337-bob
Iqtido qilgan kishi ruku’ va sajdada imomdan oldin bosh
ko‘tarishining haromligi haqida
1750/1. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Ruku’ yoki sajdada)
sizlardan biringiz imomdan oldin boshini ko‘tarsa, Alloh uning boshini eshakning boshiga
yoki suratini eshak suratiga aylantirib qo‘yishidan qo‘rqmaydimi?» deb aytdilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: ba’zilar bu so‘z kinoyadir. Ya’ni, eshakka o‘xshab aqli noqis bo‘ladi, deyishadi.
Ba’zilar esa bunday bo‘lishi mumkin, deyishadi. Shayx Ibn Hajar al-Haytamiy o‘zlarining
«Mo‘‘jam»larida mana shu hodisa yuz berganini yozganlar. Alloh O’zi asrasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |