www.ziyouz.com
кутубхонаси
51
olmaymiz. Shuning uchun so‘zdan amalga o‘tsak. Bu yerga jam bo‘lgan muhtaram sardorlarimizning
aksariyatlari umumiy rahbarlikni eplaydigan, jang ko‘rgan, ish bilgan yigitlardir. Shuni ta’kidlab
o‘tishni istar edimki, saylov o‘tkazishdan oldin har bir kishi o‘zining ichki tuyg‘usi bilan suhbatlashib,
o‘z imkoniyatlarini, o‘z salohiyati darajasini chamalab olsin, davrada o‘zidan kuchliroq odam borligini
his etsin, unga yon berib, mardlarcha ish tutsin. O’ziga-o‘zi, “menga berilgan imkoniyatlardan
foydalanib, ozodlik kurashiga rahbarlik qila olamanmi? Agar eplay olmasam, mening aybim bilan
behuda o‘lib ketgan shahidlar mendan ro‘zi mahsharda o‘z xunini talab qilmaydimi” degan savolni
bersin. Ha, birodarlar, amirlashkarlik nihoyatda mas’uliyatli ish. Unga berilgan imkoniyat
Vatanimizga, kurashimizga berilgan yagona imkoniyatdir. Bunday imkoniyat ikkinchi marta
berilmaydi. To‘g‘risini aytishga majburman, bizda “o‘zim bo‘lay”chilik kasalligi bor. Bu mudhish
kasallik ko‘zlarimizga parda tortib, mas’ul vazifaga o‘zimizdan munosibroq nomzodni ko‘rishga
imkon bermaydi. Bu kasallikning safrosini o‘z vaqtida quritib, saylovga holis bo‘laylik. Bunday qilmas
ekanmiz, tarix bizni kechirmaydi, tarix kechirsa ham Alloh kechirmaydi”...
Tashkiliy masalani Ho‘qand qozikaloni Kamol qozi olib bordi:
— Mana muhtaram g‘oziylar, hazratim va Mirodilboy gapning sirasini aytdilar. Endi shu gaplarni
saboq sifatida qabul qilib, tanangizda chuqur o‘ylab ko‘rib, so‘ngra munosib odamni nomzod qilib
ko‘rsatishingizni so‘rayman.
Nomzod ko‘rsatish kutilganidek bo‘ldi: har bir yirik sardorning qo‘rboshi va ponsodlari o‘z
rahnamolarining nomzodini ko‘rsatdilar:
— Ergashbek bo‘lsin;
— Madaminbekdan boshqa kishi bu ishni eplolmaydi;
— Shermuhammadbek munosib;
— Omon Polvon bo‘lsin;
— Parpibek bo‘la qolsin...
Hayhot! Qachon qutilamiz bu kasallikdan? Nomzodi tilga olinganlar ichida Omon Polvongina o‘z
nomzodini Madaminbek foydasiga qaytib oldi, xolos. Bahs qizigandan-qizib, ish hatto bir-birlariga
o‘dag‘aylashgacha borib yetdi. Bu holga chiday olmagan Miyon Qudrat Hazrat va Kamol Qozi yig‘lab
yubordilar. Hazrat yig‘laganlari ko‘yi o‘rinlaridan turdilar:
— Hoy-hoy bo‘talarim, nimalar bo‘lyapdi? Shuncha gaplar havoga uchdimi? Shayton yo‘ldan
urdimi? Shaytonga hay bering!
Qo‘rboshi va ponsodlar uyalib, yerdan ko‘z uzolmay qoldilar. Nihoyat, Qorayozibuvolik Islom
Polvon o‘rnidan turdi:
— Eshonbuvo! Bu yerda o‘tirganlar ko‘pchiligimiz sizning muridlaringizmiz. Bizni ma’zur
tutadilar, qizishib ketdik. Bizning pirimiz ekanlar, nomzodni o‘zlari ko‘rsatsinlar, biz shunga
bo‘yinsunaylik.
O’tirganlar ichidan:
— To‘g‘ri aytyapti polvon.
— Boshdan bosh shunday qilishimiz kerak edi.
— Hazrat o‘zlari munosib odamni ko‘rsatsinlar,— degan xitoblar yangradi.
— Rahmat, farzandlarim, — dedilar hazrat,— menga qolsa, hammalaringiz ham amirlashkarlikka
munosibsizlar. Eng munosiblaringiz Ergashbek bilan Madaminbek. Shulardan birini tanlasak nima
deysizlar?
— To‘g‘ri, deya ma’qulladi jamoat.
Kamol Qozi yana raislikni qo‘lga oldi:
— Unday bo‘lsa, hammangiz o‘rningizdan turingiz. Ergashbekni ko‘rsatuvchilar mening o‘ng
tarafimga, Madaminbekni ko‘rsatuvchilar chap tarafimga o‘tsinlar. Mirodilboy, siz ularni sanab,
hisobini oling.
Odamlar o‘rnilaridan turib, ikkiga ayrila boshladilar. Ba’zilar boshini qashlagancha o‘rtada bir oz
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |