www.ziyouz.com
кутубхонаси
44
haqiqiy bo‘lishi uchun Madaminbek o‘z maslahatchisi Nansbergni oqlovchilikka tayinladi. Nansberg:
— Bu kazzoblarga faqat iblisgina advokatlik qilishi mumkin. Men oqlovchi sifatida ularga
chiqariladigan o‘lim hukmini to‘rt pora qilish (o‘tmishda shunday jazo chorasi bo‘lgan: mahkumning
oyoq-qo‘llarini to‘rt otga bog‘lab, to‘rt tomonga tortilgan) orqali emas, otib o‘ldirish chorasi orqali
amalga oshirishni so‘rashim mumkin xolos, — deb so‘zini qisqa qildi. Sud ularga o‘lim hukmini
chiqardi. Madaminbek ijroni Xolxo‘ja Eshonga va boyagi guvohlarga topshirib, o‘z yo‘liga qarab
ketdi. Guvohlar o‘z ko‘rganlarini — bir vaqtlar dashnoqlar o‘qni tejash maqsadida aholini turli usullar
bilan qiynab o‘ldirganliklarini so‘zlab berdilar. Xolxo‘ja Eshon ham shu yo‘lni tanladi.
Dashnoqlarning bir qismini so‘yib, bir qismini bo‘g‘ib, qolgan bir qismini tiriklayin oyoq-qo‘lini
bog‘lab Sirdaryoga uloqtirdilar. Qadim o‘tmishda, ma’jusiylik davrlarida odamlardan yiliga qurbonlik
olib turadigan ko‘hna Sayxun anchadan beri bunday mo‘l qurbonlikni ko‘rmagan edi...
Shu tariqa Xolxo‘ja Eshon Farg‘onadagi eng yirik sardorlardan biriga, eng murosasiz, eng qahrli
ikki qo‘rboshi (Shermuhammadbekdan keyin) dan biriga aylandi.
IXTILOFNING KUCHAYISHI
Ikki ulug‘ sardor o‘rtalariga o‘tgan yiliyoq shayton alayhila’na tomonidan qo‘yilgan devor asta-
sekinlik bilan ko‘tarilib bordi. Baliqchi jangidan so‘ng Madaminbek to‘planib qolgan muammolarni
bartaraf etish, kelgusi muhim vazifalarni belgilab olish maqsadida Jalolobodning So‘zoq kasabasida
yirik qo‘rboshilar ishtirokida kengash o‘tkazdi. Shermuhammadbek bu yig‘ilishga bormay, ukasi
Nurmuhammadbekni yubordi. Ko‘riladigan masalalarning eng asosiysi qo‘rboshilar o‘rtalaridagi
munosabatlarni ko‘rib chiqish, nish urib kelayotgan ixtilofga barham berishdan iborat bo‘lsada,
Shermuhammadbek ishtirokisiz bu masalani hal etish mumkin bo‘lmadi. Xolxo‘ja Eshon Madaminbek
itoatida bo‘lsada, unda Shermuhammadbekka moyillik bor edi. Eshon majlisda har ikkalasi o‘rtasidagi
ko‘zga ko‘rinmas to‘siqlarni bartaraf etish, ular orasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarurligini
ta’kidlab, bu borada o‘zi vositachi bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Ikkinchi muhim masala Sharqiy Farg‘onadagi rus qishloq va kentlarida yashab turgan aholi bilan
munosabatlarini aniqlashtirib olishdan iborat bo‘ldi. O’tgan hikoyalarimizdan ma’lumki, bu yerlardagi
rus aholisi o‘ziga to‘q dehqon (mujik), yer egalari, kazaklar, iste’fodagi zobitlardan tashkil topgan.
Ular ham yangi tuzumga itoat qilishni xohlashmasdi, biroq, mahalliy aholi bilan murosada bo‘lsalarda,
o‘zlarini oliy tabaqa hisoblab, takabburlik otiga mingan edilar. Ko‘pchiligi harbiylardan iborat bo‘lgan,
kattagina kuch hisoblangan bu kishilar ilgari chor Rossiyasining bu o‘lkadagi tayanchi hisoblanar edi.
Bolsheviklar ham ularni o‘zlariga og‘dirib olib o‘z tayanchlariga aylantirish uchun urinib kelayotgan
bo‘lsalarda, bunga muvaffaq bo‘lmagan edilar. Qo‘rboshilarning o‘tgan yilgi hujumlari ularni sovetlar
bilan bir oz yaqinlashishga majbur qildi. Sovetlar bu rus qishloqlari aholisini qayta qurollantirishga
erishdi. Xolxo‘ja Eshon mazkur rus qishloqlariga hujum qilib, sovetlarni tayanch kuchidan mahrum
qilishni taklif etdi. Boshqa qo‘rboshilar uni qo‘llab-quvvatlab, ba’zilari:
— Qachongacha boylarimizga tirik tovon bo‘lib yuramiz? Agar boy rus qishloqlariga hujum qilsak,
ko‘plab qurol-yarog‘, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘lja qilishimiz mumkin, — degan fikrni ham
bildirdilar.
Madaminbek esa mazkur rus aholisi timsolida kattagina qurol-yarog‘ zaxirasiga, salohiyatli
harbiylarga ega, kommunistik hujumga qarshi bo‘lgan qudratli bir kuchni ko‘rar hamda ular bilan
ittifoq tuzib, bu manfur tuzumga tezroq zarba berishni orzu qilardi. Bu fikrni bayon etganda Xolxo‘ja
Eshon o‘tirgan joyida bir sakrab tushdi, boshqa qo‘rboshilar qovoqlarini solganlaricha yerga qarab
qoldilar.
— Bek, — dedi nihoyat Xolxo‘ja Eshon, — o‘zimiz dini islom yo‘lida jang qilayotgan g‘oziylar
bo‘lsak, endi o‘ris-kofirlar bilan og‘iz-burun o‘pishamizmi?
— Biz nafaqat dini islom, balki vatan ozodligi yo‘lida ham jang qilayotganligimizni unutmang,
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |