MAXFIY UCHRASHUV
Bu voqeani bizga otam rahmatlikning qadrdonlaridan biri, sobiq chekist so‘zlab bergan edi.
Suhbatimiz sovet davrida bo‘lib o‘tganligi bois, suhbatdoshim bu voqeani ovoza qilmaslikka, ayniqsa,
o‘zining nomini tilga olmaslikka bizdan qatiy va’da olgan edi. Hozir zamon boshqa bo‘lib, mazkur
chekist olamdan o‘tib ketgan bo‘lsada, va’damizni buza olmadik va hikoyamiz bayonida uni shartli
nom bilan Kimsanboy deb atadik.
...1919 yil bahori. Turkiston ASSR Sog‘liqni saqlash xalq komissari, Farg‘onada tinchlikni
ta’minlash bo‘yicha favqulodda komissiya a’zosi Turor Risqulov yana Farg‘onada paydo bo‘ldi.
Chekaning Turkistondagi barcha bo‘limlariga shaxsan Dzerjinskiydan Turor Risqulovning har bir
bosgan qadamini kuzatish haqida maxfiy buyruq kelgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |