33-masala. Namozxon vitr namozida “Qunut” duosini sahvan tark qilsa, sujudi
sahv qilmoq unga vojibdir.
FOYDA.
Agar ruku’da “Qunut” duosini o‘qimaganligi yodiga tushsa, bas, albatta,
“Qunut” duosi uchun ruku’dan qaytmasligi sahihdur. Agar qaytib “Qunut” duosini o‘qisa,
ruku’si matruk (tark qilingan) bo‘lmaydi, lekin sujudi sahv qiladi. Ya’ni ruku’dan qiroat
uchun qaytganida, ul ruku’si matruk va fosid bo‘lar edi. Yuqorida o‘tganidek, agar
“Qunut”ni o‘qisa va ruku’ni qayta bajarmasa, bu suratda ruku’ matruk va fosid
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |