Tadqiqotning uslub va uslubiyati. Bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida
O'zbekiston Respublikasining qonunlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari, turli soxa
olimlarning mavzu doirasida olib borgan tadqiqotlaridan foydalanildi.
Shuningdek tahlil yuritishda induktsiya, deduktsiya, tahlil va bog'liqlik,
mavsumiylikdan aniqlikka siljish usullari bilan bir qatorda analiz, sintez, statistik va
matematik ko'rsatkichlardan foydalanildi.
5
.
1.Sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid qarashlari.
Shu muqaddas zaminimizda yashagan ulug' ajdodlarimiz bundan ko'p asrlar ilgari
hozirgi zamonaviy ilm-fanga poydevor qo'yib, uni rivojlantirishga beqiyos hissa
qo'shgan. Xususan, ular matematika, astranomiya, geodeziya, geografiya, tarix,
arifmetika, tibbiyot, falsafa va tilshunoslik sohalaridagi qomusiy ishlari, ixtirolari
bilan jahon sivilizatsiyasi ravnaqida o'chmas iz qoldirganlar. g'arbda “Nur Sharqdan
taraladi” degan iboraning paydo bo'lgani ham bejiz emas. Insonni qurshab turgan
tabiat, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini fahmlash ilmiy bilish
amaliyotida katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat doimiy harakatda, to'xtovsiz o'zgarish va
rivojlanishdadir. Kishilik jamiyati moddiy olam tadrijiy taraqqiyotining qonuniy
mahsulidir. Inson oldin tabiatga shogird bo'ladi, so'ngra u tabiat ustidan hukumronlik
qila boshlaydi.
Inson jismonan va aqlan rivojlanishi natijasida tabiatga ozor berib, ekologik
muammolarini yuzaga keltiradi. Jamiyat - tabiatning tarkibiy qismi. Tabiat, inson va
jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqadorliklar tavsiflari ilgaridan mavjud bo'lgan. Jamiyat
taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muhit o'rtasidagi munosabatlar
turlicha kechgan. Muhammad ibn Muso al-XorazmiyAbu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn
Sino Ahmad Farg'oniy, al-Hakim at-Termiziy, Zahiriddin Muhammad Bobur,Mirzo
Ulug'bek, Alisher Navoiy, kabi bobokalonlarimizdan qolgan ilmiy ma'naviy meros
sharq uyg'onish davrining durdonalari maqomida dunyo ahli tomonidan haqli ravishda
tan olingan ayniqsa, Markaziy Osiyo o'rta asr ilmiy madaniy markazlaridan biri
sifatida boshqa mintaqalardagi ilmiy rivojlanis jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatgani
jahon ilm-fanidao'ztasdig'initopgan.
2014 yilning may oyida Samarqandda dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan
kelgan olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va ilmiy markazlar vakillari, ekspertlar
ishtirokida “O'rta asrlar sharq allomallari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning
zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi ro'li va ahamiyati” mavzuida o'tkazilgan
6
xalqaro konferensiya va O'zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning uning
ochilish marosimidagi ma'ruzasi ulug' ajdodlarimizning ana shunday boy ma'naviy
merosi ahamiyatini yana bir karra chuqur anglash imkonini berdi.
O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab, ijod qilgan olimlar hali ekologiya atamasi
dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonlar dunyosi,
tabiatini e'zozlash haqida o'zlarining qimmatli ilmiy me'rosini qoldirgan. Tabiat
hodisalariga oid takomillashib, tadrijiy rivojlanib borgan tushuncha va ta'limotlar,
insonning tabiyat bilan bog'liqligi to'risidagi ma'lumotlar ilk marotaba “Avesto”
hamda Sharq Renessanisi davrida ijod qilgan mutafakkirlar asarlarida o'z ifodasini
topgan.
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik masalalari jahon
hamjamiyatining umumiy global muammosiga aylandi. Mamlakatimizda o„tgan davr
mobaynida jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish barobarida, fuqarolarga
ekologik barqaror hayot sharoitini yaratish davlat siyo satining ustuvor yo„nalishiga
aylandi. Ko„zlangan maqsadga erishish yo„lida ekologik tarbiyaning jamiyat ma'naviy
hayoti bilan aloqadorligi masalalari, xususan, yoshlarda ekologik bilim va
tushunchani tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish masalalari dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik tarbiya inson va tabiat munosabatlarini hayotiy
timsollarda aks ettirish orqali yoshlarning ekoma'naviy-madaniy saviyasi darajasi
hamda dunyoqarashini ifodalash bilan birga, inson shaxsini tarbiyalash vazifasini ham
bajaradi.[9] Zero, har bir yosh nafaqat yetuk va barkamol bo„lishi, shu bilan birga atrof
muhitga odilona muno sabatda bo„lib, tabiat qonun-qoidalarini o„z ichki
kechinmalaridek qabul qilsa, ya'ni tabiat bilan hamohang, uyg'unlashgan holda
faoliyat olib borsagina u tom ma'noda yuksak ma'naviyat va madaniyatga erisha oladi.
Tabiatni e'zozlash, zaminni ulug'lash o„tmish davrlardan, moziydan boshlanib,
ajdodlardan-avlodlarga, asrlardan asrlarga o„tib, boyib, sayqal topib hozirgacha
davom etib kelayotgan sharqona, o„zbekona hikmatlar, tuzuklar, ta'limotlar, falsafiy
qarashlar, milliy qadriyatlar, milliy udum va an'analarda o„z aksini topgan. Bularni
o„rganish orqali yoshlar tabiat va inson o„rtasidagi
7
munosabat, ularning o„zaro aloqadorlik va birlik mohiyatini, atrof muhitga
munosabatni, tabiat muhofazasi yo„lida amalga oshirilayotgan xatti- harakatlarini
tahlil etib, ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo„lgan omillarni
aniqlashga harakat qiladi. Mazkur holat esa yoshlarda ekologik bilim va
tushunchalarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Jahon miqyosida yoshlar tarbiyasiga e'tibor qadim-qadimdan boshlanadi.
Uning namoyondalari qadimgi grek olimlari Arximed, Aristotel, Suqrot, Platonlar
yoshlar tomonidan bilimlarini ixtiyoriy, faol o„zlashtirilishi ahamiyatini chuqur va har
tomonlama asoslab berganlar. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda yoshlar tarbiyasi, atrof
muhit, tabiiy sharoitlar, ularning o„zgarishi, inson va tabiat o„rtasidagi munosabatning
mavjud holati, tabiatning insonning ma'naviy jihatdan shakllanishiga ko„rsatayotgan
ta'siri masalalari qadimgi ta'limotlar va mutafakkirlarning qarashlarida aks etgandir.
Masalan, Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da yer, tuproq, daryolar,
ko„llar bog'lar, tog'lar, o„simligu-giyohlar madh etilgan. Ona zaminni ulug'lash, suvni
hayot manbai deb qadrlash, quyosh, olov va havoni e'zozlash- bular “Avesto”dagi
markaziy masalalardan bo„lib hisoblanadi. Zardushtiylik ta'limotiga ko„ra, har bir
kishi ruhan va xulqan komilligi uning yaxshilikka yuz tutib, rost yo„lni tanlab,
dunyoviy bilimlarni o„rganib, o„z kasbini e'zozlagan holda Axuramazda farzlarini
nechog'lik ado etishi bilan belgilanadi. Zero, qo„sh haydab, don ekkan, chorvani
parvarishlab, cho„lda bog' yaratgan, yerning zaxini qochirib, sho„rini yuvib, ziroat
ekkan zardo„shtiyning ravoni pok, xulqi xush, amali chin bo„lishi bilan ko„rsatilgan.
Zardushtiylik ta'limoti bo„yicha, suv va havoni iflos qilish, suvga nopok narsalarni
tashlash qat'iyan man etilgan. Anhor va ariq bo„ylarida mol boqish, otlarni bolashga
ruxsat berilmagan. Suvga tupurish, supurgida suvga axlat supurish, toza qilib
yuvilmagan idishlarda ariq va hovuzlardan suv olish, nopok holda suvga qarash
ajdodlarimiz diniy e'tiqodlari bo„yicha odob-axloqqa xilof tarzda baholangan.[11]
Atrof - muhitni asrash, uning musaffoligini ta'minlash ekologik muammo
bo„lib, uni yoshlar ongiga singdirish hozirgi dolzarb masalalardan biridir.
8
Ma'lumki, buyuk mutaffakkirlarimiz bu sohada ko„zga ko„rinarli, katta ishlar qilgan.
O„rta asrlarda yashab ijod etgan sharq allomalaridan Muhammad Muso al- Xorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Zahriddin Muhammad
Bobur kabilar hamda XIX-XX asrlarda yashab ijod etgan tadqiqodchi, olim,
mutafakkirlarimiz tabiat fanlarining rivojlanishiga o„z hissalarini qo„shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |