338-bob
Namozda turgan kishi qo‘lini yonboshiga qo‘yishining
karohiyati haqida
1751/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozda qo‘lni
yonboshga qo‘yib turishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: chunki namozda bunday turish mutakabbirlikka dalolat qiladi.
339-bob
Taom hozir bo‘lib turganda hamda xojati qistab turganda namoz
o‘qishning makruhligi haqida
1752/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Taom hozir bo‘lganda va
hojati qistab turganda, ya’ni peshob va ichni bo‘shatgisi kelib turganda namoz yo‘qdir»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: chunki bunday holatlarda namoz o‘quvchi kishidan xushu’ ketadi. Albatta
namoz vaqti keng bo‘lsa, shunday. Lekin namoz vaqti torayib ketsa, karohiyat
ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |