www.ziyouz.com kutubxonasi
306
346-bob
Ikki yoki undan ko‘proq kun yemasdan-ichmasdan ro‘za tutishning
haromligi haqida
1763/1. Abu Hurayra va Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (ikki yoki
undan ko‘proq kun) og‘iz ochmay ro‘za tutishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
1764/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (ikki yoki undan
ko‘proq kun) og‘iz ochmay ro‘za tutishdan man etganlarida, sahobalar: «O’zingiz
shunday qilasiz-ku», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlar kabi emasman.
Chunki men (Rabbim tomonidan) taom va ichimlik ila siylanaman», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi esa Imom Buxoriyniki.
Do'stlaringiz bilan baham: |