Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
133
vasallam: «Bani Isroil (qavmi) yalang‘och yuvinib,
bir-birlarining avratlariga
qarayverishar edi. Muso alayhissalom esa yakka o‘zlari g‘usl qilardilar. Qavmdagilar:
«Muso alayhissalomning biz bilan birga yuvinishdan faqatgina
dabba ekani man qiladi,
xolos», deyishdi. Kunlarning birida g‘usl qilayotib, kiyimlarini tosh ustiga qo‘ygandilar,
tosh kiyimlarini olib qochdi. Muso alayhissalom: «Kiyimimni tosh (olib ketdi), kiyimimni
tosh (olib ketdi)», deb uning ortidan tez yugurdilar. Bani Isroil
qavmi Muso alayhissalom
avratlarini ko‘rib qolib: «Alloh
nomiga qasamki, Musoda kasallik yo‘q ekan», deyishdi.
Tosh qo‘zg‘algan edi, u zotga nazar solindi. Muso alayhissalom
kiyimlarini olib toshni ura
boshladilar», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Toshning oltita (urilgan) o‘rni yoki
Muso alayhissalom toshni yetti marta urdilar», deb aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: