Microsoft Word safety(eng, rus, uz). doc


Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi



Download 10,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/196
Sana06.03.2022
Hajmi10,99 Mb.
#483647
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   196
Bog'liq
Occupational-safety-and-health-issues-in-buildings-TUIT-uzb

Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi 
yordam 
1. Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish. 
2. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish. 
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash. 
Elektr toki ta’siridan ozod etish uchun elektr 
qurilma (jihozni)ni oziqlanayotgan kuchlanishdan 
uzib olib qo‘yish (o‘chiruvchi moslama, tugmacha va 
rubilniklar yordamida), agar buning iloji bo‘lmasa, u 
holda probochnik predoxranitellarni burab chiqib 
olish yoki simlarni tokdan saqlaydigan qo‘lqopchalar 
bilan o‘tkir jismlar yordamida qismlarga bo‘lib, 


283 
chopib tashlash zarur. Agar sim jabrlanuvchining 
ustiga tushgan bo‘lsa, istalgan tok o‘tkazmaydigan 
jism (yog‘och, xoda, doska) bilan ehtiyotkorona olib, 
bir tomonga surib tashlash kerak. 
Agar jabrlanuvchi biron-bir tayanchda bo‘lsa, tok 
yuruvchi simga oldindan erga tutashtirilgan sim 
tashlash mumkin. Bu sim himoyani ishga solib, 
kuchlanishni o‘chirishga xizmat qiladi. Bu holatda 
jabrlanuvchining yiqilishiga yo‘l qo‘ymaydigan 
tadbirni oldindan ko‘ra bilish zarur. 
3.11 – rasm. Elektr toki ta’siridan ozod etish usullari. 


284 
Aksariyat 
hollarda 
jabrlanuvchining 
tana 
a’zolariga yalang qo‘llar bilan tegmaygina kiyimidan 
tortib, xavfsiz joyga sudrab o‘tish mumkin. 
Imkoniyat bo‘lsa, dielektrik qo‘lqoplar va 
kalishlar berishi kerak. 
Jabrlanuvchining elektr tokidan ozod etib, tezda 
ahvolini aniqlash kerak. 
Agar u hushida bo‘lsa-yu, biroq uzoq vaqt tok 
ta’sirida bo‘lib turgan bo‘lsa, u holda unga to‘la 
tinchlik, osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida 
kuzatuv ostida bo‘lishi lozim, zero, elektr toki 
chaqirgan buzilishlar sezilarsiz xossalarsiz o‘tishi, 
biroq ayrim muddat o‘tgach, patologik oqibatlar klinik 
o‘lim kelishigacha borib etishi mumkin. 
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va 
yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish), u 
holda 
a) qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish; 
b) kiyimni tugmasini echish; 
v) toza havo oqimini yaratish; 


285 
g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, 
nashatir hidlatish; 
d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va 
qizitish; 
e) ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda 
jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish 
kerak. 
3.12 – rasm. Yurakni uqalash (massaj qilish) va sun’iy 
nafas berish 
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa 
(pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak urmayotgan bo‘lsa, talvasali 
noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) 
ishlariga kirishish zarur.


286 
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod 
bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida nafasni 
me’yorlashtirish. 
b) inson organizmining hamma to‘qimalariga 
kislorod 
etkazib 
beradigan 
qon 
aylanishini 
normalashtirish zarur. 
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar. 
Sun’iy nafas uslublari: 
Qo‘lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo) 
1. Og‘izdan og‘izga (keng tarqalgan) 
2. Og‘izdan buringa (keng tarqalgan) 
3. Apparat va qo‘l yordamida. 
Bizni o‘rab turgan havoda 21% ga yaqin kislorod 
bor, o‘pkadan chiqaradiganimiz 16 foizga teng. 
O‘pkaga puflaganda qo‘lbola uslublardagiga nisbatan 
ko‘p, 1-1.5l havo tushadi. O‘pkaga daqiqasiga 10-12 
martadan kam emas, o‘z nafasi chastotasi bilan birga 
puflash lozim. 
Agar jabrlanuvchi mustaqil tarzda nafas olsa, u 
holda puflash jabrlanuvchining o‘zini nafas olishiga 
moslash zarur. Ilk bor mustaqil nafas olishda sun’iy 


287 
nafasni to‘xtatish mumkin emas, zero, noritmik sust 
mustaqil nafas olishlar o‘pkada etarli gaz 
ayriboshlashni 
ta’minlab 
berolmaydi. 
Yurak 
faoliyatini tiklash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan 
holda yurakni uqalash (massaj qilish) jarayonini 
o‘tkazadilar. 
Avvalo 
jabrlanuvchining 
chap 
tomoniga 
joylashadilar. Kaftning asosini ko‘krakning uyi -
qismiga qo‘yib, boshqa qo‘l kaftini birinchisining 
yuqori qismiga ko‘yadilar. 
Ko‘krakni shunday kuch bilan bosilsinki, 
shunday u umurtqa tomon 3-6sm ga joylashib borsin. 
1 daqiqada 60-70 ta ezish, bosish zarur. 
Yurak 
faoliyati 
tiklanishi 
xususiyatlari 
jabrlanuvchining pulsi (tomir urishi) paydo bo‘lishi, 
terining 
pushti-qizil 
rangga 
kirishi, 
ko‘z 
qorachig‘larining kichkinalashuvidan iborat. 
Ko‘pincha yurakni to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan 
holda uqalash sun’iy nafas berish bilan muvofiq holda 
qilinadi. Agar 2 kishi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u 
holda biri yurakni uqalasa, boshqasi sun’iy nafas 


288 
beradi: 3-4 yurak ezish va 1 ta nafas puflash. Agar 
yordamni 1 kishigina ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda 
davriylik almashib turadi: 3-4 nafas puflash, so‘ngra 
15 marta yurak ezish; 2 puflash-15 bosish va hokazo. 
Jonlanish belgilari paydo bo‘lgandan so‘ng 
sun’iy nafas berish va tashqaridan yurakni uqalash 
havo puflashni jabrlanuvchining nafas olishni 
boshlashiga muvofiqlashtirgan holda 5-10 daqiqa 
davom ettirish zarur. 

Download 10,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish