Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
ketayotganini ko‘rib, ajablandi. 
— Zohid? Ha, tinchlikmi? 
Zohid o‘girilib, xijolatdan gap topolmay qoldi. 
— Uyda yo‘qdirsiz, deb o‘ylabman, — dedi. 
— Qo‘ng‘iroq ishlamayaptimi? — professor shunday deb tugmani bosdi. Birinchi
ikkinchisida ovoz bo‘lmadi. Keyin qo‘ng‘iroq bulbulga o‘xshab sayrab berdi. Mana shu hol 
Zohidni xijolatdan qutqardi. — Bolalar tugmani o‘ynayverib ishdan chiqarishganga 
o‘xshaydi. Qani, kir. Kelayotganingni derazadan ko‘ruvdim. Kutdim, kutdim, daraging 
bo‘lmadi. Yaxshiyam eshikni ochib qaraganim. 
Zohidning ko‘ziga uy besaranjomroq ko‘rindi. O‘rtadagi stol ustida ko‘k plastmassa 
chelak turibdi. Deraza tomonda ikki tog‘ora... Habib Sattorov Zohidning ajablanganini 
ko‘rib kulimsiradi: 
— Chakka o‘tib ketdi. Uchinchi qavatdagilarga jabr bo‘lmasin, deb shunaqa o‘tiribmiz. 
Kecha quvurlar yorilibdi, uy isimayapti. Bolalarni qaynonamnikiga qo‘yib keldim. O‘zim 
kechqurun Maskovga ketyapman. Vadim Petrovich ishga chaqirib, holi jonimga 
qo‘ymayapti. 
— Rozi bo‘lyapsizmi? 
— O‘zimni-ku borgim yo‘q. Akademiyaga saylovdan keyin Sohib Po‘latovich zada bo‘lib 
qoldi. Endi menga kun bermas. Birinchi qilgan yaxshiligi men olishim kerak bo‘lgan uyni 
Kravchukka berdiribdi. 
— Kim u Kravchuk? 
— Kerakli, zarur mutaxassis! — Habib Sattorov shunday deb ko‘rsatkich barmog‘ini 
osmonga nuqib qo‘ydi. — Institutning santexnigi. 
Zohid Fanlar Akademiyasining muxbir a’zoligiga nomzodlar orasida Habib Sattorov bilan 
Sohib Po‘latovlar borligini eshitib «chakki bo‘libdi» deb qo‘ygan edi. Bunaqa saylovlarda 
olimning iqtidori emas, egallagan mansabiyu suyangan tog‘i muhimroq ekani unga 
ma’lum. Saylovdan Sattorov ham, Po‘latov ham o‘tolmadi. Po‘latov, shubhasiz, bu 
ko‘rgulikda Sattorovning aybi bor, degan xulosaga kelganu uni ikki xonali tor, sovuq, 
chakka o‘tuvchi uyda yashashga mahkum etgan. 
— Hozir ketsam, bo‘lmas, — dedi Habib Sattorov, — saylovdan o‘tolmagani uchun 
arazlab jo‘navordi, deb g‘iybat qilishadi. Maskovga-ku ishga bormasman. Ammo 
Kembrijga borishim kerak. Bir yilga chaqirishyapti. Dilimga tugib yurgan rejalarim bor
o‘sha yerda bitirib kelaman. 
— Po‘latov biladimi, buni? 
— Eshitsa infarkt bo‘lishi turgan gap. Mana buni o‘qi, hali hech kim bilmaydi. — U kitob 
javonini ochib, tik taxlangan kitoblar ustidan katta konvert olib uzatdi. — Inglizchani 
bilarding, a? 
— Sal-pal. 
Zohid hijjalab o‘qidi: 
— «Qadrli mister Sattorov! Sizni Kembrij dorilfununining faxriy professori bo‘lganingiz 
bilan muborakbod etamiz. Xohish-istagingiz va imkoningiz bo‘lsa, Angliyaga kelishingizni 
so‘raymiz. Sizni dorilfununimizda bir yil hamkorlik qilishga taklif etamiz. Taklifimizga 
ko‘nsangiz, kontraktni imzolab jo‘nating...» Zo‘r-ku? 
— Sekinroq aytasanmi? 
— Men sizga dalda berib, ko‘nglingizni ko‘tarmoqchi edim. 
— Be... uyni aytyapsanmi? Yo akademiyanimi? 
— Unisini ham, bunisini ham. 
Unisiga ham, bunisiga ham xursandman, ochig‘i. Akademiyada kimlar borligini 
bilasan-ku? Uyni Po‘latovich marhamati bilan olganimda baribir turishim qiyin edi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish