Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
35-BOB  
Erning xotini zimmasidagi haqqi 
 
Alloh taolo quyidagicha zikr qilgan: 
«Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning 
birovlarini birovlaridan (ya’ni, erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar 
(xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, 
ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-
mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir» (Niso surasi, 34-
oyat). 
Bunga yuqoridagi bobda kelgan Amr ibn Ahvasdan (r.a.) rivoyat qilingan 276-raqamli 
hadis ham dalil bo‘ladi. 
282/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar kishi o‘z 
xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu u xotin kelmasa va eri undan norozi bo‘lib kechani 
o‘tkazsa, farishtalar tong otguncha u xotinga la’nat aytib chiqishadi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Ikkovlaridan qilingan boshqa bir rivoyatda: «Agar xotin kechasi erining to‘shagidan 
alohida bo‘lib yotsa, farishtalar uni tong otguncha la’natlab chiqishadi», deyilgan. 
Yana bir boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.)  «Mening jonim qo‘lida 
bo‘lgan Zotga qasamki, biror kishi o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu xotin ko‘nmasdan 
turib olsa, eri rozi bo‘lgunicha Alloh taolo ham unga nisbatan g‘azabda bo‘ladi», dedilar. 
283/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ayolga eri safarga 
ketmagan bo‘lsa, erining iznisiz (nafl) ro‘za tutmoqligi hamda uyga biror kishining 
kirishiga ruxsat bermoqligi halol bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. Bu hadisdagi lafz Buxoriyniki. 
284/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Barchangiz qo‘l 
ostingizdagilarga homiy va ularga mas’uldirsiz. Boshliq xodimlarga homiydir. Kishi oila 
a’zolariga homiydir. Xotin ham erining uyiga va bolalariga homiydir. Barchangiz homiy 
va qo‘l ostingizdagilardan mas’uldirsiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
285/4. Abu Ali Talq ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar kishi 
xotinini biror hojatiga chaqirsa, u xotini tandir (yonida) bo‘lsa ham kelsin», dedilar. 
Imom Termiziy va Nasaiylar rivoyatlari. Termiziy bu hadis hasan va sahihdir, deb 
aytganlar. 
286/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar kishining 
kishiga sajda qilishi mumkin bo‘lganida, xotinlarni o‘z erlariga sajda qilishga buyurgan 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
bo‘lar edim», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
287/6. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qaysi bir xotin 
vafot etsa va eri undan rozi bo‘lsa, o‘sha xotin jannatga kiradi», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
288/7. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dunyo hayotida 
biror xotin eriga ozor beradigan bo‘lsa, (jannatdagi) hurlar: «Alloh halok qilgur, bu 
kishiga ozor berma! Sening huzuringda u vaqtinchalik mehmon, xolos. Tez fursatda 
sendan judo bo‘lib, bizning huzurimizga keladi», deyishadi», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
289/8. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’zimdan keyin 
kishilarga ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish