Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Namozov o‘ylandi. O‘zicha chamaladi. 
— Ming so‘mdan olib, bir yarim mingdan sotardim. 
— Demak, kilosidan besh yuzdan qolarkan-da? 
— Ha, shunaqa. 
— Ko‘pdan beri sotarmidingiz? 
— Ko‘pdan... uch-to‘rt yil bo‘ldi. 
— Pulni nima qilardingiz? 
— Pulnimi? Yeb-ichib... 
— Meni laqillatmoqchimisiz? 
— Savollaringizga to‘g‘ri javob beryapman-ku? 
— Qoradorining kilosi ming so‘m ekanmi? Qaysi ahmoq ishonadi bu gapga? Siz ilmdan 
boshqa narsalarga ham hech aralashganmisiz? 
Namozov «ilm» degan so‘zni eshitib, xuddi «daftarim uyda qolibdi», deb yolg‘on gapirib 
qo‘yib uyalgan boladek boshini egdi. 
— Yolg‘onni eplagan odam gapirishi kerak, — dedi Zohid achchiqlanib. 
«To‘g‘ri, — deb o‘yladi Namozov, — bunga ham iste’dod lozim. Men hatto oddiy 
yolg‘onni ham eplay olmayman. Yolg‘ondan qulluq qilsam, yolg‘ondan jilmayib 
qo‘ysam... allaqachon akademik bo‘lib ketarmidim... Nasiba «bunchayam noshudsiz-a», 
deb to‘g‘ri aytadi...» 
— Menga to‘g‘ri gapni ayting. Men qoradorifurushligingizga ishonmayman. Agar «yo‘q, 
chindan ham qoradori sotardim», desangiz, qani, meni ishontiring-chi? 
Sharif qotmadan kelgan, qoracha bu yigitga ajablanib qarab, bazo‘r kulimsiradi. 
— Ishontiring, deysizmi? Men jinoyatchi ekanimga sizni ishontirishim kerakmi? Qiziq-ku? 
— Ha, qiziq. Aslida men sizni ishontirib, aybingizni bo‘yningizga qo‘yib, qamatishim 
kerak. 
— Ayblayvering. Men tonmayman. Boshga tushganni ko‘z ko‘rar ekan. Bir-ikki yil o‘tadi-
ketadi. U dunyodan hali hech kim qaytmagan. Qamoqdan esa eson-omon qutulib chiqish 
mumkin. 
— Bir-ikki yil deng?.. — Zohid o‘rnidan turdi-da, stolni aylanib o‘tib, mahbusning 
qarshisida to‘xtadi. Namozov «urmoqchimi?» degan xavotir bilan qarab, turmoqchi 
bo‘ldi. Zohid uni yelkasiga qo‘lini qo‘yib, «jilmang» degan ishora qildi. — Bir-ikki yil 
emas, sayru sayohat uzoqroq davom etsa kerak. 
— O‘n yil bo‘lmaydimi, menga desa. 
Zohid achchiqlanib, mahbusni ikki yelkasidan mahkam ushlab bir-ikki siltadi. 
— Siz men bilan oldi-sotti qilmang. Bo‘ladigan gapni ayting, kimdan qo‘rqyapsiz? 
Sharif uning ko‘ziga qarab oldi. Yaqindagina muloyim boqib turgan, ishonch uyg‘otishi 
mumkin bo‘lgan nigohda jahl uchqunlarini ko‘rib «Endi do‘pposlaydi», deb o‘yladi. 
Boshini egib, gardaniga musht tushishini kutdi. Hatto gardani toshday qotib, zirillay 
boshladi. Musht tushsa, og‘riq tarqab, yengil tortadiganday tuyulib, «ursa 
uraqolmaydimi» deb o‘yladi. «Keyin kaltakdan odam o‘lmaydi. Odam qatoriga kirib 
kaltak yesam yebman-da. Bola bo‘lib birov bilan mushtlashmabman, birovdan tuzukroq 
kaltak yemabman. Ana endi, dong‘im chet elga chiqib turganida bir befarosat savalasa. 
Lissabonda hozir mening ta’rifimni keltirib maqtashayotgandir. Bu yerda kaltak 
yeyayotganimni tasavvur ham qilishmasa kerak...» 
Sharif kutganday musht tushmadi. Zohid uni qo‘yib yuborib, joyiga qaytdi. 
— Siz olim odam ekansiz. Agar zavodda oddiy xizmatchi yoki oddiy ishchi bo‘lsangiz, 
nimadan qo‘rqayotganingizga tushunib yetardim. Birga o‘g‘irlik qilgan sheriklaridan 
cho‘chiyapti, derdim. Hozir joyingizga qaytib, o‘ylang. 
Eshik ochilib, soqchi kirdi. Mahbus tomon ikki qadam qo‘ydi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish