Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
Esxonasi chiqib ketgan Turdialiev xirilladi: 
— Aytaman, qo‘yvor endi. 
Kesakpolvon cho‘ntagidan uch-to‘rt pero chiqarib unga uzatdi: 
— Tanlab ol, qaysi biri seniki? 
Turdialiev titroq barmoqlari bilan otasi Moskvadan olib kelgan peroni tanlab oldi. 
— Buni eskitib qo‘yibsan. Ertaga menga yangisini olib kelasan. To‘xta, yana bitta gap 
bor: sinfda yigirma ikkita bola bor, a? Har bitta boladan besh tiyindan to‘plab berasan. 
— Nimaga? 
— Tupurganlaring uchun. Bitta tupurish besh tiyin. Sen o‘zing o‘n besh tiyin to‘laysan. 
Seni deb bo‘ldi hammasi. Bilib qo‘ylaring: g‘iring desalaring — so‘yaman! Bitta-bitta 
ushlab so‘yaman. — U shunday deb cho‘ntagidan buklama pichoqcha chiqargach, 
Turdialievning ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi. 
Shu voqea bahonasida u o‘zi ham kutmagan holda sinfning zo‘riga aylanib qoldi. 
Asadbek undan anchagacha nafratlanib yurdi. Kesakpolvon uning nafratini sezib turar, 
ammo bu nafratni uyg‘otuvchi omilni idrok qila olmas edi. Garchi Asadbek «dushman 
bolasi» tamg‘asi ostida yursa-da, uning boshqa olam farzandi ekanini tushunmasdi. 
Tushunmoq uchun esa o‘zining valadi zino ekanini bilmog‘i lozim edi. 
Maktabda, xususan, ularning sinfida o‘g‘irlik davom etar, chuv tushgan ayrim bolalar 
yonida pichoqcha olib yuruvchi bu «detdomchi»dan qo‘rqishib indashmas, ayrimlari arzi 
hol qilgan taqdirlarida ham undan gumonlari borligini bildirishmas edi. Asadbek yana ikki 
karra nafrat nishoniga aylangach, Kesakpolvon uni tartibga chaqirmoqchi bo‘ldi: 
— Ikkitasini boplab abjag‘ini chiqargin, keyin tuflamaydigan bo‘ladi. Nima, qamalishdan 
qo‘rqasanmi? Bunaqa turgandan ko‘ra qamalib ketgan ming marta yaxshi. 
Bu zaharli gapdan keyin Asadbek «yorildi»: 
— Qamoqdan qo‘rqmayman, — dedi u. — Men qamalib ketsam oyimlarga kim qaraydi? 
Kesakpolvon Asadbekning bu dardiga ham tushunmadi. Ona sutiga, mehriga qonmagan, 
qalbi «onaga muhabbat» degan tuyg‘udan holi bu bola ona huzuridagi mas’uliyat, burch 
degan tushunchalarni idrok qilishi mumkin ham emasdi. 
Kesakpolvon o‘sha onlarda yuqori sinflarda o‘qiydigan zo‘rlarga ham yaqinlashishga 
harakat qildi. Ulardan bir-ikki tepki yegach, bu yil bo‘lmasa kelasi yili maktabning 
mutlaq zo‘ri martabasiga yetuvchi Asadbekdan durustrog‘i yo‘q ekaniga ishondi. 
Asadbek «Sen bola, o‘g‘irlik qilma!» deb urganida ham ranjimadi. Asadbekning ko‘ngli 
sovib, gaplashmay qo‘ygan kezlarida esa yuqori sinfda o‘quvchi Jalilni ishga soldi. 
To‘g‘ri, avvaliga Asadbek bilan Jalilning oralaridan qil o‘tmas darajadagi do‘st 
ekanliklarini bilib, g‘ashlandi. O‘zini Jalilning o‘rnida ko‘rishni istadi. Ammo bu do‘stlikni 
uncha-buncha kuch buzolmasligini bilgach, Jalildan foydalanadigan bo‘ldi. 
Bolalar uyidagi hayoti oyoqlab, «katta hayot»ga uchirma bo‘lishga hozirlik ko‘rib yurgan 
kezlari bir ayol keldi. Tarbiyachilar uni «Sening onang», deb tanishtirishdi. Ayol 
yig‘lamsirab «Bolam!» deganicha uni bag‘riga bosdi. Kesakpolvonning eti hatto 
jimirlamadi. Bir paytlar bolalarga qo‘shilib onasini kutgan Kesakpolvon bo‘zlayotgan bu 
ayolning onasi ekanini his eta olmasdi. Ayol shu sog‘inch, shu bo‘zlash bilan xarsang 
toshni quchib mehrini bersa, balki tosh erib ketardi. Lekin Kesakpolvon o‘shanda qilt 
etmadi. 
Onasi urush ofatlarini, asirlik azoblarini, qamoq jafolarini aytib yig‘lardi. 
Kesakpolvonning esa kiprigi qilt etmasdi. Kesakpolvon toshdan ham qattiqroq edi — 
yorilmadi. 
Onasi «uyga olib ketaman», dedi. «Baribir qaerdadir yashashim kerak-ku», deb ko‘ndi. 
Jangda jarohatlanib asirga tushib qolgan, urushdan keyin qamalgan onasi Sibirda o‘ziga 
o‘xshagan odam bilan topishgan ekan. U «Xohlasang «dada» de, xohlasang «Toshmat 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish