Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
— Bilish  uchun  aql  kerak. Aql kimda bo‘ladi? Aql odamda bo‘ladi. Sen odammisan? 
Shomil bu odammi? 
— Aft-basharasi o‘xshaydi. 
— Aft-bashara itda ham, eshakda ham bor. Bilib qo‘y — sen odam emassan. Sen, — 
Hosilboyvachcha unga tikilganicha o‘ylandi-da, so‘ng so‘zini davom etdi. — Sen — go‘ng 
titadigan qo‘ng‘izsan. Makoning go‘ng, yemishing go‘ng. Shuning uchun dunyoni 
go‘ngdan iborat deb o‘ylaysan. Men seni Bek akangga sotdim. Meni sotqin 
deyayotgandirsan, a? 
— Yo‘q. 
— Shuning uchun ham ahmoqsan. Sen xoinlik qilding. Seni yedirib-ichirayotgan odamga 
xoinlik qilib, mening agaro‘dimdagi go‘ngni titmoqchi bo‘lding. Shomil, o‘z xo‘jayiniga 
xoinlik qilgan go‘ngqo‘ng‘iz menga xalol xizmat qilib beradimi? 
— Bunaqasi bo‘lmagan. 
— Ana, eshitdingmi, baloni biladi bu g‘ilay. Hali bunaqasi bo‘lmagan, deyaptimi, demak, 
bo‘lmagan! Lekin sen menga keraksan. Kerak bo‘lganing uchun sotdim. Xoinlik uchun 
jazolanishing lozimligini bilishing kerak edi. Mening nimalarga qodir ekanimni bilib 
qo‘yishing shart edi. Endi seni chiqarib olaman. Sen Asadbek akangda ishlayverasan, 
lekin menga xizmat qilasan. Shunga rozimisan? 
— Roziman. 
— Darrov rozi bo‘lma, avval o‘yla. Bek akangdan qo‘rqmaysanmi? 
— Siz borsiz-ku? 
— Menmi? — Hosilboyvachcha kuldi. — Men seni deb Bek bilan olishmayman. Eplasang 
o‘ynaysan bu o‘yinni, eplamasang o‘tiraver. 
— Eplayman. 
— Shomil, eshitdingmi? Eplar ekan. Demak, o‘yinga kirdi. Kartalar tarqatildi. Ko‘nga 
nima tikasan? 
— Bilmayman, aytganingiz. 
— Joningni, — dedi Shomil g‘ilay ko‘zini o‘ynatib. 
Bu gapdan Qilich bir qalqib tushdi. 
— Nima, qo‘rqyapsanmi? — dedi Hosilboyvachcha. — Bitta joning bilan qutulsang katta 
gap. Bu yoqda bola-chaqang bor... 
— Faqat... bolalarimni o‘rtaga qo‘shmaylik. 
— O‘zing bilasan. Men aytdim-qo‘ydim. Shunga qarab o‘ynayverasan. 
Hosilboyvachcha shunday deb o‘rnidan turdi-da, kerishib qo‘yib, qiz kirib ketgan xona 
sari yurdi. 
Shomil quyib uzatgan konyakni bir ko‘tarishda bo‘shatgach, Qilich iziga qaytdi. 
3 
 
Zaynab... Ko‘zlari g‘amgin boquvchi, sochlari parishon to‘zigan Zaynab... Etagi to‘pig‘ini 
berkitib turgan, yengi barmoqlarining uchlariga qadar tushgan harir oq ko‘ylakda. 
Oqqush kabi suzib yuradi. Javdiragan ko‘zlari nimanidir axtaradi. 
«Zaynab, nimani qidiryapsan? — deydi Elchin. 
— Bolamni... bolam qani? — deydi Zaynab yig‘lamsirab. So‘ng hech kutilmaganda 
Elchinning bo‘g‘ziga chang solib, bo‘g‘a boshlaydi... — Bolamni topib bering, bolamni...» 
Elchin bo‘g‘ilib, xirillay boshlaydi.. Ana shu xirqiroq uni uyg‘otib yubordi. Yumshoq 
o‘rindiqqa yastanib, oyoqlarini uzatib o‘tirgan edi. Ko‘zi ilinibdi. Soatga qaradi: o‘n 
daqiqagina mudrabdi. Shu uyqusida ko‘rgan tushi — Zaynab. 
Kunduzi kasalxonaga borgan edi. Odatdagicha qaynonasi bilan ko‘rishib qaytdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish