www.ziyouz.com
kutubxonasi
200
Asadbekning o‘yga tolganini ko‘rib, Kesakpolvon o‘rnidan turdi-da, telefonni olib kelib,
Asadbekning tizzasi ustiga qo‘ydi. Asadbek unga bir qarab olib, yon cho‘ntagidan
daftarcha chiqarib Xongireyning telefon raqamini topib, terdi. Xongireyning yigiti uning
kimligini obdon so‘rab-surishtirgach, ikki-uch daqiqa jim bo‘ldi. So‘ng «Hozir ulayman»,
dedi. Yana bir necha daqiqadan so‘ng Xongireyning ovozi eshitildi:
— O, Asad, qardoshim, omonmisan? Seni kasal deyishuvdi, yaxshimisan?
— Rahmat, tuzalib qoldim.
— Tuzalib qoldim... bu juda yaxshi.
— Yigitlar bilan ko‘rishdingmi?
— Ko‘rishdim. Mahmudbeydan bir sovg‘a berib yubordim, oldingmi?
— Sovg‘a?.. — Asadbek savol nazari bilan Kesakpolvonga qaradi. Kesakpolvon
«bilmayman», degan yelka qisdi.
— Ha, sovg‘a, yangi yil quruq bo‘lmasin-da! — dedi Xongirey. — So‘rab ol. Biz sen bilan
ahil yashashimiz kerak. Bir do‘stimiz yo‘qolib qolibdi, afsuslandim. Sog‘ bo‘l, qardosh...
Shunday degach, telefonlar uzildi. Asadbek o‘yga tolgan holda go‘shakni bir oz ushlab
turgach, joyiga qo‘ydi-da:
— Mahmud! — deb chaqirdi.
Chuvrindi hayallamay kirdi-da, «Bular orasida nima gap bo‘ldi», deganday ularga bir-bir
qarab oldi. Chuvrindi kelib joyiga o‘tirgunicha Asadbek undan ko‘zini uzmadi.
— Xongirey biz bilan ish yuritmoqchi, dedingmi?
— Ha, shunaqa xohishi bor. O‘zbeklarni yaxshi ko‘raman, deydi.
— Birga ishlagisi kelsa, ishlaymiz. Xongirey qo‘li ochiq yigit edi. Menga sovg‘a-povg‘a
berib yubormadimi? — Asadbek shunday deb unga sinchkovlik bilan tikildi.
Chuvrindi undan ko‘zini olib qochib, Kesakpolvonga ilkis qarab oldi-da, xo‘rsinib qo‘yib:
— Berib yuborgan edi, — dedi.
— Qani sovg‘asi, nega bu haqda gapirmading?
— Bek aka, bu sovg‘ani... ko‘rmaganingiz ham, eshitmaganingiz ham ma’qul edi...
Shuning uchun indamagan edim. Kayfiyatingizni buzgim kelmadi. Keyinroq aytmoqchi
edim.
— Qanaqa sovg‘a ekan, ayt. Yo bir qop axlat berib yubordimi? — dedi Kesakpolvon.
— Bunaqa bo‘lganda darrov aytgan bo‘lardim. Undan ham battar narsa...
— Chaynalmasang-chi! — deb baqirdi Asadbek.
— G‘ilayning kallasini bitta qutiga joylab beribdi.
— Nima? G‘ilayni o‘ldiribdimi? — deb Kesakpolvon o‘rnidan turib ketdi.
— O‘tir joyingga! — deb o‘shqirdi Asadbek unga. So‘ng Chuvrindiga «davom et»,
deganday qaradi.
— «Sovg‘a» deyishsa olib kelaveribman, men laqma. Boloxonaga qo‘yib qo‘yuvdim,
sassig‘i chiqib ketdi. Keyin ochdim. Ochsam... o‘sha kalla.
— O‘ldirishguncha indamay qarab turdingmi? — deb so‘radi Kesakpolvon.
— Borgan kunimizoq uni mendan ayirib olishgan. Xongirey «O‘z xo‘jayiniga xoinlik qilgan
senlarga xizmat qila olmaydi», dedi.
— Bu gapi to‘g‘ri, — dedi Asadbek o‘ychan tarzda.
G‘ilayning o‘limi unga Kesakpolvonchalik qattiq ta’sir etmadi. Xongireyning qo‘lidan tirik
qaytsa, uni o‘zi o‘ldirardi. O‘z qo‘li bilan o‘ldirmoqchi edi...
Asadbek «Endi nima deysan?» deganday Kesakpolvonga qaradi. Unga Chuvrindining
tadbiri ma’qul kelgan edi. Kesakpolvonga esa bu ish ham qing‘irday tuyulib, bir qimirlab
oldi.
— Jamshidni chaqir, — deb buyurdi Asadbek Chuvrindiga.
Chuvrindi chiqib, Bo‘tqaga buyruqni yetkazib kelgach, Asadbek Kesakpolvonga qarab
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |