Yong‘in vaqti 3 fazaga bolinadi:
Birinchi fazada
(5 dan 30 daqiqagacha) harorat
sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi.
Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‘lib havo
402
yetishmasligi natijasida yongin kichik miqyosda
kechadi, bunda issiqlik yigila borib, keyingi fazaning
boshlanishini ta’minlaydi.
Ikkinchi fazada
- alanga jadal tarqalib, harorat tez
ko‘tariladi (o‘zining «max» qiymatiga erishadi).
Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham
chiqishi kuzatiladi.
Uchinchi fazada
- yonuvchi narsalarning yonib
bolishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi.
Yong‘inning tarqalish tezligi ham har xil bo‘ladi.
Yog‘ochdan qurilgan binolarda alanganing tarqalish
tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda
0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar yonganda,
masalan, toluol yonganda alanganing tarqalish tezligi
10-15 m/min ga teng bo‘ladi.
Yonish
-
yonuvchi
mahsulotlar
bilan
oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir natijasida
bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon,
bunda issiqlik va Yorug’lik nurlarining ajralishi
kuzatiladi. Demak, yonish jarayonining paydo
bo‘lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba
403
va oksidlovchilar bo‘lishi zarur. Havo tarkibidagi
kislorod miqdori 14-16% bo‘lganda yonish to‘xtaydi
va tutash boshlanadi. Agar kislorod miqdori 8-10% ga
kamayganda tutash ham to‘xtaydi. Yong‘in sodir
bo‘lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun,
Yorug’lik
kuchlari,
alanga
va
cho‘g‘langan
predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch
bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi,
mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bo‘lishi
mumkin. Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va
gazsimon
bo‘lishi
mumkin,
masalan.
taxta,
kinoplyonka, nitrotselluloza, kimyoviy erituvchi
suyuqliklar, vodorod, metan, propan, ko‘mir va
hokazolar. Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor,
natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi.
Yonish jarayonining umumiy sxematik
ko‘rinishi 5.1-rasmda ifodalangan. Bu rasmda
alanga
tarkibida
yonuvchi
gazlar
hududi
keltirilgan:
404
1-hududda hali yonmaydigan bug‘ va gaz
aralashmalari mavjud bo‘lib, harorati 400
0
C dan
oshmaydi.
2-hududda bug‘ va gaz aralashmasi yona
boshlaydi va qisman karbon gaziga aylanadi.
3-hududda moddalarni to‘la yonishi sodir
bo‘ladi, chunki bunda harorat eng yuqori, ya’ni
1100
0
C gacha ko‘tariladi.
Yonuvchi
muxitdagi
alangani
balandligi,
yonayotgan gaz oqimining ko‘tarilish tezligiga to‘g‘ri,
zichligiga esa teskari proporsional ravishda bog‘liq
bo‘ladi.
Yonish paytida hosil bo‘ladigan «max» harorat
miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan. qog'ozda - 510°C, suyuq yoqil g‘ida - 110-
1300°C, taxtada - 1000°C, gazli yoqilg'ida - 1200-
1300°C hosil bo‘ladi.
Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma’lum vaqt
birligida ma’lum xajmdagi moddaning birikish miqdori
qabul qilingan. Aktivlashuv quvvati molekulalar
405
o‘rtasidagi bog‘lanshni o‘zgartirishga sarflanishi zarur
bo‘lgan quvvat miqdoridir.
5.1-rasm. Yonish jarayoni. a) alanga tarkibida
yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1-yonuvchi
gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti; b)
alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-diffuziyali
yonishning chegaralari.
5
О
2
О
2
buglar, gazlar
H
2
1
О
2
а)
2
3
О
2
4
6
b)
406
Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik
yonuvchi aralashmaning qizishiga olib keladi.
Aralashmaning xarorati idish devorlari xaroratidan
oshib ketsa, undan ajralayotgan issiqlik atrof muxitga
tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birligida idish devorlari
orqali tarqalayotgan issiqlik miqdori, idish devori va
aralashma harorati orasidagi ayirmaga to‘g‘ri
proporsional bo‘ladi, ya’ni
V = A*S(T-T
i
)
(5.1)
bu erda: V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik
tezligi; A-issiqlik tarqatish koeffitsienti; S-idish devorlari
yuzasi; T-aralashma harorati; T
i
-idish devori harorati.
Moddalar uchun o‘z-o‘zidan alangalanish
harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A - 73 benzinining o‘z-
o‘zidan alangalanish harorati - 255°Cga, yog‘ochniki -
400°C, linoleumniki - 400°Cga teng.
Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki,
ularning xaroratini tashqaridan oshirmagan xolda
kimyoviy jarayonlar ruy berishi va bu jarayonlar o‘z-
o‘zidan alangalanish xodisasini vujudga keltirishi
407
mumkin. Bunday xodisalarni zanjirli kimyoviy
jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning bo‘lishiga
asosiy sabab aralashma xolidagi yonuvchi moddalarda,
ma’lum sharoit taqozosi bilan, xarorat o‘zgarmagan
xolda, bir necha markazda moddaning aktiv atomlari
hosil bo‘ladi hamda ular modda tarkibidagi molekulalar
bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, natijasida yonuvchi
modda molekulalari parchalanadi va yangi aktiv
markazlar xosil qiladi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud:
alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘z-
o‘zidan yonish.
Do'stlaringiz bilan baham: |