yomonlikdan to‘xtatadilar» (Tavba surasi, 71-oyat);
«Bani Isroil orasidan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso ibn Maryam tilida
la’natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor
bo‘lganlaridir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu
qilishlari naqadar yomon ish» (Moida surasi, 78-79-oyatlar);
«Ayting, (Bu Qur’on) Parvardigoringiz tomonidan (kelgan) haqiqatdir. Bas,
xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf surasi, 29-
oyat);
«Bas, siz o‘zingizga buyurilgan ishni (ya’ni, haq dinga da’vat qilishni) yuzaga
chiqaring» (Hijr surasi, 94-oyat);
«Bu gunoh ishdan qaytargan zotlarga najot berdik va zolim kimsalarni
itoatsiz bo‘lganlari sababli qattiq azob bilan ushladik» (A’rof surasi, 165-oyat),
deb aytgan.
185/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki
nojo‘ya, yaramas ishni ko‘rsa, qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan
o‘zgartirsin. Agar unga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Mana shu
(uchinchisi) imonlarning zaifidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
186/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mendan oldingi
ummatga Alloh taolo biror payg‘ambarni yuborsa, ummati ichida uning izdoshlari va
ashoblari bo‘lib, uning sunnatiga amal qilib, buyruqlariga bo‘ysunishar edi. Ulardan keyin
o‘rinbosarlar kelib, o‘zlari qilmagan narsani (xalqqa) so‘zlab va buyurilmagan ishlarni
(o‘zlari) qilar edi. Kimki ularga qo‘li bilan jihod qilsa, u mo‘mindir. Kimki ularga tili bilan
jihod qilsa, u ham mo‘mindir. Kimki ularga qalbi bilan jihod qilsa, u ham mo‘mindir.
Lekin bu (uchinchisining) ortida xantal urug‘icha ham imon yo‘qdir», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
187/3. Abulvalid Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)ga
osonligu qiyinchilikda, rohatda-yu kulfatda, bizdan boshqani ortiq ko‘rilsa ham, ishlarni
o‘z ahliga topshirib tortishmaslikka bay’at qildik. Lekin Alloh tomonidan va o‘zingiz
tomondan uning kofirligiga ochiq-oydin hujjat borligi ko‘rilsa, unday emas. Va yana
malomatchining malomatidan Alloh yo‘lida qo‘rqmasdan qaerda bo‘lsa ham, haqni
aytishga ham bay’at qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
188/4. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh man
qilgan narsalardan saqlanuvchi va uni tortinmay qilib yuruvchining misoli xuddi bir
jamoaga o‘xshaydi. Ular kemani minishda qur’a tashlashadi. Ba’zilari hissasiga tepa
qismi va ba’zilariga past qismi tushadi. Past qismidagilar suv olish uchun tepadagilar
oldidan o‘tadilar. (Bundan ozorlanib) «Agar biz suvdan o‘z nasibamizni olish uchun
pastdan teshib olsak, tepamizdagilarga ozor bermas edik», deyishardi. Agar tepadagilar
pastdagilar xohlagan narsani shundayicha qo‘yib qo‘ysalar, barchalari halok bo‘lishadi.
Agar ularni bu fikrlaridan to‘xtatishsa, o‘zlari ham, qolganlari ham najot topishadi»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. (Agar kishi o‘zi solih bo‘lib, ahli va bolalari hamda
unga ergashuvchilar shariatga xilof ishni qilishsa, barchalari Allohning azobiga barobar
doxil bo‘lishadi. Chunki kemaga tushganning joni bir-da ... - tarj.)
189/5. Ummu Salama Hind binti Abu Umayya Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |