Sharq mutafakkirlarining tug'ilgan joylari
1.1 rasm sharq mutaffakirlariningntug'ilgan joylari karta sxemasi.
manba;H.Hasanov .O'rtaosiyolikgeografvasayyohlar .T, O 'zbekiston , 1974yil
Ulardan biri o„zidan boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan yirik olim, davlat va siyosat
arbobi, jadidchilik harakatining namoyondasi, ma'rifatparvar olim
9
Abdurauf Fitratdir. Uning yozgan asarlarida atrof-muhitga, tabiatga munosabat
masalasiga alohida urg'u berilgani barchaga kundek ravshan. Abdurauf Fitrat o„zining
asarlarida jismoniy mehnat, iqtisodiy tarbiya berish muhimligini ta'kidlagan.
Abdurauf Fitrat o„zining “Munozara” va “Hind sayyohining qissasi” kabi dastlabki
asarlaridayoq, Turkiston va Buxoro amirligidagi qishloq va shaharlaridagi tozalik
masalasiga alohida e'tibor qaratadi. Uning “Rahbariy najot” axloqiy didaktik asarida
tozalik va ekologik tarbiyaga oid qarashlarni yanada kengroq beradi. Buyuk alloma
Fitrat, ayniqsa, bolalarning tarbiyasida, ularning yetuk va sog'lom bo„lishlari uchun
tozalikning ahamiyati muhim deb biladi va shunday deb yozadi: Nazokat va tozalik
bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga egadir. Nafosat va pokizalik katta yoshdagi
insonlarga qanchalik muhim bo„lsa, kichiklarga o„n barobar zarur va keraklidir. U
bolalarga
shaxsiy
gigiena
qoidalariga
amal
qilish
lozimligini
alohida
ta'kidlaydi.“Bolaning tarbiyasida toza havoning ahamiyatiga to„xtalib: havo inson
uchun ovqatdan ham muhimdir. 5-6 soat ovqatsiz turish mumkin, lekin bir daqiqa ham
havosiz turish mumkin emas. Shuning uchun bolalarni toza havoga, chorbog'larga olib
chiqish lozim'', - deydi. Abdurauf Fitrat o„z pedagogik qarashlarida bolalarni atrof -
muhitni sevishga, asrashga chaqiradi. U o„z darslik va qo„llanmalarida ham tabiatga
oid ko„plab materiallarni kiritgan.
Xalqimizda “Bolaning quvvati-ovqat, aqlning quvvati-hikmatli so„zdir” -deb uqtirib
kelingan. Hadislarda bayon etilgan ana shunday hikmatli so„zlar- donishmandlik
durdonalari sanaladi. Hadis bandlari ekologik ta'lim va tarbiyani singdirishga katta
yordam beradi. Hadis ilmini taraqqiy ettirishga munosib hissasini qo„shgan O„rta
Osiyolik mashxur allomalar Al-Buxoriy hamda At- Termiziylarning hadislaridan
ekologiya va tabiatga mehr-muhabbat mavzusiga, tabiat muhofazasiga oid
bandlaridan namunalar keltiramiz:
44-band. Dehqonchilik bilan shug 'ullaninglar. Dehqonchilik murakkab kasbdir. Unga
qo„riqchilarni ko„paytiringlar.
176-band. Ekmoq niyatida qo„lingizda ko„chat turgan paytda, behosdan qiyomat-
qoyim bo„lishi aniq bo„lganida ham ulgursangiz uni ekib qo„yavering.
10
586-band. Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do„zaxga
tashlanadi.
706-band. Tejab sarflagan kambaal bo„lmaydi.
732-band. Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o„tkazsa, so„ng uning
mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan yeyilgan narsaning har biridan
unga sadaqa savobi yoziladi.
837-band. Kim suv toshqini to„xtatsa yoki yoninni o„chirsa, unga shaxidlik ajri
beriladi. [11]
Bolalarga atrof-muhitni muhofaza qilish tarbiyasini berish ishlari milliy
qadriyatlar asosida amalga oshirilgan. Azal-azaldan ham ta'lim-tarbiya tizimida
avlodlarimizni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalash masalalari tarbiya
yo„nalishlarining muhim tarkibiy qismi bo„lib kelgan. Ajdodlarimiz o„z farzandlariga
oila davrasida pand-u nasihat va turli suhbatlarda quyidagilarni alohida uqtirganlar:
-
Suvni iflos qilma, barcha jonivorlar uni ichib bahra oladilar;
-
Rizq-ro„zingni isrof qilma, gunohkor bo„lasan;
-
Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o„zing
iste'mol qilasan;
-
Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh bo„ladi, chunki
unda ahli-mo„minning nasibasi bor.
O„zbek oilasidagi tarbiyaning o„ziga xos tomonlaridan biri shundaki, bolalar
kundalik uy-ro„zor, poliz, bodorchilik, me'morchilik, duradgorlik, chorvachilik
ishlarini ota-onalari bilan bajarib ham jismonan, ham ruhan kamol topib boradilar. Bu
jarayonda har qanday ota-ona o„z bolalarida mehnatsevarlik fazilatlarini kamol
toptirishga harakat qiladi. Bu esa oila an'anasiga aylanib boradi. Keksa avlod vakillari
yoshlarga gunoh bilan savob haqida pand-u nasihatlarni, ya'ni suvni harom qilmaslik,
axlatlarni uy yoki hovliga to„kmaslik, daraxt va o„simliklarni behuda sindirmaslik
haqida doimo ta'kidlab kelishgan. Bu esa oilada bolalarga beriladigan ekologik va
tabiat muhofazasi tarbiyasining asosiy namunalaridan biridir.
11
Tabiat shunday odil mo„jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Tabiatda biror
jonzotning qirilib ketishiga yo„l qo„yilsa, shunga boliq bo„lgan muvozanat buzilib,
xavfli vaziyat vujudga keladi. Inson hayoti tabiat bilan chambarchas bog'langan ekan,
tabiatdagi mavjud muvozanatning buzilib, xavfli vaziyat yuzaga kelishining oldini
olishi zarur.
Inson onadan tug'ilib, dunyoga kelar chog'idanoq, tabiat ehsonlaridan, ne'matlaridan
bahramand bo„ladi. Inson ehtiyoji uchun zarur bo„lgan suv, oziq- ovqat mahsulotlari,
kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi. Hattoki, insonning hastalikdan qutulishi,
salomatligini tiklash uchun zarur bo„lgan dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun
ham ona tabiatdan yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan foydalaniladi.
Inson tanasida birorta ortiqcha a'zo bo„lmaganiday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan
birorta narsa yo„q. Ularning hammasi hayot uchun zarur. Ajdodlarimizning yuksak did
va nafosat bilan yaratgan bog'-rog'lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham
Samarqand-u Buxoroni, ko„hna Urganch hamda Xivani bezab, yer yuziga zeb berib
turibdi. Hozirgi yosh avlod tabiat qo„ynida yashaydi, mehnat qiladi. Ularga tabiat
haqida, ekologik vaziyat haqida oshkora tushuncha berish, tabiatni asrash, unga ongli
munosabatda bo„lishni tarbiyalash bizning asosiy vazifamizdir. Insonni uning atrofini
qurshab turgan vositalar: oila, ota-ona, maktab, do„stlar, atrof-muhit, ommaviy
axborot vositalari, san'at, adabiyot va tabiat tarbiyalaydi. Bolani rivojlanish jarayonida
uni boshqarib borish kerak. Shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi, bu uning
ayrim qirralari yoki hislatlarining to„laqonliligini, jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik
va ekologik qarashlari yig'indisini o„z ichiga oladi.
Ekologik tarbiya - atrof-muhitga, olamga, odamga, hayvonot va o„simlik
dunyosiga muhabbat hamda ehtiyotkorona munosabatlarni shakllantirish zaruriyatidir.
Tabiat - yosh avlodni tarbiyalashning ta'sirchan vositalaridan biri, u ezgulik,
insoniylikni his etib, go„zallikni ko„rish va tushunish, kuzatuvchanlik, tabiat
qonunlarini o„rganishga intilish, mehnatsevarlik, o„zining jonajon o„lkasini, Vatanini
sevish kabi ko„pgina xarakter belgilarini uyg'otish va rivojlantirish
12
Do'stlaringiz bilan baham: |