Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
Sattorovich chiday olmadi. Ko‘zda yosh bilan hujjatxonani tark etdi...» 
Anvar gazitni g‘ijimladi, so‘ng pora-pora qilib yirtdi. Keyin o‘rnidan turib, Gulnora 
o‘tirgan stolga yaqinlashdi-da, undagi gazitni ham poralab tashlagach, stolni zarb bilan 
tepdi. «Eng kichik ilmiy xodim» yugurib kelib, uni yelkasidan quchoqladi. 
— Anvar aka, o‘zingizni bosing. Hech kim ishonmaydi bu gaplarga. 
— Men bor edim o‘sha yerda, o‘qib bergan edi, maraz! Shularni yozish uchun atay 
borgan u haromi! 
Shu payt Anvarning qulog‘i shang‘illab, ko‘zlari tindi. Tanish ovoz eshitildi: «Hikmat 
O‘rolovnikiga bor...» 
Anvar «eng kichik ilmiy xodim»ning quchog‘idan bir yulqinib bo‘shadi-da, tez-tez yurib, 
xonadan chiqdi. Ovozning hukmiga bo‘ysunmay Xolidiyning xonasiga bordi: eshik berk... 
O‘lmas Akramning eshigi ham berk... Hatto kotibasi ham yo‘q. Anvar egasiz eshikni 
tepib, bo‘ralab so‘kdi-da, ovozning buyrug‘iga itoat etib, Hikmat O‘rolovning uyiga qarab 
ketdi. 
Hikmat O‘rolov shahar markazida, olimlar uchun maxsus qurib berilgan ikki qavatli uyda 
yashardi. Eshik qiya ochiq bo‘lsa ham Anvar qo‘ng‘iroqni bosdi. Dam o‘tmay ostonada 
Hikmat O‘rolovning xotini ko‘rindi. Erini benihoya tarzda izzat qiluvchi, har qanday 
beta’sir shamoldan asrashga intiluvchi, sochlari tekis oqargan xushro‘y, xushmuomala 
bu ayol barchani shirinso‘zligi bilan maftun etardi. Hozir ham Anvarni mehribonlik bilan 
qarshiladi. 
— Kelganingiz yaxshi bo‘ldi. Domla sizni juda yaxshi ko‘radilar. Ko‘p gapiradilar. Ancha 
vaqt ko‘rinmadingiz, xavotirlandilar. 
Anvar nima deyishni bilmadi. «Tobim yo‘q edi», desa, jinnixonadan  chiqqaniga ham 
yarim yil bo‘ldi. Birrov kelib ketishi mumkin edi... 
— Ayb menda, e’tiborsizlik qildim, — dedi Anvar dangal. 
 Ayol bu gapni eshitib, shiringina jilmaydi-da, boshini sarak-sarak qilib, dedi: 
— Unday demang, jon o‘g‘lim, yoshlarning ishlari, tashvishlari ko‘p  bo‘ladi. Eng muhimi, 
dilingizda tutgan bo‘lsangiz bas. 
Anvar ostona hatlab ichkari kirib,  to‘xtadi. 
— Nega to‘xtadingiz, kiravering. 
— Domla... o‘qidilarmi? 
— Ha... — ayol ma’yus jilmaydi. — Lekin siz qayg‘urmang. Bu hali fojia emas. Biz 
bundan battarlarini-da ko‘rganmiz. 
— Hammasi tuhmat... 
— Qayg‘urmang, deyapman-ku. Domlajon mutlaqo e’tibor bermadilar. Odatdagidek 
kitobxonalarida ish bilan bandlar. Yuring, yuravering.... 
Anvar uy bekasining izidan ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Bu uydagi  mehmon kutishga 
mo‘ljallangan eng katta xona kitoblarga ajratilgan. To‘rt devor gir aylana, hatto eshik-
derazalarning yonlari, tepalariga  ham taxtachalar qo‘yilib, kitoblar terilgan. Ko‘cha 
tomonga qaragan katta deraza yonida yozuv stoli. Ikki kishining suhbatlashib o‘tirishiga 
mo‘ljallangan ikkita yumshoq o‘rindiq, pastak kursi... Katta xonaning jihozlari shulardan 
iborat. 
Hikmat O‘rolov yumshoq o‘rindiqlardan  birini band etgan, qo‘lida qadimdan qolgan 
kitob. Ko‘zlari kitob sahifasiga qadalgan, xayoli esa nima bilandir qattiq band edi. U 
zinadan ko‘tarilayotgan ikki kishining sharpasini sezmadi. Anvar uning o‘tirishiga 
qaraboq, ish bilan band emasligini fahmlab, o‘girildi-da, uy bekasiga savol nazari bilan 
qaradi. Uy bekasi boshini chayqab qo‘yib, yengil yo‘taldi. Hikmat O‘rolov bunga  ham 
e’tibor bermadi. Shunda Anvar balandroq ovozda salom berdi. 
Xayol changalidan yulib olingan Hikmat O‘rolov cho‘chib tushdi-yu, ammo sir boy 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish