Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
— Omadingni bersin... — Shunday deb go‘shakni joyiga qo‘ydi. 
Avvaliga Jamshidning betoqatlik qilganiga achchiqlandi. Keyin uning ahvoliga tushundi. 
U hali o‘zining «dorga osilib, so‘ng murdasi yoqib yuboril-gani»ni bilmaydi. Bilgani — 
Asadbekning g‘azabga minib, uni o‘limga hukm etib yuborgani. Nimaga g‘azablandi — 
hech kimga aniq ma’lum emas. Chuvrindi Asadbek bilan birga Elchinnikiga borgach, 
Zaynabga aloqador bir ish bo‘lganini fahmlagan, ammo gumonga suyanib ish 
ko‘rmaslikni odat qilgani uchun bu taxminga ishonib-ishonmaydi. Shu fikr dastlab 
xayoliga kelganida «Nahot Jamshid shu darajada ahmoq bo‘lsa!» deb ajablandi. 
Xayrlashar mahalidagi Jamshidning javdiragan ko‘zlariga boqib «yo‘q, bunday qilishi 
mumkin emas», degan to‘xtamga keldi. 
Asadbek o‘shanda buyruqni qat’iy tarzda bergan edi. Muhlat ham oz — hukm 
ertalabgacha ijro etilmog‘i shart. O‘ylashga, mulohaza yuritishga fursat yo‘q. Buyruq 
berilishi bilan Chuvrindi: «Balki ablahlik qilgandir, lekin dunyoda undan besh battar 
ablahlar yashab yurganida u ham tirik qolsa bo‘lardi», degan aniq bir to‘xtamga keldi. 
Lekin uning jonini qanday saqlab qolish kerak — shu muammo yechilmog‘i lozim edi. 
Asadbekni fikridan qaytarish qiyin. Yagona yo‘l — o‘likxonadan egasiz o‘lik sotib olish. 
Chuvrindi bu yo‘lning to‘g‘ri ekaniga shubha bilan qaradi, oxir-oqibat katta tashvishlarga 
taqalishini ham oldindan ko‘ra bildi. Ammo o‘sha damda boshqa chorasi yo‘q edi. Bu 
ishga o‘zlarining yigitlarini aralashtirishmadi. Jamshidni Chuvrindining o‘zi kuzatdi. Ikkita 
kavkazlikni yoniga olib, murdani Kesakpolvon topib keldi. Murda yonayotgan 
mahaldayoq Chuvrindi o‘zicha «bu — ikkinchi xato» deb qo‘ydi. Shilimshiqning osilib 
turishini ham u ma’qullamagan edi. «O‘ldirdi, o‘chini oldi, xumordan chiqdi, endi 
murdani yo‘qotib yuborish kerak», dedi. Lekin uning gaplariga quloq osmadilar. «Elchin 
shuni ma’qul ko‘ribdimi, osilib turaversin», dedilar. Mana endi Zohid Sharipov degani 
kavlashtirib yotibdi. Chuvrindi undan qo‘rqmaydi, ishning o‘zlari o‘ylaganlaricha 
yopilishiga ishonadi, ammo ungacha ancha bezovta bo‘lib yurishi yoqinqiramaydi. 
Zohidning chaqiruvidan so‘ng nozik akaxonlaridan biriga buni aytdi. U «rasm-rusmlarni 
qilish kerak-da. Xo‘p, deb turing, bir oz kavlashtirib xumordan chiqsin. Sal og‘sa o‘zimiz 
to‘g‘rilab qo‘yamiz», deb tinchlantirdi. 
Hozir Jamshid bilan gaplashganidan so‘ng o‘yga tolib, mana shularni esladi. 
3 
 
Elchin Hosilboyvachchanikidan chiqqach, o‘ylab o‘tirmayoq shahar markazidagi uch 
qavatli uy tomon yo‘l oldi. Bo‘tqaga uchrashib, Chuvrindining uyida ekanini aniqladi. 
Bu kun Chuvrindi Hovuz polvonning iltimosini bajarish bilan ovora bo‘lib, yaxshilikka olib 
boruvchi yo‘l topgan, ishni yuritish uchun yigitlardan birini endigina Farg‘onaga jo‘natib, 
ko‘ngli tinchigan holda uyga qaytgan edi. Hali bir piyola choy ichishga ulgurmay, 
eshikdan kirib kelayotgan Elchinni ko‘rib, hayron bo‘ldi. 
— Ha, Hofiz, tinchlikmi? — dedi uni uyga boshlab. 
Elchin Chuvrindi ko‘rsatgan joyga o‘tirib, muddaoga ko‘chib qo‘ya qoldi. Halimjon 
Chuvrindini ham qiziqtirib qo‘ydi. Yo‘q, unda yigitni darhol xizmatga olish fikri tug‘ilmadi. 
Chuvrindi bunaqa holda arqonni uzun tashlaydi. Kimgadir yaxshilik qiladi. Ana shu 
paytda burunga burunduq ilishni ham unutmaydi. Vaqti-soati yetib, lozim bo‘lganda 
burunduqni asta tortadi. Jamshidni qamoqdan barvaqt chiqishiga yordam berganida ham 
uning sadoqatli yigit bo‘lishini o‘ylamagan edi. «Chiqaversin-chi, balki foydasi tegar», 
deb xayol qilgandi. Jamshid o‘sha yaxshilikka sadoqat bilan javob berdi. Asadbek 
Jamshiddan so‘ng boshqa yigitlarni yoqtirmay turibdi, balki shu ma’qul bo‘lar, degan fikr 
xayolini yoritib, Hosilboyvachchaga qo‘ng‘iroq qildi: 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish