Iymon halovatini topish bilan sifatlangan kishining xislatlari bayoni
145/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimda uch xislat bo‘lsa, iymon halovatini topibdi: 1. Alloh va Uning rasuli boshqa
narsalardan mahbub bo‘lsa. 2. Bir kishini Alloh roziligi uchun yaxshi ko‘rsa. 3. Alloh uni
kofirlikdan qutqarganidan keyin unga qaytishni xuddi olovga tashlanishni yomon
ko‘rganidek yomon ko‘rsa», deb aytdilar.
146/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Uchta xislat borki, ular kimda bo‘lsa, iymon lazzatini topibdi: 1. Biror kishini faqat Alloh
uchun yaxshi ko‘rsa. 2. Alloh va Uning rasuli boshqa narsalardan sevimli bo‘lsa. 3. Alloh
uni kufrdan qutqarganidan keyin yana kofirlikka qaytmog‘idan ko‘ra olovga tashlanishni
afzalroq deb bilsa», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «kufrlikka qaytmog‘idan», degan so‘z
o‘rniga «yahudiy va nasroniylikka qaytmog‘idan» bo‘lib kelgan.
16-bob
Do'stlaringiz bilan baham: |