Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Ammo ruh och qolaverdi. Odamlar esa bargsiz, mevasiz daraxtga aylandilar. 
Asadbekning ruhi ba’zan ochlikdan chirillar, vujudini tilka-tilka qilib tashlardi. U chorasiz, 
bu yoshda endi ruhini to‘ydira oladigan ozuqa topa olmas edi. Ruhi och odamning bu 
dunyoda umr kechirmog‘i og‘ir, juda og‘ir. Mol-mulk hisobsiz, ammo ruh och. U ba’zan 
holatiga o‘zi ham tushunmay o‘yga toladi: «Menga yana nima yetishmaydi?» deb o‘ziga-
o‘zi savol beradi. Savol berishga beradi-yu, javob topa olmaydi. Bu ojiz banda bilmaydi-
ki, boylikda hech qanday ulug‘vorlik yo‘qtur. Boylik — sokinday ko‘ringan dengiz uzra 
qurilgan bir qasrdir. Dengiz bir chayqalsa, tamom, qasrdan nom-nishon qolmas. 
Sirtdan qaragan kishiga balki u baxtli ko‘rinar. Asadbek faylasufona fikrlar bilan 
mashg‘ul bo‘lmoqni yoqtirmaydi. Mushohada qilmoqni Chuvrindiga chiqargan. Bir kuni u: 
«Kimning qalbi bo‘lmasa — u baxtsizdir», degan edi. Kesakpolvon: «Bunaqa gaplaring 
bilan miyamning astarini teskari qilib yuborasan», deb so‘zini bo‘lgan, Asadbekka esa 
mana shu hikmat yoqqan edi. Hatto bir necha kun bu hikmatning mag‘zini chaqmoqchi 
bo‘lib o‘ylanib ham yurdi. Keyin esa... yodidan chiqardi. 
Zaynab o‘zini osgach, xotirasining qay bir burchaklarida g‘aflat bosib yotgan bu hikmat 
uyg‘ondi. «Mening qalbim yo‘qmi, men baxtsizmanmi?» degan savol uni og‘ir ahvolga 
solib qo‘ydi. Qizining o‘zini osib qo‘yganini eshitib qo‘rqdi. Nimadan qo‘rqdi — bilmaydi. 
Zaynab o‘g‘irlanib, so‘ng qaytib kelgan mahalda, «bundan ko‘ra o‘ldirib yuborganlari 
yaxshi edi», degan o‘yga ham borgan edi. Qizi ajal bilan yuzma-yuz bo‘lganida esa, 
qo‘rqdi. Kechagina nomus unga hukm o‘tkazgan edi. Shu nomus bandiligida Jamshidga 
o‘limni ravo ko‘rgan edi. Bugun nomus tuyg‘usi uni tark etdi. Bolasining o‘lishi 
mumkinligi uni qo‘rquvga soldi. Shu qo‘rquv tufayli qizi yotgan uyga kirishga yuragi 
betlamadi. Manzura fojianing sababini bilmas edi. U esa, aniq bilmasa-da, taxmin qilardi. 
Shu bois uyga kirib qizining ko‘ziga qarashga botinmas edi. Manzura bir-ikki hovliga 
chiqib, unga ma’nodor qarab qo‘ygach, kirishga majbur bo‘ldi. Zaynab ko‘zlarini shiftga 
qadab yotardi. Otasi kirganini bilsa ham, hatto kiprik qoqmadi. U o‘zini osganini biladi. 
Ammo hozir tirikmi yo o‘likmi ekanini bilolmaydi. Onasining yig‘lamsiragan ovozini 
eshitadi. Biroq gaplarini durust uqmaydi. Otasi kirdi, tomoq qirdi. Endi u ham «Qizim...» 
deb gap boshlaydi... 
...Kumush o‘lar chog‘ida qaynotasi kirar edi. Kumush, ahvoli og‘ir bo‘lsa ham bir 
qo‘zg‘olar edi. U esa qilt etmay yotibdi. U Kumushning taqdiriga yig‘lagan edi, unga kim 
yig‘laydi? Shu fikr Zaynabning xo‘rligini keltirdi. Kipriklari pirpirab, ko‘zlarida yosh 
qalqidi. Asadbek buni ko‘rdi. Birdaniga uning ham yig‘lagisi keldi. O‘zini nochor sezdi. 
«Bolang oldida qaddingni bukma! Hamisha adl tut. Hamisha dadil yur. Bolang seni 
yerparchin holda ko‘rmasin. Dardga taslim bo‘lganingni sezmasin. Seni hamisha kuchli 
deb bilsin va faxrlansin!» — mana shu aqidaga qattiq rioya qilib yashayotgan Asadbekda 
qaddini bukmoqqa moyillik sezildi. Beldan quvvat, oyoqdan mador ketganday tuyuldi. 
Ammo ojizlik hissi unga bir daqiqagina hukm o‘tkazdi. Bir daqiqadan so‘ng u asliga 
qaytdi. 
— Qizim... 
Zaynab boshini burib, otasiga qaradi. Asadbek bu qarashda «Jamshid akamni nega 
o‘ldirdingiz?» degan savolni o‘qidi. Zaynab bu savolni tilga chiqarib so‘ragan taqdirida 
ham javob ololmas edi. Ko‘zlarda zuhurlangan savoldan qutulish oson — nigoh olib 
qochilsa kifoya. Asadbek shunday qildi. 
— Qizim... o‘zingni tut. Hammasi yaxshi bo‘ladi, — dedi. Keyin yana Zaynabga qaradi. 
— Nima yaxshi bo‘ladi? Jamshid akamni tiriltirish qo‘lingizdan keladimi? — deb savol 
berdi Zaynabning ko‘zlari. 
Javob o‘rniga yana nigohini olib qochdi. Bu holda uzoq turolmasligini bilib, ohista burildi-
da, uydan chiqdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish