgarishi, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatning mavjud holati, tabiatning insonning ma'naviy jihatdan shakllanishiga ko‘rsatayotgan ta'siri masalalari qadimgi ta'limotlar va mutafakkirlarning qarashlarida aks etgandir.
Masalan, Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da yer, tuproq, daryolar, ko‘llar bog'lar, tog'lar, o‘simligu-giyohlar madh etilgan. Ona zaminni ulug'lash, suvni hayot manbai deb qadrlash, quyosh, olov va havoni e'zozlash- bular “Avesto”dagi markaziy masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Zardushtiylik ta'limotiga ko‘ra, har bir kishi ruhan va xulqan komilligi uning yaxshilikka yuz tutib, rost yo‘lni tanlab, dunyoviy bilimlarni o‘rganib, o‘z kasbini e'zozlagan holda Axuramazda farzlarini nechog'lik ado etishi bilan belgilanadi. Zero, qo‘sh haydab, don ekkan, chorvani parvarishlab, cho‘lda bog' yaratgan, yerning zaxini qochirib, sho‘rini yuvib, ziroat ekkan zardo‘shtiyning ravoni pok, xulqi xush, amali chin bo‘lishi bilan ko‘rsatilgan. Zardushtiylik ta'limoti bo‘yicha, suv va havoni iflos qilish, suvga nopok narsalarni tashlash qat'iyan man etilgan. Anhor va ariq bo‘ylarida mol boqish, otlarni bolashga ruxsat berilmagan. Suvga tupurish, supurgida suvga axlat supurish, toza qilib yuvilmagan idishlarda ariq va hovuzlardan suv olish, nopok holda suvga qarash ajdodlarimiz diniy e'tiqodlari bo‘yicha odob-axloqqa xilof tarzda baholangan.[11]
Atrof - muhitni asrash, uning musaffoligini ta'minlash ekologik muammo bo‘lib, uni yoshlar ongiga singdirish hozirgi dolzarb masalalardan biridir.


8




Ma'lumki, buyuk mutaffakkirlarimiz bu sohada ko‘zga ko‘rinarli, katta ishlar qilgan. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan sharq allomalaridan Muhammad Muso al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Zahriddin Muhammad Bobur kabilar hamda XIX-XX asrlarda yashab ijod etgan tadqiqodchi, olim, mutafakkirlarimiz tabiat fanlarining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.



Download 56,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish