Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
qidirayotganday ivirsidi. Kesakpolvonni chaqirtirmoqchi bo‘lganida, darvozaxonada 
tanish ovoz eshitildi — Jalil! U odati bo‘yicha, birov eshitsa-eshitmasa darvozaxonadayoq 
gapini boshlab yuborgan edi. 
— Sen ham odamga o‘xshab uyingda o‘tirar ekansan-ku, a? — dedi u Asadbek bilan 
salomlashgach. 
— Daydib yurganimni ko‘rganmiding? — dedi Asadbek, uni ayvonga boshlab. 
Jalil ikki kishi bemalol sig‘adigan yumshoq o‘rindiqqa o‘tirib, chordana qurib oldi-da, 
fotiha qildi. So‘ng «shirin so‘zlik» bilan hol so‘radi: 
— Ha, tinchlikmi, qovog‘ingdan qor yog‘ib turibdi? 
— Qovog‘im joyida, qor yog‘ayotgani yo‘q. 
— Bekor aytibsan. Men devor bo‘lmasa ko‘chani ko‘radigan odamman. Manzurang qani? 
— Kasalxonada. 
— Ana, bilaman-da! Zaynab tuzukmi? 
Asadbek «Zaynabning tobi yo‘qligini qayoqdan bilding?» deganday unga ajablanib 
qaradi. 
— Menga bunaqa qarama. Hovliga o‘tuvdim. Eshitdim. Zaynab o‘zini osib qo‘yganmish. 
Shu rostmi o‘zi? 
— Rost... 
— Nima gap o‘tuvdi? 
— Hech gap. 
— Bekordan-bekor odam o‘zini osarkanmi? Kallangni ishlatib ko‘rmadingmi? 
— Sasima. Ishing bo‘lmasin. 
— Ishim-ku, bo‘lmaydi, og‘aynichalish. Senga achinaman-da. Har holda qiz o‘rtog‘imsan. 
Jahling chiqsa ham rost gapni aytaymi? 
— Ayt. 
— Puli ko‘pning aqli kamroq bo‘larkan. Xudo senga boylik berdimi — berdi. Obro‘ berdi, 
xullas, nimaiki xohlasang hammasini berdi. Evaziga bittagina ish buyurdi, shuni 
qilmaysan, a? 
— Nima ish? 
— Namoz o‘qish-da! O‘qisang o‘lib qolasanmi? 
— Vaqt-soati kelar. 
— Masjid qurdirganing nimasi-yu, o‘zing namoz o‘qimaganing nimasi? 
— Ishing bo‘lmasin, dedim. 
— Xo‘p, ishim bo‘lmasa bo‘lmay qo‘ya qolsin. Hozir jahling chiqib turibdi, gap yoqmaydi 
senga. Lekin bilib qo‘y: mendaqa og‘aynini boshqa topa olmaysan. 
— Kim o‘zini maqtardi? 
— Xo‘p, men ahmoqman. Lekin bilib qo‘y: o‘sha ahmoq oshnang sening faqat 
buguningni emas, oxiratingni ham o‘ylab gapiryapti bu gaplarni. U dunyoda men 
jannatda yursamu sen do‘zaxda yursang, menga alam qiladi. 
Bu gapni eshitib Asadbek kulimsiradi. 
— Nimaga ishshayyapsan? — dedi Jalil achchiqlanib. 
— O‘zing namozni qachon boshlading? 
— Yarim yildan oshdi. 
— Jannatga kirish uchun yarim yil namoz o‘qish yetarli ekanmi? Senga hozirning o‘zida 
«jannatga kirasan» degan patta berib qo‘yishdimi? 
— Sen bola meni masxara qilma. Men yarim yil namoz o‘qib, erta-indin o‘lib beradigan 
ahmoq emasman. Xudo xohlasa, yuzga kirish niyatim bor. Hassaga suyanib, munkillab 
yurganingda bir kulayin... 
— O‘zing munkaymaysanmi? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
— Yo‘q, mening suyagim mehnatda qotgan. Maishatni zo‘r qilgan odam tez munkayadi. 
Kam yeb, sabr qilib yurgan odam qariganida ham baquvvat bo‘larkan. 
— Qariguncha yo‘g‘on ingichkalashib, ingichka uzilarkan... 
Bir oz asabiy holda boshlangan suhbat shu zaylda yumshab qorong‘i tunga qadar 
cho‘zildi. Jalil Zaynabni ham, bo‘lib o‘tgan noxush voqealarni ham boshqa eslamadi. 
O‘zining sodda gaplari bilan oshnasining ko‘nglini ovlab o‘tirdi. Uyiga ketishga harakat 
ham qilmadi. Asadbek ichkaridan ko‘rpachalar olib chiqib, hovlidagi so‘riga o‘rin soldi. 
Yana allaqancha vaqtgacha suhbatlashib yotdilar. Jalil «ertalab ishga boraman» deb 
ko‘rpaga burkanganida tun yarimlab qolgan edi. 
«Chindan ham bunaqa oshnani topa olmayman», deb o‘yladi Asadbek. 
Asadbek shu paytgacha hovlidagi so‘rida yotmagan edi. Shuning uchun ham 
boloxonadagi yigitlar bu tunni yanada sergak holda o‘tkazdilar. 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish