Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
35
pulemyotdan o‘t ochdilar. O’t ochishga ochdilaru o‘zlari ham dahshatga tushdilar — arvohlar o‘qdan 
yiqilish o‘rniga og‘iz va ko‘zlaridan o‘t chaqnab, tutun purkay boshladilar. Poruchik va boshqa zobitlar 
har qancha do‘q po‘pisa qilmasin, sallotlar qurollarini tashlagancha orqaga qarab qocha boshladilar. 
Shu qochishlaricha bekatga borib qoldilar. 
Ertasi kuni mayitlarni yig‘ishtirib, dafn etib, sallotlar tashlab qochgan qurol-yaroqlar (shu jumladan, 
ikki pulemyot) va o‘q-dorilarni yig‘ishtirib olishgach, o‘z-o‘zidan tantana boshlanib ketdi. Tantana 
qahramoni, albatta, Bahrom Farang edi. Yigitlar kechagi jang oldidan Farang tomonidan ogohlantirib 
qo‘yilgan, Farang ularga – jang vaqtida nimaki ko‘rsangiz qo‘rqmang, vahimaga tushmang, hatto 
shayton yoki arvoh ko‘rsangiz ham, — degan edi. Shunda ham yigitlarning ko‘pchiligi qo‘rqib, “Lo 
havlo valo quvvato...” deb kalima o‘girishga tushgan edi. Endi o‘sha yigitlar va qishloqlar ahli kechagi 
voqealardan zavqlanib kulib, farangni gapga solishar, bu tomoshani qanday qo‘yganligini so‘rab 
surishtira boshladilar. Farang oldiniga bir oz tarang qilib turdi-da, yigitlar yalinishga o‘tgach, og‘zidagi 
nosni tuflab, mo‘ylovini burab so‘zga tushdi va: 
— Jangdan bir kun oldingi maslahatda jang qabriston yaqinida bo‘lishini bilgach, kallamga bir fikr 
keldi. Fikrni kallamda pishirib olgach, bekning qarorgohiga kirib, so‘zlab berdim. Bek avval 
peshonasini tirishtirib, ro‘yxush bermaganday bo‘ldi. Asta chiqib ketdim. Yarim soat o‘tar-o‘tmas 
menga odam yuborib chaqirtirdi va fikrimni boshqatdan aytishni so‘radi. Aytdim. —  Mayli, 
tayyorlanaver, ammo o‘zimizning yigitlarni oldindan ogohlantirib qo‘y, tag‘in sallotlardan oldinroq 
qo‘rqib qochib qolishmasin, — dedi. Shundan so‘ng besh-oltita chaqqon, qo‘lidan ish keladigan 
bolalardan yonimga olib, ish boshlab yubordim. Bekning ijozati bilan tunov kuni Shirkatdan olib 
kelingan o‘ljalar ichidan doka, chilvir, miltiq dori oldim, qishloqdan oshqovoq va uvada yig‘dirib 
keldim. Yigitlarga buyurib, tollardan yo‘g‘on-ingichka novdalar kestirdim. Novdalarni bir-biriga 
ko‘ndalang bog‘lab, odam shakliga keltirdim, chilvir vositasida ularga ikkitadan, chilvirni tortsa 
qimirlaydigan qo‘l qildim. Uni doka-kafanlik bilan o‘radim. Oshqovoqlarning uchini olib tashlab ichini 
o‘yib oldim. So‘ngra uvadani maydalab, miltiq dori qo‘shib, mijg‘ib aralashtirdim, uni oshqovoq – 
kalla ichiga bosib soldim va tayyor bo‘lgan kallani asosiy novda uchiga o‘rnatdim. Kechga tomon 
ularni qabristonga olib borib, yigitlarga bittadan tarqatdim. Yigitlar bu arvohlarni ushlab, qabrlar 
orqasiga yashirinib, shay bo‘lib turdilar. Bekdan ishora bo‘lgan paytda o‘zim bitta arvohni ko‘tarib, 
emaklab sallotlar tomon siljidim, emaklash asnosida chilvirni tortib, qo‘llarni harakatga keltirdim, 
boshqa yigitlar uchun bu ishora bo‘ldi va ular ham men kabi harakat qilib, dushman tomon asta-sekin 
siljib kela boshladilar. Sallotlarning ba’zilari arvohlarga o‘t ochganlarida oshqovoqlar ichiga o‘q kirib 
miltiq dori aralashgan uvadalar yonib-tutay boshladi. Bo‘lgan ish shu, u yog‘ini o‘zlaringiz yaxshi 
bilasizlar, — deganicha yana nosqovog‘ini qo‘liga oldi. 
Jazo otryadi shu qochganicha qaytib qorasini ko‘rsatmadi. Ba’zi yigitlar o‘zlaricha buni 
hukumatning qo‘rqib qolganidan deb bildilar. Biroq Shermuhammadbek katta to‘qnashuvlar bo‘lishini 
his etar va mudofaa choralariga kirishishi kerakligini fahmlab turardi. U yigitlarini ishga solib, depara 
aholisini hasharga chaqirib, tayyorgarlikni boshlab yubordi. Qishloq atrofini aylantirib choh qazdirdi, 
ba’zi joylarga chib (yog‘och va shox-shabbadan yasalib, yonib ketmasligi uchun loy bilan shuvalgan 
to‘siq) bostirdi. O’q-dori saqlash uchun yerto‘la shaklida ombor qurilib, o‘q tekkanda yonib ketmasligi 
uchun ustiga tuproq tortib, suvab qo‘yildi. Yigitlar uchun yotoq uylar, otxonalar, hashakxonalar, 
oshxona va omborlar qurildi. Mardikorlikda bo‘lgan, jang ko‘rgan yigitlar boshqa yigitlarni qishloq 
atrofidagi yalangliklarga olib chiqib, harbiy mashq o‘tkazadigan bo‘ldilar. Umuman, G’orbuvo yirik 
bir harbiy istehkomga aylantirildi.  
Erishilgan qator g‘alabalar haqidagi xabarlar atrof deparalarga yetib bordi. Atrofdan yigitlar kelib, 
o‘zlarini askarlikka qabul qilishlarini so‘ray boshladilar. Yangi yigitlar uchun qurol-yarog‘ topish 
kerak. Jazo otryadi qaytib qorasini ko‘rsatmay qo‘ygach, Shermuhammadbek ham hukumatga yana bir 
zarba berish, ham qurol-yarog‘, oziq-ovqat, o‘lja olish maqsadida Marg‘ilon va Skobelev oralig‘ida 
joylashgan Beglar (Ma’ruf qishloq degan nomi ham bor) degan joyga hujum qilish rejasini tuzdi. Bu 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish