Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
— O‘zi nimayu otasi nima bo‘lardi? 
Bu gapni eshitib, Anvar kulimsirab, qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi:  
— O‘, kuyov bola, sal pastroq tushing. Ertaga «Elchinboy falonchining nevara kuyovi» 
deyishsa kerilib yurarsiz. Katta qaynotangizga atalgan imtiyozlardan foydalanib 
mashinalar, uylar olarsiz... 
— Aravani quruq olib qochish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lar ekan, bormaysanmi? — 
dedi Elchin, ensasi qotib. 
— Hazillashayotganim yo‘q. Jiddiy aytyapman. Zo‘r odam ekan. Eshit...  
Anvar hujjatlarda o‘qiganlarini bir boshdan bayon etdi. Elchin uning gaplarini bo‘lmay 
eshitdi. O‘rnidan turib, sigaret tutatdi. 
— Xo‘sh, endi nima deysan? — dedi Anvar g‘olib odamning ovozida. 
Elchin darrov javob bermadi. Bir oz o‘ylanib turgach, buklama karavotning qirrasiga 
o‘tirdi. 
— Nima derdim, kesakdan olov chiqibdimi? Bunaqa qahramonlar son mingta. Sezib 
turibman, sen hujjatlarni o‘rganib, o‘zingcha bir narsani kashf etgansan. Hozir shuni 
pesh qilib, men bilan bahslashasan. 
— Sezgingdan o‘rguldim, sening. Qani, ayt, nimani sezding? — Anvar shunday deb 
qog‘ozlarini tartibga keltirdi. 
— Sezganim shuki, otasi qamalmasa, Asadbek bunaqa bo‘lmas edi, yaxshi odam 
bo‘lardi, demoqchisan. 
— To‘g‘ri. 
— Unda ayt: boshqa ming-ming qamalganlarning bolalari-chi? Ular ham Asadbekka 
o‘xshashadimi? 
— Hammaning sharoiti bir xilmi? Men qaynotangning yonini olmoqchi emasman. Ammo 
jamiyatning, muhitning aybini ham chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Dunyoda hamma narsa bir-
biriga bog‘liq. Qiziq narsa, eshitgin-a: urush bo‘lmasaydi, Asadbekning otasi jangga 
bormas edi. Asirga tushmasaydi, Yugoslaviya partizanlari safida yurmas edi, shunday 
ekan, demak, qamalmas ham edi, qamalmagach, bolasini yaxshi tarbiya qilar edi. 
Asadbek yaxshi odam bo‘lsa, demak, Noila o‘ldirilmasdi, sen qamalmasding, Jamshid 
tirik qolardi. Va nihoyat... 
— Va nihoyat, — dedi Elchin, do‘stining so‘zini bo‘lib, — sen arxivda hujjat titib kelib, 
mening boshimni qotirmasding. 
— Maynavozchilik qilmay tur. Yana bir narsa... 
— Yana bir narsa shuki, — dedi Elchin gapni  bo‘lib, — adang oyingga uylanmaganlarida 
sen tug‘ilmas eding, men ham mag‘zava gaplardan qutular edim. 
— Hali gapimiz mag‘zava bo‘ldimi? — dedi Anvar ranjib. 
— Mag‘zava bo‘lmay nima? Unaqa bo‘lmasaydi, bunaqa bo‘lmasaydi... Bu Asadbek 
bo‘lmasa, boshqasi chiqardi. Unisi bo‘lmasa bunisi o‘ldirardi. Jamshid Asadbekka xizmat 
qilmasa, ana, Hosilboyvachchaga, hatto Manasyanga xizmat qilaverardi. Peshonaga 
yozilganidan keyin kimga xizmat qilsa ham baribir shunaqa o‘lim topardi. Yuzta-yuzta 
qilamizmi, otasanmi? 
— Yo‘q, menga qaynotangni topib ber. 
Elchin ichkari kirib, telefon qilib chiqdi: 
— Shu yerda o‘tirib tur. Hozir kelib, izzatingni joyiga qo‘yib olib ketishadi. 
4 
 
Elchin qo‘ng‘iroq qilganida Asadbek uyida xotini bilan gaplashib o‘tirgan edi. Bugun 
ertalabdan eti uvishib, yuragi siqilib turgani uchun ko‘chaga ham chiqmadi. A’yonlari 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish