Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 7-1jm-18 guruhida o‘tkazilgan



Download 207,55 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi207,55 Kb.
#391243
Bog'liq
8-sentabr


Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti

7-1JM-18 guruhida o‘tkazilgan

«SEN QUDRAT MANBAI, SAODAT MASKANI , JONAJON O‘ZBEKISTONIM” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy onlayn tadbir


BAYONNOMASI

Buxoro sh. “____” _09__2020 yil



Rais: -Davronov.N.I

Kotib – Zikriyoyev.I

Qatnashdi: 26 nafar
KUN TARTIBI:

  1. «SEN QUDRAT MANBAI, SAODAT MASKANI, JONAJON O‘ZBEKISTONIM” nomli davra suxbati

  2. Talabalarni modul platformasiga jalb qilish va odob –ahloq qoidalari bilan talablari bilan tanishtirish

  3. Guruh sardorini qayta saylash





        1. ESHITILDI:


1-masala yuzasidan gurux raxbarimiz Davronov.N.I Sir emaski, har yili Prezidentimiz rahbarligida eng ulug‘, eng aziz bayram — mamlakatimiz mustaqilligi tantanali ravishda, ko‘tarinkilik bilan munosib nishonlanadi. E’tiborlisi, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi.

Bu yilgi Vatan Mustaqilligini tinchlik, osoyishtaligimizga shukronalar keltirib, «Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!» degan ulugʻvor shior ostida nishonlayapmiz. Mamlakatimizda oʻtgan yillar davomida istiqlolimizni mustahkamlash, xalqaro maydonda nufuzga ega boʻlish va albatta, rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olish uchun misli koʻrinmagan ishlar amalga oshirildi va bu borada yuzlab loyihalar tatbiq etildi.

Keling, eng muhimlarini sanab o‘taylik:

-xalq qabulxonalarining tashkil etilishi orqali aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha prinsipi joriy etildi;

-davlat xizmatlari agentliklari orqali xizmat koʻrsatish tizimidagi qulayliklar va yangiliklarga erishildi;

-harakatlar strategiyasini amalda taʼminlash choralari koʻrilmoqda;

-mahalla tizimiga yangicha imkoniyatlar berildi;

-ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash uchun milliardlab mablagʻ ajratildi;

-jamoatchilik palatasi tashkil etildi;

-yoshlar parlamenti faoliyat boshladi.

Bu roʻyxatni uzoq davom ettirish mumkin. Bularning barchasi inson omilini yuksaklarga koʻtarish, xalqimiz hayotini yaxshilash, oʻtayotgan har bir kunidan rozi qilish, kayfiyatini koʻtarish, eng asosiysi, har bir sohada, yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarimizda adolat mezonlari taʼminlanishiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Taʼkidlash lozim, bu yil yurtimiz uchun ancha ogʻir keldi. Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarida kuchli shamol va yomgʻir oqibatida iqtisodiy tarmoqlar, birinchi navbatda energetika, ijtimoiy soha, koʻp qavatli uy-joy fondi, yakka tartibdagi aholi xonadonlari, madaniy meros obektlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari katta talofat koʻrdi. Yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan 100 mlrd. soʻm ajratildi.

Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv omborida sodir boʻlgan suv toshqini oqibatida 70 mingga yaqin fuqaroni evakuatsiya qilishga toʻgʻri keldi.Har ikkala talofat boʻyicha mamlakat rahbarining hududlarga borib aholi bilan uchrashgani va ularning turmush tarzini tiklash uchun zarur boʻlgan koʻrsatmalarni bergani barcha uchun oʻrnak boʻldi. Koʻrilgan zararni qoplash, aholi turar joy obektlarini qurish uchun davlat byudjetidan 1,5 trillion mablagʻ yoʻnaltirildi.Albatta, bu jarayonlarda xalq vakillari – deputatlar ham faol ishtirok etib, respublikamizning barcha aholisini jalb qilgan holda oʻzlarining ijtimoiy koʻmaklarini berishdi, dalda boʻlishdi, birdamliklarini isbotlashdi.Bugun butun dunyoni tashvishga solayotgan va insonlar salomatligi, iqtisodiy oʻsishiga jiddiy zarar etkazayotgan pandemiya ming afsuski, mamlakatimizni ham chetlab oʻtmadi. Mart oyida boshlangan karantin hali-hanuz aholi uchun bir qancha noqulayliklar va xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. Kasallik tarqalishining oldini olish, aholini virusdan himoya qilish, sogʻliqni saqlash tizimini isloh etish va rivojlantirish, pandemiyadan kasallanganlarni davolash uchun joy hozirlash va kerakli tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek, tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish, ishchi-xodimlarning maoshini saqlab qolgan holda masofadan turib faoliyat olib borishlarini taʼminlash uchun qator muhim loyihalar amalga oshirildi.Moliya vazirligining hisobotiga koʻra, birgina sogʻliqni saqlash tizimida pandemiya xavfini pasaytirish uchun 50 trilliondan ortiq mablagʻ sarflandi. Bundan tashqari aholiga ijtimoiy koʻmak berish maqsadida “temir daftar”, “kambagʻallikni qisqartirish” kabi koʻplab loyihalar hayotga tatbiq qilindi.Yil qanchalik ogʻir kelmasin erishilgan yutuqlar, iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va aholini ish bilan taʼminlash masalalari ham salmoqli boʻldi. Har bir ishimiz, hayotimiz, kelajagimiz ishonchli himoya qilinayotgani, taqdirimiz eʼtiborda ekani bizga kuch beradi, qudratimizni oshiradi, yangi-yangi tashabbuslarga undaydi.

Bu yilgi bayram «Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!» degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etmoqda. Negaki, mustaqillik — erkin va baxtli yashash huquqi, inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashning bosh omilidir.

Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Uzoq va yaqindagi barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarimiz tobora kengayib, rivojlanyapti. Quvonarlisi, davlatimiz rahbarining oqil siyosati tufayli kelajagi buyuk mamlakatimiz taraqqiy topgan dunyo davlatlari bilan bo‘ylasha boshladi, bundan-da muhim o‘zgarishlar dunyoqarashimizda, turmush tarzimizda yuz berdi. Respublikamiz ulkan qurilish, bunyodkorlik maydoniga aylandi.

Bugun mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar O‘zbekiston degan bag‘rikeng yurtni ko‘rish uchungina emas, ayni chog‘da, uning tajribalarini o‘rganish, undan ibrat olish, zavqlanish uchun ham kelmoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining hayotga izchil tatbiq etilayotgani samarasidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqini tinglab, bu boradagi ishlar izchil davom etishiga yana bir bor amin bo‘ldim. Boisi bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda «Yangi O‘zbekiston» iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofidir.

Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida pandemiya davrida xalqimiz tom ma’noda qudratli kuchga aylangani, buni «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati yana bir bor yaqqol namoyon etganini alohida ta’kidladi. Bu ezgu tashabbus ishbilarmon va tadbirkorlarni, fidoyi yoshlarimizni, barcha-barcha vatandoshlarimizni olijanob maqsad yo‘lida birlashtirgani e’tirof etildi.

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotgani, pandemiya davrida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun biznes sub’ektlariga turli imtiyoz va engilliklar berilgani qayd etildi. Bundan anglash mumkinki, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo‘yicha boshlagan keng ko‘lamli ishlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.

E’tibor bering, karantin talablari joriy etilishi natijasida mamlakatimizda 72 ming 500 ta sanoat korxonasidan 16 ming 700 tasi o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Bu borada davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qilingan tizimli ishlar natijasida 16 ming 600 ta korxonada ishlab chiqarish jarayoni tiklandi. Mamlakatimiz korxonalari mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha belgilangan rejalar ham bajarilmoqda. Ahamiyatlisi, yil boshidan buyon 9 milliard dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz ma’ruzasini eshitib, juda ko‘p xulosalarga keldim. Zero, bugungi og‘ir vaziyat har birimizdan o‘z faoliyatimiz va mas’uliyatimizni yanada kuchaytirishni talab etmoqda. Demak, hayotimizning ma’no-mazmunini tubdan o‘zgartirib bergani uchun mustaqillikning qadriga etish, uni avaylab-asrash har birimizning muqaddas burchimizdir.

2-masala yuzasidan gurux raxbarimiz Davronov.N.I yangi o‘quv yilining boshlanganligi, guruximiz talabalarini yana bir pogona 3-kursga o‘tganliklari bilan qutladi. Yangi o‘quv yili pandemiya sababli modul platformasida yaratilganligi va gurux talabalarni mas’uliyat va ishtiyoq bilan bilimlarni egallab , o‘z bilim doiralarini kengaytirishlari va bu yo‘lda ularga omad hamda yutuqlar tilab qoldi. Shuningdek, talabalarni odob-ahloq qoidalari bilan yakindan tanishtirdi.

3-masala yuzasidan guruh rahbarimiz Davronov.N.I so‘zga chiqib, guruximizda gurux faollarini saylash masalasiga tuxtaldi. Gurux talabalari bir ovozdan gurux sardori etib, Zikriyoyev.I hamda yoshlar ittifoqi etakchisi Jumayev Eralini nomzodlarini bir ovozdan qullab-quvvatladilar.
SO‘ZGA CHIQDILAR:

Zikriyoyev.I va E.Jumayev so‘zga chikib, xammani mustaqilligimizning 29 yilligini bilan qutladi va o‘zlariga berilgan mas’uliyatli vazifani astoydil oqlashga harakat qilishlarini ta’kidladi.



QAROR QILINDI:

1.”SEN QUDRAT MANBAI , SAODAT MASKANI, JONAJON O‘ZBEKISTON” nomli davra suhbati konikarli deb topilsin.

2. Talabalarni modul platformaga jalb kilish va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish gurux sardori va gurux raxbari zimmasiga yuklatilsin.

3. Gurux faollariga nomzodlari keltirilgan va talabalar tomonidan saylangan talabalar nomlari qayd etilsin va saylansin.

Rais: Davronov.N.I
Kotib: Zikriyoyev.I

Buxoro davlat universiteti



Jismoniy madaniyat fakulteti

7-1JM-18 guruhida o‘tkazilgan

«SEN QUDRAT MANBAI, SAODAT MASKANI , JONAJON O‘ZBEKISTONIM” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy onlayn tadbir

BAYONNOMASINI ASOSLOVCHI FOTO SURATLAR




Download 207,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish