www.ziyouz.com kutubxonasi
117
(s.a.v.) «Uch narsa borki, ular haqida men qasamyod qilib, sizlarga gapirib beraman.
Ularni yodlab oling: 1) Sadaqa bergan bandaning moli kamayib qolmaydi. 2) Bir kishiga
zulm qilinsada, u kishi o‘sha narsaga sabr etsa, Alloh taolo uning izzat-sharafini ziyoda
qiladi. 3) Qaysi bir banda tilanchilik eshigini ochsa, Alloh taolo unga kambag‘allik
eshigini ochadi», yoki shunga o‘xshash so‘z aytdilar. «Va yana sizlarga gapirib beraman.
Uni mendan yodlab olinglar. Albatta, dunyo to‘rt kishinikidir: 1) Alloh taolo bir bandasiga
mol-dunyo hamda ilm bergan bo‘lsa, u kishi Rabbisiga taqvo qilib, qarindoshlari bilan
aloqalarini bog‘lasa va bu topgan mol-dunyosida Allohning haqqi borligini bilsa, shu kishi
eng afzal maqomdadir. 2) Alloh taolo bir bandasiga ilm bergan bo‘lsa-yu, mol-dunyo
bermagan bo‘lsa, ammo bu kishining niyati xolis bo‘lib, agar menda ham mol-dunyo
bo‘lganida edi, falonchi kishi kabi yaxshiliklar qilar edim deb aytsa, bu qilgan niyati ila
yuqoridagi birinchi kishi bilan savobi tengdir. 3) Alloh bir bandasiga mol-dunyo bergan
bo‘lsa-yu, ammo ilm bermagan bo‘lsa, u kishi molni andishasiz, pala-partish ishlatib,
Rabbisiga taqvo qilmasdan, qarindoshchilik aloqalarini uzib va bu topgan molida
Allohning haqqi borligini bilmasa, shu kishi eng yomon maqomdadir. 4) Alloh taolo bir
bandasiga mol-dunyo ham, ilm ham bermagan bo‘lsa, bu kishi: «Agar mening mol-
dunyoyim bo‘lganida, falon kishi kabi (ya’ni uchinchi kishidek) ishlatar edim», deb aytsa,
bu kishi mana shu niyati bilan uchinchi shaxs kabi gunohi tengdir», dedilar. Imom
Termiziy rivoyatlari.
557/15.Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xonadonlarida bir qo‘y
so‘yildi. Rasululloh (s.a.v.) Oishadan (r.a.) «Qo‘yning qaeri qoldi?» deb so‘radilar. Oisha
(r.a.): «Faqat qo‘l qismi qoldi», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Hammasi qolib,
faqat qo‘li ketibdi-da», dedilar. (Ya’ni, «oxiratda biz uchun qo‘lidan boshqa hammasi
qolibdi»). Imom Termiziy rivoyatlari.
558/16. Asmo binti Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
menga: «Ey Asmo, narsalaringni (sadaqa bermasdan) saqlab qo‘yma. Agar shundoq
qilsang, Alloh ham (sening rizqingni bermasdan) saqlab qo‘yadi», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) «Molingni infoq, ehson qil. Uni sanama. Agar
sanaydigan bo‘lsang, Alloh ham rizqni sanab beradi. Molingni o‘zingda saqlab ushlab
turma. Agar saqlaydigan bo‘lsang, Alloh ham rizqingni bermasdan ushlab turadi»,
deganlar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
559/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Baxil bilan sadaqa
beruvchi (saxiy)ning misoli xuddi temir sovut kiygan ikki kishiga o‘xshaydi. U sovut
ko‘kragidan yelkalarigachadir.
Sadaqa beruvchi saxiy agar sadaqa qilsa, sovuti kengayib, butun badanini o‘rab, hatto
barmoqlarini yopib, izini qoldirmaydi. Ammo baxil biror narsa sadaqa qiladigan bo‘lsa,
temir libosining har bir xalqasi badaniga yopishib oladi. U uni kengaytirmoqchi bo‘ladi.
Lekin kengaytira olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buning ma’nosi quyidagichadir. Agar saxiy biror narsani har gal molidan ehson
qilganida sovuti kengayib, uzun bo‘ladi, xattoki u kishi orqasidan sudrab yurganidan,
oyog‘i - qadam izlari ko‘rinmaydi. Ya’ni, kiyim badanni to‘sganidek sadaqa ham xatolarni
to‘sadi.
560/18. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki bir dona
xurmo qiymati barobaridagi halol kasbi orqali topgan narsasini sadaqa qilsa - chunki
Alloh faqat halol narsanigina qabul qiladi - albatta, Alloh o‘ng tomoni bilan, ya’ni
nihoyatda xursandlik ila qabul qiladi. Keyin uning egasini xuddi sizlardan biringiz
toychog‘ini tarbiya etganidek tarbiya qiladi. Hattoki u tog‘ kabi bo‘ladi», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
561/19. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar. Bir kishi
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |