Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
139
Turibman qo‘limda
qadah shu palla,
Demak, jom so‘zimni aytmasam bo‘lmas
Sizga
baxt tilashim mumkin baralla,
Lekin baxtli qilish qo‘limdan kelmas.
Tilayman albatta sog‘liq va umr,
Tuhfa qilolmasman lekin ularni.
Tilayman hech so‘nmas
ilhom va surur,
Garchand berolmasman bu tuyg‘ularni.
Men
faqat siz uchun orttirib alam,
Yo‘lingiz to‘smasman devorga o‘xshab.
G‘alvali dunyoda shuning o‘zi ham,
Mening nazarimda juda katta gap.
2000 yil,
oktyabr
* * *
Mana
bu hikmatga, do‘stim,
sol quloq,
Balki senu menga bo‘lgay bir saboq.
Posbonning qovog‘i uyilgan bo‘lsa,
Hatto jannatga ham tortmaydi oyoq.
2000 yil 4
dekabr
Do'stlaringiz bilan baham: