Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
g‘aribu g‘urabolarni yo‘qlab qolibsiz? 
Hosilboyvachcha «kelib ko‘rishar» deb o‘ylagan edi, Elchin buni «unutganday» 
Shomilning yonidagi bo‘sh kursiga o‘tirdi. 
— Toqqa tog‘ning ishi tushmas ekan, odamga odamning ishi tushib turarkan. 
— Shomil, eshitdingmi? Hofizda aql ko‘p. Nardaga hushingiz qalay, bir tashlashamizmi? 
— Xohishingiz. 
— Mors bo‘lmasangiz, do‘ppingizni osmonga otasiz, — u shunday deb donalarni terdi. 
Elchin qarasaki, yana o‘yinni g‘irromdan boshladi. «Noto‘g‘ri yuryapsiz», deb o‘tirmay u 
ham g‘irromga o‘tdi. 
— Yurishlaringiz sal boshqacharoqmi? — dedi Hosilboyvachcha buni sezib. 
— Yurishlarim binoyi. Men raqib taklif etgan usulda o‘ynashni yaxshi ko‘raman. 
— Men... raqibmanmi sizga? 
— Men o‘yinni nazarda tutyapman. 
— Hayot ham nardiga o‘xshaydi. 
— Buni sezmagan ekanman. 
— Siz baloni sezasiz, Hofiz, — Hosilboyvachcha shunday deb o‘yinni bas qildi. — Endi 
ayting, qanday shamol uchirdi? 
— Bu akamning shamollari, — dedi Elchin Shomilga qarab qo‘yib. 
— Shomil, odam uchiradigan shamoling bor ekan, a? Qoyilman, — dedi kulib 
Hosilboyvachcha. — Shamoling Hofizniki uchiribdimi, yomon emas ekansan. Nima balo 
qilib qo‘ydi, bu g‘ilay? Qattiqroq aksirvordimi? 
— Shunaqa bo‘libdi, jiyanimga qarab aksiribdi. 
— Jiyaningiz kim? 
Elchin voqeaning qisqa tafsilotini aytdi. 
— Ilojsiz ish ekan, qizning otasi bilan oldi-berdimiz bor. Jiyaningizga jon shirin bo‘lsa, 
qurisin. Bizning yaxshiligimiz shu. 
— Oldi-berdini Bek akamga qo‘yib bersangiz-chi? 
Hosilboyvachcha «nahot shu ishdan Bek xabardor?» deganday Elchinga tikildi. Kecha 
Shomil ishni nihoyasiga yetkazmay, «yigit Bekning nomini aytdi», deb bahona qilganida 
yetti pushtini o‘qib, bo‘ralab so‘kkan edi. «Ko‘chadagi uchragan iprisqi Bekning nomini 
aytsa cho‘chiyverasanmi!» deb baqirgan edi. Elchinning tashrifi Shomilning gaplarini 
tasdiqlab uni o‘ylantirdi. Elchin Hosilboyvachchaning qarashi ma’nosini anglab, xotirjam, 
hatto bir oz kulimsiragan holda turaverdi. U bir narsadan tashvishda edi — agar 
Hosilboyvachcha bu gapga ishonmay, Asadbekka telefon qilguday bo‘lsa, ish oldinga 
siljimay, Halimjonning taqdiri o‘zgarishsiz qoluvi mumkin edi. Xayriyatki, 
Hosilboyvachcha bunday qilmadi. Ammo u Elchinga to‘la ishona qolmadi. «Bu ishga Bek 
aralashsa, buni yubormas edi», — Hosilboyvachcha shu to‘xtamga kelib, ishshaydi. 
— Oldi-berdini men qildim, dallolga hojat yo‘q. Lekin bu ishning bir ilojisi ham bor. 
Jiyaningiz uylanmoqchimi unga? 
— Ha. 
— Shomil, qiz qanaqa ekan o‘zi? 
— Shikalad! 
— Unda qizni tabarruk qilib beraman. Keyin uylanaveradi. Ha, uylanganidan keyin ham 
kelinposhsha u-bu xizmatlarni qilib yuradi. Rozimisiz? 
Elchinning g‘azabi qo‘zg‘ab, labi uchdi. 
— Toshni yaxshi tashlamayapsiz, boy, — dedi u nardiga ishora qilib. 
— Toshni yaxshi tashlamasam ham oshiqni yaxshi tepaman. Meniki hamisha olchi! 
— Omadingizni bersin, — Elchin bu xildagi gaplar yaxshilik bilan tugamasligini bilib, 
o‘rnidan turdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish