236-BOB
Qul ozod qilishning fazilati haqida
Alloh taolo:
«Bas, u (maqtanchoq kimsa yaxshilik) dovonini oshib o‘tmadi. (Ey Muhammad
alayhissalom), dovon (oshish) nima ekanini siz qaerdan bilar edingiz. (U bir qul)
bo‘ynini (qullikdan) ozod qilmoq» (Balad surasi, 11-13-oyatlar), deb aytgan.
1357/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Kim
musulmon qulni ozod qilsa, Alloh taolo qulning a’zosi barobarida ozod qiluvchining
a’zolarini do‘zaxdan xalos etadi. Hattoki, farji (jinsiy a’zo) barobarida ozod qiluvchining
farjini do‘zaxdan xalos etadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1358/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli, qaysi amal
afzal?» deganimda, u zot: «Allohga iymon keltirish va Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar.
Men: «Qaysi qulni ozod qilish afzalroq?» deganimda, u zot: «Egasi nazdida yaxshi
bo‘lgani hamda narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |