347-bob
Qabr ustiga o‘tirishning haromligi haqida
1765/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz
qabr ustiga o‘tirganidan ko‘ra cho‘g‘ ustiga o‘tirib, kiyimi kuyishi va badaniga ilashishi
yaxshiroqdir», dedil ar. Imom Muslim rivoyati.
348-bob
Qabr ustini suvashdan va uning ustiga bino qurishdan
qaytarilgani haqida
1766/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qabrlarni suvashdan, ustiga
o‘tirishdan va ustiga bino qurishdan man etganlar. Imom Muslim rivoyati.
349-bob
Qul o‘z hojasi qo‘lidan qochib ketishining qattiq
haromligi haqida
1767/1. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir qul hojasi
qaramog‘idan qochib ketsa, u Islom panohidan chiqibdi», dedil ar. Imom Muslim
rivoyati.
1768/2. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar qul hojasi huzuridan
qochib ketsa, o‘qigan namozlari qabul bo‘lmaydi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.
Boshqa rivoyatda: «Qochib ketsa, kofir bo‘libdi», deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |