1267/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazonning oxirgi
o‘n kunligida e’tikof o‘tirardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1268/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to vafot etgunlariga qadar
Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirdilar. Keyin xotinlari ham shu tarzda e’tikof
o‘tirishdi. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1269/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har Ramazon oyida
o‘n kun e’tikof o‘tirardilar. Vafot etadigan yillari esa yigirma kun e’tikof o‘tirdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. «Riyozus-solihiyn» kitobining ikkinchi qismi shu yerga kelganda nihoyasiga yetdi.
Inshoalloh, uchinchi qismni «Haj kitobi»dan boshlaymiz.