Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
98
— Qanaqa omonat? — dedi Sharif ajablanib. 
— Ie, paxan? — yigit og‘zining tanobi qochdi. — Pamyatning bir chekkasini qurt 
yeganmi, a? Kennayashkaga ikki marta salomxatni kim yozuvdi? Bir marta besh kusok, 
keyingi safar o‘ttizta. Ikkalasini qo‘shsak o‘ttiz beshmi? Qachon berishing kerak edi? 
Yanvarda, a? O‘n bir oy o‘tdimi? Har oyga yana beshdan qo‘shsak qancha bo‘ladi? Ellik 
beshmi? Optom hisoblasak, ellik beshga o‘ttiz besh — to‘qsonmi? Mening chiqib kelishim 
o‘ntaga tushdi. Endi okruglyat qilsak yuztagina kusok bo‘larkan. 
Yigitning ishshaygan holda hisob-kitob qilishi Sharifning sabr kosasini to‘ldirdi, beixtiyor 
jerkib yubordi: 
— Nima deb valdirayapsan, kallang bormi o‘zi? 
Ishshayib turgan lablar yana joyiga yig‘ildi, ammo g‘azabdan titramadi. G‘azab cho‘g‘lari 
ko‘zlariga ko‘chdi. Yigitning o‘tli nazari Sharifning ko‘kragini teshib o‘tganday bo‘ldi. 
— Mening kallam yo‘q! — dedi u tahdidli ohangda. — Menga kallaning nima keragi bor? 
Menga pul kerak! Yuz mingni topib, sanab berish uchun kalla senga kerak! 
— Menda buncha pul yo‘q, — dedi Sharif sal bo‘shashib. 
— Vinzavod direktorida yuz ming topilmas ekan, degan anekdotni eshitsa, odamlar 
baldet qilib qolishadi. Bo‘pti, sen «Valdirama!» deding, gapni rezinka qilmayman. Eski 
oshnachiligimiz hurmati, senga kechgacha vaqt beraman. Kechqurun oltida kelaman. 
To‘qqizda joyimda bo‘lishim kerak. Yo pulni olib boraman... 
— Yo kallamni olasanmi? 
— Vey, paxan, sening bu durnoy bashkang kimga kerak? Sen mening mazgamni 
taqillatma, nima qilishni o‘zim bilaman. Bolalaring ko‘rinishmaydi, maktabda shekilli, a? 
Hozir ko‘rib qoldim ketishayotganini... Kattangga yangi palto olib beribsan,a? Sendaqa 
dobriy papashkalarni yaxshi ko‘raman. 
Sharif uning nimaga sha’ma qilayotganini anglab, qo‘rqib ketdi: 
— Bolalarimga tegma! 
— Umnitsa! Bunisi endi o‘zingga bog‘liq. Xayr, soat oltida kelaman. — Yigit shunday deb 
sigaretini chuqur-chuqur tortdi-da, tutunini Sharifga qarab puflab, sigaret qoldig‘ini 
uning oyog‘i yoniga tashladi. O‘girilib, bir-ikki qadam qo‘ygach, to‘xtadi. Boshini burib, 
taxtadek qotib qolgan Sharifga qaradi: 
— Kurortdaligingda yuvoshgina bola eding. Endi sal qo‘rsroq bo‘lib qolibsan. Asadbek 
vospitaniyangni buzibdi. Senga maslahatim: Bek akangni bu ishlarga putat qilma. Bu 
dunyoda undan qo‘rqmaydigan odamlar ham bor, bilib qo‘y! Ha, xotining sutga chiqqan 
ekan. Odam ko‘p. Navbatda turibdi. Paxan, xotin deganni ehtiyot qilish kerak. Hech 
qaysi davlatda vinzavod direktorining xotini azonlab sutga yugurmaydi. Mazgangni 
ishlat, he so‘tak! 
Yigit shunday degach, tez-tez yurganicha chiqib ketdi.
Sharif esa ikki-uch daqiqagina davom etgan bu suhbat tushimi yo o‘ngida sodir bo‘ldimi 
— farqlamay, gangigan holda turib qoldi. 
G‘ofilvash banda... Boshi toshdevorga urilgach, «Bu devor qaydan paydo bo‘ldi?» deb 
hayratlanadi. Boshqalar ko‘rgan devorni ko‘rmaydi. Shayton ko‘zlarini boylik pardasi 
bilan to‘sgan bo‘lsa na qilsin? 
Johil banda... Yaratganning «Ya bani Adama! Iza roayta-l-g‘ina muqbilan a’layka faqul 
zanbun a’jilatun uqubatuhu»* deb ogohlantirganini bilmasa, kim aybdor? 
Chorasiz banda... 
«Yashamoqning lazzati ilmda», deb yurgan odam «Dunyoning poydevori boylikda», 
degan fitnali qarorga kelgan ekan, endi nima qilsin? 
Yaqindagina haromdan hazar qilib yurgan odam haromsiz yashay olmaslik darajasiga 
yetgan bo‘lsa-chi? 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish