Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Rasululloh (s.a.v.): «Sizlarga amirlar boshliq qilinadi. Sizlar ularning ba’zi amallarini 
shariatga muvofiq va ba’zisini muxolif topasizlar. Kimki ularni yomon ko‘rsa, o‘zini 
oqlabdi. Kimki ularni inkor qilsa, omonda bo‘libdi. Lekin kimki ular qilayotgan ishlarga 
rozi bo‘lib ergashsa (gunohkor bo‘libdi)», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli
unday bo‘lsa, ular bilan urushaylikmi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): «Yo‘q, modomiki, 
oralaringizda namozni qoim qilishar ekan (urushmanglar)», de dil ar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
(Ya’ni, kimki qalbi bilan karih ko‘rib, qo‘li va tili bilan inkor qilishga qodir bo‘lmasa, 
gunohlardan o‘zini oqlab, vazifasini ado qilibdi. Kimki toqati yetganicha inkor qilsa, bu 
gunohlardan omonda bo‘libdi. Endi kimki ularning amallaridan rozi bo‘lib, ularga 
ergashsa, gunohkor bo‘libdi.) 
190/6. Ummul Hikam Zaynab binti Jahshdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
bu onamiz huzurlariga qo‘rqqan va tashvishlangan holatda kirib kelib: «La ilaha illalloh 
(taajjublanilganda shunday deyiladi), yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarning holiga 
voy. Bu kunda Ya’juj va Ma’juj to‘sig‘idan mana shuncha ochilgandir», deb bosh barmoq 
bilan uning yonidagi ishora barmoqlarini xalqa qilib ko‘rsatdilar. Shunda bu onamiz: «Ey 
Allohning rasuli! Oramizda solihlar bo‘lsa ham, (ana shu kunda) halok bo‘lamizmi?» 
deganlarida, u zot: «Ha, qachonki, yomon ishlar ko‘payib ketsa (yaxshilar ko‘p bo‘lsa 
ham, umumiy halokat yuzaga keladi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
191/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Yo‘l bo‘yida 
o‘tirishdan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, buning chorasi 
yo‘qdir. Chunki biz o‘tirib suhbatlashamiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bunga 
ko‘nmasangizlar, o‘tiringlar-u faqat yo‘lning haqqini ado etinglar», dedilar. Sahobalar: 
«Ey Allohning rasuli! Yo‘lning haqqi nima?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.)  «Ko‘zni 
nomahramlarga qaratishdan tiyish, o‘tuvchilarga aziyat bermaslik, salomga alik olish, 
yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
192/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishining qo‘lida 
tilladan bo‘lgan uzukni ko‘rib, uni yechib oldilar-da, uloqtirib yubordilar. Va: «Sizlardan 
biringiz bilib turib olovdan bo‘lgan cho‘g‘ni taqib oladi-ya», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) 
ketganlaridan keyin odamlar haligi kishiga: «Uzugingni olib, undan boshqa yo‘l bilan 
foydalangin», deyishganida, bu kishi: «Yo‘q, Allohga qasamki, Rasululloh (s.a.v.) 
uloqtirgan narsani hecham olmayman», dedi. 
193/9. Abu Said Hasan al-Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr (r.a.) 
Ubaydulloh ibn Ziyodning huzuriga kirib: «Ey o‘g‘ilcham, men Rasululloh (s.a.v.)dan 
eshitganman. Albatta boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen 
ana shunaqa bo‘lishdan chetlangin», dedilar. U: «O’tirgin, sen Muhammad 
alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan», dedi. U zot 
esa: «Ularning kichigi bo‘lganmi? (Sahobalarning hammalari sof bo‘lishgan), balki 
ulardan keyin va boshqalarda kichigi, degan narsa paydo bo‘lgan», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
(Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husanning 
qotillari Ubaydulloh Ibn Ziyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan hech narsa 
to‘xtata olmas edi... -Tarj.) 
194/10. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Mening jonim Uning 
qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaringlar. Bunday 
qilmaydigan bo‘lsangizlar, Alloh taolo sizlarga bir baloni yuboradi. So‘ngra duo 
qilsangizlar, duolaringiz qabul qilinmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
195/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jihodlarning 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish