Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
— Ishondim nimayu ishonmadim nima? 
— Ha senga baribir. Sen ishqi yo‘q eshak, dardi yo‘q kesaksan. 
— Sal pastroq tush,— dedi Kesakpolvon sal ranjigannamo ohangda. 
— Pastga tushsam, tushmasam, shunaqasan. Kecha deputatga qo‘shib seni jo‘natsam 
bo‘larkan. 
— Qayoqqa? 
— Farg‘onaga? 
— Ketdimi? — dedi Chuvrindi, televizordan ko‘z uzib. 
— O‘chirib qo‘ya qol,— dedi Asadbek. Chuvrindi buyruqni bajargach, kechagi voqeani 
aytib berdi: — Kechga yaqin telefon qilib qoldi. «Aka, ahvol chatoq, men bilan 
Farg‘onaga borib kelmasangiz bo‘lmaydi», deydi hovliqib. «Nima gap?» desam, «yo‘lda 
tushuntirib beraman, aeroportga kelavering», deydi. Ahmoq bo‘lib boribman. «Siz u 
tomonlarda ko‘p odamlarni taniysiz. Meni o‘sha yerdan saylashgan bo‘lsa ham hech 
kimni tanimayman, yonimda yuring», deydi. Qip-qizil ahmoq, o‘sha deputating. Onasini 
uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatmoqchi bo‘ldimu, joyi emas, dedim. 
— Yaxshi qilibsan, bu to‘polonni tinchitish bizning ishimiz emas,— dedi Kesakpolvon. 
— Sizni bir baloga giriftor etishi mumkin edi,— dedi Chuvrindi. 
— Ha-da! O‘sha zahoti Akademikning gaplarini esladim. Balo ekan, u Akademik! 
O‘shandayoq sezgan ekan-a. Men borguday bo‘lsam, bizning bo‘ynimizga ilib qo‘yishlari 
ham mumkin edi. Bundan qutulib bo‘lmaydi. Katta g‘allamislikning isi kelib turibdi. Anavi 
dumbulning «qulupnaydan chiqqan janjal», deb turishini qara! 
— Bularga aralashmaslik kerak. Siyosatdan uzoqroq yuraveraylik,— dedi Kesakpolvon.— 
Bizning siyosat mana bu,— u shunday deb cho‘ntagiga shapatilab qo‘ydi. 
— Cho‘ntak hamisha to‘lib turishi uchun bu siyosat qayoqqa borib, qaerda burilishini 
aniq bilib turishi kerak,— dedi Chuvrindi.— Bularning o‘zgarishini vaqtida payqamay 
qolsangiz, bir kunda ship-shiydam bo‘lasiz. 
Chuvrindining bu gapi Asadbekka ma’qul keldi. Kesakpolvonga qarab «Bu senga 
kissavurlik emas», demoqchi bo‘ldi-yu, «yana jirillab bermasin», deb indamay 
qo‘yaqoldi. 
— Bek, xabaring bormi, vinzavodning tushumi ancha kamaydi. O‘ylab ko‘r, oliming eplay 
olmaydi zavodni. Olimligini qilib yuraversin, mayli, lekin Qilichni joyiga qo‘ymasak 
bo‘lmaydi. 
— Men tupurgan tupugimni qaytib og‘zimga olmayman,— dedi Asadbek. 
— O‘jarlik qilma, burniga suv kirgandir. 
— Mahmud, sen aniqlab ko‘r, nima uchun tushum kamayibdi? 
— Aniqlashning hojati yo‘q,— dedi Chuvrindi xotirjam ohangda.— Haydar akam to‘g‘ri 
gapiryaptilar. U zavodni eplay olmaydi. Qurug‘idan tortishga berilib ketibdi. Xonasiga 
kirgan odam darrov biladi. Yana tortmayman, deb tonadi. Yeydiganini yedi. 
— Do‘xtirga ko‘rsat, devdim-ku? 
— Olib bordim. Do‘xtir bir iloj qilamiz, dedi. Lekin do‘xtirdan dorini olib chiqib, bu yoqda 
yashirincha tortib yuraverishi ham mumkin. Irodasi bo‘sh uning. Agar xo‘p, desangiz bir 
taklif bor. 
— Aytaver. 
— Qilichni chiqartirish kerak. Lekin uni o‘rniga qo‘yib bo‘lmaydi. 
— Nega? — dedi Kesakpolvon ajablanib. 
— Negaki, o‘tirib chiqdi, degan nomi bor. Yana partiyadan o‘chirib qo‘yishgan. Joyiga 
qo‘ymoqchi bo‘lsak, yuqoridagilar xitlanishadi. Tiklanib olgunicha Sharifga yordamchiday 
bo‘lib tursin, ammo hamma ishni o‘z qo‘liga olsin. 
Asadbekka bu taklif ma’qul bo‘lsa ham «O‘ylab ko‘ray», dedi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish