Microsoft Word safety(eng, rus, uz). doc


Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar



Download 10,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/196
Sana06.03.2022
Hajmi10,99 Mb.
#483647
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   196
Bog'liq
Occupational-safety-and-health-issues-in-buildings-TUIT-uzb

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar 
belgilash va xavfsizlik usullarini o‘qitish. 
Tashkilot va 
korxonalarga ishga yangi qabul qilingan barcha ishchilar 
ish o‘rinlarida kirish instruktaji va birlamchi 
instruktajdan o‘tganlaridan keyingina ishga qo‘yilishlari 
mumkin. 
Kirish instruktajini xavfsizlik texnikasi bo‘yicha 
muxandis o‘tkazadi. Bunda ishga qabul qilingan yangi 
ishchi ayni ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza 
qilishning holati, ichki tartib-qoidalari, ishlab chiqarish 


690 
sanitariyasi, yong‘inga qarshi himoya tadbirlari bilan 
tanishadi. Kirish instruktaji bo‘yicha mashg‘ulotlar 
xavfsizlik texnikasi xonasida, ishlarning xavfsiz usullari 
tasvirlangan ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanib 
o‘tkaziladi. Instruktaj o‘tkazgan shaxs va undan o‘tgan 
shaxslar maxsus kitobga imzo qo‘yadi. 
Ish o‘rinda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha birlamchi 
instruktajni bo‘lim rahbari o‘tkazadi. Birlamchi 
instruktajga ishchini o‘z ixtisosligi bo‘yicha vazifalari, 
ish o‘rnini xavfsiz tashkil qilish tartibi bilan tanishtirish, 
qurilma va mexanizmlarning tuzilishi hamda ularga 
xizmat ko‘rsatish (ishga tushirish, to‘xtatish va h.k.), 
asbob-uskuna va moslama, himoya vositalari va to‘siqlar 
ishlatish hamda ulardan foydalanish qoidalari, tayyor 
mahsulotlarni joylash qoidalari, yuk ko‘tarish va 
transport vositalarini ishlatishning xavfsiz qoidalari, 
shuningdek, xavf tug‘ilgan taqdirda o‘zini qanday tutish 
kerakligi bilan tanishtiriladi. Instruktaj o‘tkazilgandan 
so‘ng master o‘z kasbi yoki bajarayotgan ishning turi 


691 
bo‘yicha xavfsizlik texnikasiga oid instruksiya yoki 
eslatma topshirishi kerak. 
Ish o‘rnida beriladigan instruktaj, shuningdek, har 
safar boshqa ishga o‘tganda yoki ish sharoitlari 
o‘zgarganda ham o‘tkaziladi; brigada ishchilari o‘zlari 
bajaradigan barcha ish turlari bo‘yicha xavfsizlik 
texnikasidan instruktaj o‘tishlari shart. 
Xavfsizlik texnikasi qoidalarini, ishlab chiqarish 
sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi texnika normalarini 
ma’muriy-texnik xodimlar va ishchilar yaxshi o‘rganib 
bilib olgan hamda ularga qat’iy rioya qilgan taqdirdagina 
bu qoida normalar yaxshi natija beradi. 
Tashkilotlarda va korxonalarda xavfsizlik texnikasi 
hamda ishlab chiqarish sanitariyasini targ‘ibot qilish 
bo‘yicha o‘quv-uslubiy markazi sifatida xavfsizlik 
texnikasi kabinetlari va burchaklari tashkil etilib, ular 
tegishli o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanadi. 
Amaldagi 
tartib-qoidalarga 
binoan, 
ishga 
kirayotgan ishchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi 
bo‘yicha ta’lim olish kerak. 


692 
Asosan, 
ishchilarni 
xavf-xatarsiz 
ishlashga 
o‘rgatish maqsadida dastlabki (umumiy) instruktaj, ish 
o‘rnining o‘zida ishlab chiqarish instruktaji o‘tkaziladi 
va kursda ta’lim beriladi. 
Ishchilarga ta’lim berishning bu tizimi majburiydir. 
Xavfsizlik texnikasi qoidalarining o‘z vaqtida, to‘la-
to‘kis va to‘g‘ri o‘rgatilishi uchun korxona rahbari 
javobgardir. 
Korxonaga ishga kirgan ishchilarning hammasi 
(ixtisosidan va bajaradigan ishidan qat’i nazar), 
shuningdek ishga yo‘llashdan oldin ishlab chiqarish 
tajribasini o‘tish uchun ishlab chiqarish amalga 
oshirayotgan joyga yuboriladi va o‘quvchilar ishga 
tushishlaridan oldin dastlabki (umumiy) instruktaj va ish 
o‘rnining o‘zida tashkil etiladigan instruktajdan 
o‘tishlari shart. 
Ixtisosiga ko‘ra avvalo tibbiy ko‘rigidan o‘tishlari 
lozim bo‘lgan ishchilar ma’muriyatga tegishli tibbiy 
hulosasini topshirishlari lozim, ana shundan keyingina 
ularni ishga qabul qilish hamda instruktajdan o‘tkazish 


693 
mumkin. Masalan, qurilish tashkilotlarida balandda 
ishlaydigan 
montajchilar 
ishga 
kirayotganlarida 
dastlabki ko‘rikdan o‘tishlari, keyin yiliga bir marta 
tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari kerak. Kompleks 
brigadaning a’zolariga esa brigada bajaradigan barcha 
turdagi ishlarni bexatar bajarish usullari o‘rgatiladi

Download 10,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish