Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
32
bermadilar. Otryad boshlig‘i qishloqqa hujum boshladi, duch kelgan hovlidagi erkaklarni sudrab 
chiqib, bo‘lis idorasiga qamadi. Bu holni ko‘rgan qishloq va depara yigitlari duch kelgan narsa bilan 
qurollanib, jazo otryadi qarshisiga chiqdilar. Jang boshlandi. Shermuhammadbek va uning sheriklari 
kechagina tortib olingan miltiq va qilichlarni ishga soldilar. Biroq, yaxshi qurollangan, harbiy ta’lim 
ko‘rgan otryadga bas kelish qiyin edi. Oxir oqibat jazo otryadi qishloqqa o‘t qo‘yib, bir qancha odamni 
jangda o‘ldirib, bir qanchasini asir olib Skobelevga qaytib ketdi, o‘zi ham bir necha sallotini talafot 
berdi. Shermuhammadbek va uning sheriklari jang oxirlaganda qariyalarning buyrug‘i bilan G’orbuvo 
tomon chekinib, uning chakalakzorlaridan panoh topdilar. 
Bir necha kun o‘tgach Shermuhammadbek aka-ukalari va bir necha sherigi bilan qishloq masjidi 
imomi va nufuzli kishilaridan fotiha olib, kurash yo‘liga kirdilar. Ular yonlariga yana bir necha bo‘z 
yigitlarni olib, Toshloqqa borib volost politsiyasining idorasiga to‘satdan hujum qildilar va qamoqqa 
olingan sheriklarini ozod qildilar. Qishloqqa yana jazo otryadi kelishining oldini olish maqsadida 
yigitlar ozod qilinganlar bilan birgalikda Yozyovonga chiqib ketdilar. Shu tariqa Shermuhammadbek 
1916 yilda milliy-ozodlik harakati jabhasiga ilk qadamini tashladi. Mardikor olish voqeasi va uning 
oqibatlari yigitlarga katta maktab bo‘ldi. Ularda mustamlakachilarga qarshi nafrat hissi uyg‘ondi. Bu 
voqealar Shermuhammadbekning keyingi hayot yo‘lini belgilab berdi. U o‘zining oz miqdorli yigitlari 
bilan hukumat korxonalari, omborlari, harbiy postlariga hujumlar uyushtirib turdi. Bu hujumlar, 
avvalo, mustamlakachilardan qandaydir o‘ch olish vositasi bo‘lsa, ikkinchidan, talab ketilayotgan 
boyliklarning bir qismini bo‘lsada, xalqqa qaytarish, uchinchidan esa, o‘zingizdan qolar gap yo‘q, 
qandaydir darajada tirikchilik manbai ham edi, zero, o‘z oilalari, qo‘lidagi yigitlarini ovqatlantirish, 
kiydirish, yigitlarning qurol-yarog‘ini ta’minlash kerak, axir, har doim boylardan kelgan yordam 
hisobiga yashab bo‘lmaydiku. 
Turkiston bosib olingach, Farg‘ona vodiysi Rossiyaning asosiy paxta xomashyo bazasiga aylandi. 
Xom ashyoning katta bir qismi rus, yahudiy va mahalliy paxtafurush boylar tomonidan bevosita 
Rossiyaning sanoat mintaqalariga olib borib sotilar, yana bir qismi esa dehqonlardan, shirkatlar 
tomonidan yig‘ishtirib olinardi. Shirkatlarning faoliyati shunday ediki, erta bahorda shirkat paxtakor 
dehqonlar bilan shartnomalar tuzar edi. Bo‘nak naqd pul, ishlab chiqarish vositalari hamda bug‘doy, 
qand, gazlama kabi natura shaklida berilar edi. Hosil topshirilgach, shartnoma bo‘yicha to‘lovning 
qolgan qismi berilardi. Hosil juda arzon baholanar, bu ta’bir joiz bo‘lsa, kuppa-kunduzi qilingan 
qaroqchilikka o‘xshab ketar edi. Shunday bo‘lsada, dehqon bunga ko‘nishga majbur edi, zero, bahorda 
berilgan bu narsa bilan kuzga yetib olish, kuzda shartnoma bo‘yicha olingan mablag‘ esa qishni 
o‘tkazishga yarab turardi. Bu hol Shermuhammadbekka o‘xshab xalqni o‘ylaydigan yigitlarning 
hamiyatiga tegar, qandaydir chora ko‘rishga da’vat etar edi. Ayniqsa, urush boshlanib, paxta xom-
ashyosiga ehtiyoj kuchayib, jahon bozorida paxtaning narxi keskin oshib ketgan holda shirkatlar 
tomonidan narxlarning hamon past darajada to‘lanishi yigitlarning g‘azabini yanada oshirib yubordi. 
Shunday shirkatlardan biri G’orbuvodan o‘n besh chaqirim masofada joylashgan Akbarobod 
qasabasida edi. Shirkat ombori juda boy bo‘lib, unda toy-toy paxtalar, bug‘doy, qand-shakar, gazlama, 
kiyim-kechak, ro‘zg‘or buyumlari va turmush uchun yaroqli boshqa ashyolar saqlanardi... 
1917 yil sentyabr oyi boshlari edi. Shermuhammadbek o‘z yigitlarini mozor xonaqohi yonidagi 
takyaga to‘pladi. Shu deparalik bir necha ahli ilm va oqsoqollarni ham taklif qildi. Jamoat jam bo‘lib, 
bir piyoladan choy ichilgach, Shermuhammadbek ahli ilmga murojaat qildi: 
— Taqsirlar, domla pochchalar, biz o‘z vaqtida o‘qiy olmadik, madrasa tuprog‘ini yalay olmadik, 
shu tufayli ayrim ishlarimizni shariatga mos kelish-kelmasligini bilmaymiz, bu borada sizlarning fatvo 
va maslahatlaringizga doimo muhtojmiz. Shu xususda bir maslahatli ish chiqib qoldi, hammalaringiz 
yaxshi bilasiz, Akbarobodda o‘ruslarning paxta yig‘ib oladigan shirkati bor. Arzimagan haq evaziga 
dehqonning hosilini ko‘tarasiga olib, Rusiyaga olib ketadi. Men besh-oltita dehqonni u yerga yuborib, 
paxtaning xarid narxini oshirishni talab qilishlarini so‘radim. Ular shirkat idorasiga borib, shu talabni 
qo‘ydilar. Shirkat kattalari ularga shartnomani pesh qilib: “— Mana sizlar barmoq bosgan shartnoma. 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish