Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
yo‘lida yana bir qadam qo‘yadi. 
Eshik og‘zida mashina to‘xtashi bilan ichkaridan olti-etti yoshlar chamasidagi ikki bola 
yugurib chiqdi. 
— Polvon tog‘aning nevarasimisanlar? — deb so‘radi Chuvrindi, ulardan tasdiq javobini 
olgach, buyurdi: — Yugur, bobongni chaqir. 
Bolalar yarim yo‘lga yetmayoq Hovuz polvonning ovozi eshitildi: 
— Kiravermaysanmi, xuddi begonaga o‘xshab turishingni qara. 
Chuvrindi Hovuz polvonning peshvoz chiqishini kutib o‘tirmay, ichkariga qadam qo‘ydi. 
— Kelganing yaxshi bo‘libdi. Esli bolasan, kelishingni biluvdim. Xudo rahmat qilsin, kim 
bo‘lsin, shu yog‘och otga baribir minadi, — dedi Hovuz polvon uni bag‘riga bosib. 
«Aqlli odam, — deb o‘yladi Chuvrindi, — «onangni berib qo‘yibsan», demadi, anavi 
ahmoqqa o‘xshab «jigarim»lamadi...» 
Chuvrindi ayvon bahavo, shu yerda o‘tiraylik, degan edi, Hovuz polvon «sen ham 
kichkina odam emassan, izzatingni bil», deb ichkari uyga boshladi. Xontaxta atrofiga ikki 
qavat ko‘rpacha to‘shalib, lo‘labolishlar tashlangan edi. «Kelishimni kutganmi yo uy doim 
shunday yasatig‘liq turarmikin?» deb o‘yladi Chuvrindi. 
Kelin salom berib kirib, darrov dasturxon tuzadi. Bir piyola choy icharli vaqt o‘tgach, 
kosalarda ovqat kiritildi. 
— Uyingizni mehmon bosadigan paytda kelibman shekilli, — dedi Chuvrindi quvlik bilan. 
Hovuz polvon Chuvrindining uyida aytgan gapini eslab, kulimsirab qo‘ydi: 
— Yo‘q, sen oshga tushgan pashsha emassan. Esingni taniganingdan beri uyimga endi 
kelishing. Men bobong bilan oshna edim. Bobomning ruhlari orom olsin, desang, 
do‘stlaridan xabar olib turishing kerak. Endi yosh bola emassan, bunaqa gaplarga ham 
aqling yetsin. 
— Polvon tog‘a, siz otamni bilarmidingiz? 
— Yo‘q, men bu qishloqqa keyinroq kelganman. Lekin otangning yo‘qolganini 
eshitganman. Har xil mish-mishlar yurardi. 
— Qanaqa mish-mish? 
— So‘raysan-a? O‘zing eshitmaganmisan? Shaharda o‘ynashi bor ekan, o‘sha kelib 
o‘ldirib ketgan, degan gap-da. 
— Haqiqatni hech kim bilmaydimi? 
— Nega bilmaydi? Xudo biladi. 
— Men ham... O‘limi oldida aytdi. 
— Bilganing yaxshi. Lekin endi foydasi yo‘q. Orada nima sir bor, bilmayman. Lekin 
sirligicha qolavergani ma’qul. Esli bolasan. 
— Ha... — Chuvrindi xo‘rsindi. — Menga og‘ir meros qoldirdi. Bu sirni go‘rimga olib 
ketaman. 
— Ovqatingni ich, ko‘zyoshing kosaga tushsa, sho‘rvaning sho‘ri chiqib ketadi. 
Ko‘ngli ezila boshlagan Chuvrindi bu tanbehdan so‘ng bir oz yengil tortib, jilmayib qo‘ydi. 
Kelin kosalarni olib chiqqach, Hovuz polvon choy quyib uzatdi-da: 
— O‘g‘lim eson-omon chiqib keldi, rahmat, — dedi. 
— Qani o‘zi? — deb so‘radi Chuvrindi. 
— Toqqa chiqib ketdi. O‘t o‘ryapti. 
— Men bilan birga ketsin. 
— Yo‘q, ko‘z oldimda bo‘lsin. Sening ishingni bilaman, qaltis. Bugun oshig‘ing olchi, 
ertaga qarabsanki... Ke, qo‘y, mehnat bilan bo‘laversin. Yordaming kerak bo‘lib qolsa, 
yugurib boraveraman. 
— Unda uylantirib qo‘ying. Bevosh yurmaydi. 
— Ha, mo‘ljal bor. Xashakdan tushsin-chi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish