III b o b
1
Zelixon hushiga kelib, o‘zini Yigitalining ayvonida ko‘rdi. Uni bir qavat ko‘rpacha ustiga
yotqizishgan, boshiga yostiq qo‘yish hech kimning esiga kelmagan edi. Bu kutilmagan
ofat barchaning esini teskari qilib tashlagandi. Ismoilbey ayvon panjarasiga suyanib,
nimalardir deb pichirlardi. Ahadbey Zelixonning yaqinida o‘tirardi. Uning xotini, bolalari
ichkarida, qo‘rquvdan dir-dir titrashardi. Qo‘rquv shu darajada qudrat kasb etgan ediki,
bunday paytda yig‘lash mumkin ekanini ham kishi yodidan surib chiqardi. Atrofni go‘yo
tuman qoplagan — hammayoq qop-qora achimsiq tutun bag‘rida edi. Nafas olish
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |