Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
193
176-BOB
Musofir safardan qaytganida o‘z ahli huzuriga kunduzi
kirishining mahbubligi va uzrsiz kechasi
kirishining karohiyati haqida
984/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Agar
sizlardan birortangiz
safarda uzoq muddat qolib ketsa, o‘z ahli huzuriga kechqurun kirmasin», dedilar.
Boshqa
rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) kechasi ahli huzuriga kirishdan qaytardilar.
Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
985/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi o‘z
ahllari huzuriga
kirmas edilar. Balki kunduzining avvalida yoki oxirida kirar edilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: