Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
Hovuz polvonning «o‘zim u yoqda bo‘lib, tarbiyasi boshqacharoq kechdi-da», degan gapi 
Chuvrindiga og‘ir botdi. «Sen tufayli qamalmaganimda bolamni yaxshi tarbiya etar edim, 
o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushmas edi, senga bosh egib yalinmasdim...» degan ma’noda 
angladi. «Hamonki shunday ekan, bolaning bu holga tushishiga men aybdor bo‘lib 
chiqaman. Uni qamoqdan qutqarib qolish ham mening zimmamda. Xo‘p, unda nima 
uchun «surishtirib ko‘raman», deb lanjlik qilyapman?!» U shunday deb o‘zidan-o‘zi 
nafratlandi. 
— Polvon tog‘a, qo‘yningizni darrov puch yong‘oqqa to‘ldirib qo‘ymay, degan maqsadda 
surishtiramiz, dedim. O‘zim borib o‘tirsam ham o‘g‘lingizni chiqartiraman. 
— O‘zing o‘tirma, bolam, birovni o‘tirgulik qilmasin. 
— Keyin uni menga topshirasiz. Hamma havas qiladigan odam bo‘ladi. O‘qisa o‘qitamiz. 
— E, yo‘q, o‘qiydag‘on bolamas u. Xafa bo‘lma, omma, senga ham topshirmayman. 
— Siz meni ham... 
— Yo‘q, sen o‘g‘ri emassan. 
— Bir-ikki joyda limonad tsexim bor. Kooperativ taksilarim bor. Men uning cho‘ntagiga 
pul solib qo‘ymayman. Ishlab topadi. Pul topishni o‘rganadi. 
— Ma’qul, avval chiqsin, keyin mulohaza qilarmiz. 
Chuvrindi kerakli joylarga telefon qilib, masalani hal eta boshlagach, Hovuz polvonning 
ko‘ngli joyiga tushib, ketishga hozirlandi. 
Chuvrindi buguncha qoling, deb yalinsa ham, Hovuz polvon unamadi. 
— Bugungi poezdda qaytmasam bo‘lmaydi, — dedi u qat’iy ohangda. 
— Pattangiz bormi? — deb so‘radi Chuvrindi. 
— Be, shu paytgacha patta bilan yuribmanmi? Beshta so‘m beraman, ketovraman-da. 
Chuvrindi uning tashvishini tushundi — ko‘ngli bolasida. Bu yerda parto‘shak solib 
bersang ham tikonzorda yotgandek bo‘ladi. U telefonda yigitlardan biriga patta to‘g‘irlab 
qo‘yish haqida buyruq bergach, mehmonga qarab: 
— Poezd ketishiga hali ikki soat vaqt bor, shoshilmang, — dedi. 
Chuvrindining xotini tanbehni inobatga olib, palovni katta laganga suzdi. «Lag‘monga 
ishtahalari bo‘lmadi» deb o‘ylagan edi. Hovuz polvon palovni ham avvalgidek tanovul 
qilmadi. Bu chindan qarilik ta’sirimi edi yo o‘g‘il tashvishi ishtahani bo‘g‘gan edimi, 
Chuvrindiga qorong‘i. U mehmonga qarab turib: «Shunday odamni ham dard yengishi 
mumkin ekan-da, a?» deb qo‘ydi. 
Bekatda ularni kalta yengli ko‘ylagining tugmalarini kindigiga qadar yechgan, bo‘yniga 
tilla zanjir osgan bir yigit kutib oldi. Xo‘jayinining yonidagi odamni ko‘rib ajablandi. 
«Nozik odam deganingiz shumi?» deganday ko‘zini lo‘q qilib turdi. 
— Bo‘ldimi? — dedi Chuvrindi uning ajablanganini sezmaganday. 
— Bo‘ldi, joy nishtyak, — dedi yigit. 
— Boshla. 
Ikki kishilik kupe dim edi. Kun issiqligiga qaramay galstuk taqib olgan o‘rta yashar kishi 
gazetadan yelpig‘ich qilib, yelpinib o‘tirardi. 
— Mana, Polvon tog‘a, shu o‘rin sizniki, — dedi Chuvrindi bo‘sh joyni ko‘rsatib. — 
Bahuzur hordiqni chiqarib borasiz. Choy-poydan xabar olib turishadi. 
Galstukli kishi bo‘ynidagi terni ro‘molchasi bilan artib, Hovuz polvonga boshdan-oyoq 
razm soldi-da, ensasi qotdi. 
— Boboyning biletlari bormi? — dedi u Chuvrindiga qarab. 
Chuvrindi unga javob bermay, norozi qiyofada yigitga boqdi. 
— Bilet bor, — dedi yigit. Keyin engashib uning qulog‘iga nimadir deb shivirladi. — Bu 
yoqqa chiqaylik tushuntirib beraman... 
Galstukli kishi dovdirab o‘rnidan turdi-da, yigitga ergashdi. Bir necha daqiqadan so‘ng 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish